Kirish yoʻl qurilishi ishlari


Aerodromlarni loyihalash. Aerodromlar-muhandislik inshootlari majmuasi



Yüklə 271,36 Kb.
səhifə8/10
tarix27.07.2023
ölçüsü271,36 Kb.
#137648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
yol muhandisligi

Aerodromlarni loyihalash. Aerodromlar-muhandislik inshootlari majmuasi
Xalq xo’jaligining rivojlariishi va yo’lovchilar ehtiyojlarining o’sib borishidagi talablarni qondirishda havo transportining xizmati kun sayin ortib bormoqda.
Zamon talabiga moslanib samolyotlar saroyi zamonaviy, ko’p qulayliklarga ega bo’lgan reaktiv layneriar bilan to’ldirib borilmoqda, xavfsiz va muntazam uchishlar ta’minlanmoqda. Havo transporti xizmatidan talaygina vaqt tejalmoqda.


Mavzu: Avtomobil yo’lini jihozlash ishlari bilan tanishish.
Bajarilgan ishlar nazorati va ularni qabul qilish. Texnik nazorat o’tkazish uchun umumiy qoidalar. Avtomobil yo’llarini qurish ishlari sifatini nazorat qilishda tayyorlanadigan hujjatlar. Yopiq va ochiq ishlar dalolatnomasi. Harakatni tashkil etish va ularning asosiy tasniflari.

