Kirish yoʻl qurilishi ishlari


Bayoni: Chaqilgan toshli va qum-shag’alli qatlamlarni qurish



Yüklə 271,36 Kb.
səhifə2/10
tarix27.07.2023
ölçüsü271,36 Kb.
#137648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
yol muhandisligi

Bayoni:
Chaqilgan toshli va qum-shag’alli qatlamlarni qurish
Chaqilgan toshli va qum-shag’alli qatlamlarni hamma toifali yo’llaming to’shamasi asosida va past toifali yollar uchun qoplama sifatida qo’llanadi. Bunday hollarda zarralararo tutashuv turidagi tuzilish namoyon bo’lib, ezilishga katta qarshilik, yuqori ko’rsatkichli ichki ishqalanish burchagi, kichik miqdordagi ilashishlik holatida yuz berishi namoyon bo’ladi. Oxirgi hol ularni qoplama sifatida qo’Ilashni chegaralab qo’yadi, chunki kuch ta’sirida tez qatlamlashib buzila boshlaydi. Shuning uchun ham bu qatlamlar bosqichli qurilishlarda yoki ustki ishlovli qatlamlar sifatida qo’llanadi.
Bunday ashyoli qatlamlarga asos qismidagiga nisbatan yuqori talablar qo’yiladi. Qo’llanadigan ashyolarga qarab, ish bajarish uslublari tanlanadi. Qatlam oddiy yoki saralangan chaqilgan toshdan quriladi. Qatlam mustahkamligini oshirish tarkibini tanlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Kuyindili chaqilgan toshli qatlamni beton tarkibini tanlashdek amalga oshiriladi. Bunda bog’lovchi sifatida kuyindi uni qo’llanadi. Bunday qatlam boshqa turdagilarga nisbatan ancha mustahkam bo’ladi.

Shag’al va qum-shag’al aralashmali asoslarga maydalangan tosh aralashtirilib quriladi. Shunda qatlam mustahkamligi ortib borishini ta’minlovchi ichki ishqalanish burchak miqdori yuqorilashadi. To’shama asosini va qatlamini qurish uchun ishlatiladigan chaqil­gan toshga qo’yiladigan talablar 14.1-jadvalda berilgan.
Yo’l quyidagi ish turlaridan iborat:

  • hovuzli yuza qurish; poyandozli qatlam qurish;

  • chaqilgan toshni ish joyiga tashib kelish va uni joylashtirish;

  • chaqilgan toshni bir me’yorli qalinlikda tarqatish;

  • suv sepib katok yordamida shib­balash;

  • maydaroq zarrali cha­qilgan toshni tashib kelish;

  • tarqatgich yordamida tarqatib misvok bilan supurib yoyish;

  • suv sepib katok bilan zichlash;

  • cha­qilgan toshning maydasini tashib kelish; uni tarqatgich bilan yoyish;

  • so’ng misvokda supurib yoyish va yuzani katok bilan zichlash.

Ikki qatlamli asos qurishda yana uch jarayon qo’shiladi: chaqilgan toshni ostki qatlamga tashib kelish, uni tarqatish va zichlashlar. Ostki qatlamdagi chaqilgan tosh oralig’i mayda zarralari bilan to’ldirib borilmaydi. Chaqilgan toshli qatlamlar ifloslanish va ortiqcha sarflashdan saqlanish uchun hovuzli yuzada quriladi.
Hovuzli yuzani qurib, poyandoz qatlam tayyorlangach, transport yordamida chaqilgan tosh tashib keltiriladi. So’ng, tarqatgich mashinasi yordamida tarqatiladi. Bunday mashina yo’q joylarda ashyo avtogreyder yoki buldozer yordamida tarqatiladi.
Avtogreyder bilan tarqatishda chaqilgan tosh yo’l o’qi bo’ylab to’kib chiqiladi. Agar yo’l chetiga to’kilsa, so’ng yo’l o’qiga surib boriladi. To’kilgan ashyolar oralig’i chaqilgan toshli qatlam qalinligi, zichlanishlik koeffitsienti (1,25-1,30) va to’kilgan gumbaz hajmiga qarab aniqlanadi.Qumli poyandoz asosda chaqilgan toshni tarqatish ancha mushkul hisoblanadi. Chunki, greyder bilan chaqilgan toshni tekislab yoyish vaqtida qum bilan aralashib, uni zichlash qiyinlashadi va qatlamlar tekisligi buziladi. Ayrim hollarda bunday qatlamlarni qaytadan qurishga to’g’ri keladi.Bunday buzilishga chek qo’yish uchun chaqilgan toshli chelni yoyishdan avval qumli asos yuzasini suv sepuvchi mashina bilan me’yor holda namlanadi va bu yuzaga mayda (3—5 mm. li) chaqilgan tosh chiqindisi, chig’anoq kabilardan 1—2 sm qalinlikda qatlam hosil qilish lozim. Qulay uslub tarqatgich yordamida bajarilib, birdaniga asos eni bo’yicha bir tekis yoyishga imkon yaratiladi.
Chaqilgan toshli qatlam tekislanganidan so’ng shibbalanadi. Awal, yengil vaznli (5—6 t) katoklar bilan bir izdan 5—6 martadan o’tkaziladi. Bu shibbalash birlamchi jarayon bo’lib, «joylashuv» deb ataladi. Bunda chaqilgan tosh donalari qatlamlararo turg’un holatini egallaydi. So’ng esa, 10—12 t.li og’ir vaznli katoklar bilan bir izdan 20—30 marotaba o’tib shibbalanadi. Bunday shibbalash vaqtida qatlamga 20—30 1/m2 hisobida suv sepib turiladi. Shibbalash chaqilgan tosh donali yuzada o’zgarmas holat shakllanguncha davom etadi.

Yüklə 271,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin