Mavzu: Avtomobil yo’lini jihozlash ishlari bilan tanishish. Bajarilgan ishlarni qabul qilishda qurilish me’yori va qoidalari talabi. Yo’llarni tayyor qismini buyurtmachiga topshirish uchun tayyorlanadigan hujjatlar tuzish. Ruxsat etilgan chetga chiqishlar.
Reja: 1. Yo’lni jihozlash va obodonlashtirishni loyihalash.
2. Avtomobil yo’llarini kompyuterlar yordamida loyihalash.
3. Aerodromlarni loyihalash. Aerodromlar-muhandislik inshootlari majmuasi.
Bayoni: Yo’lni jihozlash va obodonlashtirishni loyihalash. Avtomobil yo’llarini loyihalashda ularning toifasidan qat’i nazar bir vaqtning o’zida jihozlash ishlarini ham inobatga olib bajarish tozim. Bunda ko’riladigan barcha ishlar haydovchi hamda yo’lovchilarga yo’lning oxirgi manziliga qadar imkoniyat miqyosida barcha qulayliklar yaratilib loyihalanadi. Aynan, o’ylab loyihalangan jihozlashda yo’ldagi harakat xavfsizligi ta’minlanadi. Yo’ldagi barcha jihozlar ikki guruhga ajratiladi: butun davlat uchun hattoki, davlatlararo majburiy va muhitning o’ziga xos xususiyatlari hamda milliy tamoyillar bilan aniqlanuvchi mahalliy predmetlar. Birinchi guruhni yo’l belgilari, yo’llardagi belgilash ishlari, telegraf, xizmat ko’rsatish manzillari, yonilg’i quyish tarmoqlari, yuvinish xonalari, hojatxonalar va sh. k. tashkil qiladi. Ikkinchi guruhni tamaddixonalar, kutish va dam olish joylari kabilar tashkil qiladi.
*•- --- - :j.-r ‘
Yo’lga o’rnatilgan zaruriy belgi va to’siqlar. Agar yo’l mukammal loyihalangan bo’lsa, yo’naltirgich va kilometrni anglatuvchi belgilardan boshqasi deyarli kerak bo’lmaydi. Yo’ldagi belgilar zaruridan ortiqcha loyihalansa qiyinchiliklar va yanglishmovchiliklar keitirib chiqaradi.
Reklama va axborotli pano-plakatlarni yo’l yoqasida joylashtirish faqat qisqa vaqtli tadbirlar uchun belgilanishi mumkin bo’lib yo’l poyidan tashqarida joylashtirilishi lozim.
Loyihalashda nurlanuvchi yo’l belgilarini qo’llanilsa, tunda ham ularni ko’rish masofasi uzoqlashadi.
Ayrim holatlarda nostandart belgilar o’rnatish ham ruxsat etiladi. Bunday belgilarga yo’nalishlarning shakliy tasviri, respublika va viloyatlarning chegaralanish holati, shaharga kirib borish, ziyoratgoh yoki maxsus obyektlar, yo’lovchi belgilar kiradi. Bular yo’l tepasiga osib yoki sahnga o’rnatiladi.
Yo’ldagi baxtsiz hodisalarni xabarlab turish uchun telefon belgisi alohida o’rin tutadi. Avtomobil nazorati xodimlari va yo’lni kesib o’tuvchi yo’lovchilar uchun retlektorli belgi o’rnatish tavsiya etiladi.
Yo’naltirgich va kilometrni anglatuvchi axborotli belgilar obochinalar chekkalariga 0,5 m yetmay joylashtirilib, balandligi H va undagi yozuvlar h (sm), joylashuvi avtomobillarning hisobiy tezligiga (km/soat) mos ravishda quyidagicha aniqlanadi:
Yo’llarning zaruriy bo’lakIarini yoritish qurilmalari ko’rinmas holatida o’rnatilib, yo’l poyining o’zinigina yoritishi lozim. Yo’ldagi barcha muhofazalovchi xavfsizlik qurilmalariga fosfor yuritilgan alyumin zarlari bilan ishlov berilishi lozim.
Yo’l bo’viab joylashtiriigan qurilma va maydonchalar sahn tashqarisida o’tkinchi haydovchilarni jaib etmaydigan holatda loyihalanadi.
Yonilg’i quyish tarmoqlarini joylashtirishda ular oralig’i L- 1,3 v, km deb qabul qilinadi. Bunda v — hisobiy tezlik, km/soat. Ular yo’l poyidan 25—30 m chetlanib balandroq ochiq joylarga loyihalanadi.
Ko’rilish jihatidan ular bir xilda bo’lib, uzoqdan farqlanish osonlashadi. Shu joyning o’zida ehtiyot qismlar va shinalarga dam berish uchun kompressor bo’lishi kerak.
Avtomobil yo’llarida texnik xizmat ko’rsatish manzillari bo’lishi ham ko’zda tutiladi. Bunday manzillarni yonilg’i quyish tarmoqlariga yaqinlashtirib qurilsa, gaz, yoritish, issiq-sovuq suvlar ta’minlash qulayliklariga ega bo’linadi. Transport haydovchilari dam olish punktlarining joylashuv masofasi (km), yo’ldagi hisobiy harakat tezligidan kelib chiqib (km/soat), quyidagicha belgilanadi:
To’xtab turish maydonchalari, hojatxonalar — 0,2 v, Tamaddixonalar, yuvinish xonasi — 0,4 v, Sayyohlar uchun shinam joylar — 1,0 г».
Bulardagi turar joylar o’rni harakat qatnovi miqdoriga bog’liq TV (avto/soat) bo’lib:
avtomobillar to’xtash joyi — 10 + 0,01 N, dona, yuvinish xonalari — 2 + 0,01 N, hojat o’rni — 2 + 0,005 N. Didli taomlar, xizmat qilish madaniyati va xonalar tozaligi ta’minlangan tamaddi qilish punktlari yo’ldagi harakat xavfsizligi, haydovchi va yo’lovchilar kayfiyatiga salmoqli ta’sir ko’rsatadi. Ulardagi joy o’rni J (dona) quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda: N — harakat qatnovi miqdori, avto/soat.
Bunday punktlarni tirkashli vagonlar bilan ham loyihalash tavsiya etiladi.
Yo’l bo’yida quriladigan mehmonxonalar (motellar) tunda dam olishga mo’ljallanib, xushmanzara va yaxshi kayfiyat beruvchi joylarga loyihalanadi. Bunda avtomobillar joylashuvi tashqaridan ko’rinishi lozim.