Bayoni:
Bajarilgan ishlar nazorati va ularni qabul qilish
Yo’llarni ta’mirlash, tiklash va qurilishi uchun mablag’ ajratuvchi tashkilot, asosan, buyurtmachi hisoblanib, tegishli holda boshqaruv ishini ham olib boradi. Qurilish-tiklash davrida boshqarma, buyurtma­chi vazifasini o’tab, texnik nazoratni tashkil qiladi, ishni nazoratlaydi va qabulni amalga oshiradi.
Avtomobil yo’llari va unga taalluqli barcha inshootlami ta’mirlashda hamda qurishda nazoratlash va qabul ishlarni 1996-yil chop etilgan O’zbekiston Respublikasi Avtomobil yo’llariga oid qonunchilik hujjatlari to’plamida keltirilgan talablar asosida amalga oshiriladi. Shunga, asosan, yo’llardagi ish nazorati va uni qabuli viloyat yo’l boshqarmalari hamda ular ixtiyoridagi YTQB tomonidan amalga oshiriladi.
Ish bajaruvchi tashkilotlarning faoliyati davomida ish bajarish bo’yicha olib boriladigan nazoratdan tashqari yo’l boshqarmalari va YTQB ham texnikaviy nazoratni olib borib, jamiki bajarilgan ishlarni ham qabul qiladi.
Texnikaviy nazoratda bajarilayotgan ishlarni loyiha talablariga mosligi, ularning sifatini baholash, foydalanilayotgan ashyolarni standart va loyiha talablariga mosligi tekshirilib boriladi. Bunda qurilish tashkiloti ashyolarga taalluqli sertifikat va pasporti hamda ularning sinov ko’rsatkichilarini taqdim etishga majbur.
Texnika nazoratchilari tomonidan ishlatilayotgan ashyo va tayyor mahsulotlarni YTQB laboratoriyasida tekshiruv olib boriladi. Texnik nazorat ishlab chiqarish muntazam ravishda har kuni olib borilishi lozim. Bunday ish yo’llarni mufassal va o’rta ta’mirlashda ham olib boriladi. Bunday ishlarni YTQB o’z kuchi bilan (xo’jalik usulida) bajargan taqdirda ishlab chiqarishga taalluqli barcha texnik hujjatlarni o’zi bajarib, amalga oshirishi lozim.
Navbatdagi bajariladigan ishlarni texnik nazoratlovchi korxonalar vakili bilan qabul qilishi uch turdan: yopilib ketgan ishlar qabuli, majmuali ishlar qabuli va foydalanishga topshirilayotgan inshoot qabulidan iborat.
Majmuali ish qabulini faqat butkul tugallangan yo’l bo’lagiga hisoblashish hujjatlarini amalga oshirishda qo’llanadi. Bunda bajarilgan ishga haq to’lanishi qurilish, qayta qurish, ta’mirlash ishlariga taalluqli banklar tomonidan amalga oshiriladi.
Ish qabuli jarayonida YTQB xodimlari yo’l inshootlarini qurilishi (ta’mirlanishi) davrida muntazam ravishda nazorat olib boradilar.
Faqatgina yo’llardan me’yorli foydalanish mumkin bo’lgan bo’lagi qabul qilinadi. Yo’lni foydalanishga qabul qilish hay’atini qurilish loyihasini tasdiqlagan tashkilot belgilaydi. Xalqaro ahamiyatidagi yo’llarni foydalanishga qabul qilish hay’atini Respublika Vazirlar Mahkamasi tayinlaydi. Davlat ahamiyatidagi yo’llarni qabuli esa O’zbekiston Avtomobil Yo’llari qurish va foydalanish Davlat Aksionerlik konserni (O’zAvtoYo’1) tayinlagan hay’at tomonidan amalga oshiriladi. Viloyat va mahalliy ahamiyatdagi yo’llarni qabuli viloyat hokimiyati tasdiqlagan hay’at tomonidan amalga oshiriladi.
Yo’lning foydalanishga tayyorligini qurilish tashkiloti vakillari yuqori tashkilot vakili bilan birgalikda tuzilgan ishchi hay’ati aniqlaydi. Ushbu hay’at a’zolari yo’lning har bir inshootiga taalluqli texnik huijatlarni to’g’ri to’ldirilganligi, loyiha talabiga mosligi, ishning sifati, chekinishlilik miqyoslari, zarurat yoki gumonlanish sodir bo’lgan holda esa qayta sinov yoki tekshiruv o’tkazish bilan aniqlik kiritib oladi. Bajarilgan ishni ma’qul topgan ishchi hay’ati yo’lni foydalanish­ga topshirish mumkinligini tasdiqlovchi dalolatnoma tuzib, unga zaruriy jami texnik hujjatlarni jamlab, ishni qabul hay’atiga taqdim etadi. Bu hay’at a’zolari yo’l va uning inshootlarini ko’zdan kechirib, texnik hujjatlarni sinchiklab tekshiradi. Zarurat tug’ilsa, qayta tekshiruv va sinov ishlarini o’tkazadi va nihoyat, yo’lni foydalanishga topshiruvchi, yakuniy dalolatnoma tuzib, butun bajarilgan ish bo’yicha baholaydi. Shundan so’ng, yo’lni va jami hujjatlarni yo’l xizmati tashkilotiga topshiriladi.
Shuni unutmaslik lozimki, hay’at a’zolari vakolatiga noloyiq va ko’p yillik ish tajribasiga ega bo’lmagan shaxslardan tashkil topsa, uning xatosi tufayli yo’ldan foydalanish davrida juda katta talafotlar bo’lishi mumkin. Masalan: Toshkent — Termiz seymonbeton qoplamali yo’lning 23—29 km larida qabul hay’ati xatosi bilan foydalanishga qabul qilingan uchta yo’l o’tkazgich ostida transport falokatlari sodir bo’laverib, bir necha kishi halok bo’lgan, inshootlar yaroqsiz holga kelgan. Natijada yo’lning bu bo’lagi ma’lum muddatga yopilib, uchala inshoot qaytadan qurilgan.
Qurilishdagi barcha ish bajarish jarayonlarida nazorat ajralmas qism hisoblanadi. Nazorat ishini sifatli bajarilishi, qurilish ishidagi me’yor va talablarni kam xarajat shartida ijro etilishini ta’minlaydi. Nazorat ko’p pog’onali bo’lib, yo’l ishida loyiha hujjatlarini, ishchi chizmalarni, ish bajarish xaritalari, ishni tashkillashtirish va bajarish loyihalari, qo’llanadigan barcha ashyo va ulami tashkil qiluvchilar, tayyor mahsulot sifati va ularni talab qoidalariga monandligini tekshirishdan iborat.
Nazorat ishi tashkiliyjihatdan birlamchi, tezkorlik yoki jarayonli, oraliq va yakuniy usullcuga bo’linadi. Birlamchi nazorat loyiha va qurilish tashkiloti muhandislari va buyurtmachi vakillari tomonidan qurilish ishi boshlanguncha olib boriladi. Bunda loyihaning qurilish ishini bajarishga loyiqligi va qo’llanimligi tekshirib, mavjud me’yorlovchi qoidalarga mosligi aniqlab olinadi.Tezkorlik yoki jarayonli nazorat ish bajarish jarayonida muntazam o’tkazilib, prorab, laboratoriya xizmatchilari, usta va ishchilar tomonidan olib boriladi. Nazorat, asosan, ish bajarishni tashkillashtiruvchi ko’rsatmalar, ishchi chizmalar, ish bajarish xaritalari va me’yorlar bo’yicha olib boriladi. Tezkorlik nazorati nazoratlarning asosiysi hisoblanib, keng tarqalgan va barcha ish jarayonlarini qamrab oladi.Oraliq nazorati bajarilgan ishni yopib (ko’mib), navbatdagi ishni bajarishda, batamom tugallangan ishni yoki ish bo’lagini va shuningdek, qurilishni mablag’ bilan ta’minlab turish uchun olib boriladi. Bunday nazoratda qurilishdagi muhandislardan — bosh muhandis, katta prorab, laboratoriya mudiri, texnika bo’limi xodimlari, odatda, buyurtmachi vakili ishtirok etadi.
Yakuniy nazorat esa, tugallangan qurilishni davlat yoki vakolatli tashkilotning qabul hay’ati, buyurtmachi va qurilish tashkiloti vakillari ishtirokida bo’ladi. Bunday nazorat umumiy bo’lib, asosan, oraliq nazorati natijalariga asoslanadi.
Uslub bo’yicha nazorat oralab va uzluksiz turiga bo’linadi. Oralab bajariladigan nazoratda ashyo yoki mahsulotni ayrim namunalari tekshirilib, bunda nazoratsiz qolganlarini me’yordan cheklanish ehtimoli mumkinligi ortib boradi.
Uzluksiz nazorat ishonchli bo’lib, bunda barcha mahsulot, ish jarayoni yoki uning bo’laklari tekshirib boriladi. Buning uchun ayrim hollarda qimmatbaho jihoz va sinov apparatlari zarur bo’ladi.
Nazorat uslubi ashyo va konstruksiyalar uchun sinovli usul qo’llanishini taqozo qiladi. Bunda radiometrik, ultratovush va elektr asboblarini qo’llab, namuna holatini o’zgartirmay sinov o’tkazish yaxshi naf beradi.
Ish sifatini baholashda avtomobil yo’llari, aerodromlar va ko’priklar qurilishi bo’yicha hisobiy ko’rsatkichlarga nisbatan ruxsat etilgan cheklanishlar bo’yicha tuzilgan vaqtinchalik qoidalarga asoslanmoq lozim. Ish sifatini baholashda avtomobil yo’llari va sun’iy inshootlarni asosiy va qo’shimcha ko’rsatkichlarga ajratib boriladi.Bajarilgan ishni qabul qilish a’lo, yaxshi, qoniqarli, deb baholanadi. «A’lo»da cheklanish jamming 75 % dan yuqori qismi me’yorining 0,25 qismini tashkil qiladi.”Yaxshi”da, agar cheklanishning 50 % dan yuqorisi, me’yor ning yarim qismini va «qoniqarli»da esa, hamma cheklanishlar me’yoridagi holatda, deb baholanadi. Umuman, talabni buzib bajarilgan ishlar yoki ko’rsatkichlar ruxsat etilganidan yuqori bo’lsa, u sifatsiz hisoblanadi va qayta quriladi.

Yüklə 271,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin