Yo’l bo’yida dam olishga moijallab quriladigan binolarni joylashtirish maydoni. Yozgi va qishki sayonatlar uchun to’xtash maydonchalari (kempinglar) katta xarajatlar talab qilmasa-da, lekin katta e’tibor va yuqori didlikni talab qiladi. Bular ko’pincha daraxtzor, yo’ldan chetlashtirib qo’yilgan va o’simliklar bilan bezatilgan maydonchalardan iborat bo’ladi Bular cho’milish joylarida qurilsa, albatta, prokatli anjomlar, saqlash joylari bilan ta’minlanishi lozim. Suv havzasiga borish uchun barcha qulayliklar va yetarlicha o’rindiqlar va kuchli soyabonlar loyihalanadi.
Avtobuslar to’xtash joylari barcha toifali yo’llarda loyihalanadi. Yuqori toifali yolllarda, ularning kesishuv va tutashuv joylarida to’xtash joylariga yaqinlashtirib yo’l osti va yo’l usti yo’lkalari quriladi. Bunday kesib o’tish joylari mufassal turda loyihalanib, barcha estetik va foydalanish talablarida ko’riladi. Bunda qariyalar va yosh bolalarga qulayliklar yaratiladi. Ayrim hollarda o’zi yurar eskalatorli yo’lkachalar loyihalanib ko’riladi.Avtobuslarga chiqib-tushish joylari kirish zinasiga tenglashtirib quriladi.
Yo’lovchilar bekatini ko’p yo’nalishlari bo’lgan ehtiyoj asosida shahar chegarasi yaqinida barcha qulayliklarga ega bo’lgan bir yoki ikki qavatli holida quriladi. Bunday bekatlar transport vositalarining bemalol kirib-chiqishlarini inobatga olgan holda loyihalanadi.Avtomobil yo’llari bo’ylab o’stiriladigan daraxtlar yo’lning ajralmas qismi hisoblanadi. Yo’ldagi ko’kalamzorlashtirish ishlari texnikaviy, madaniy va didli talablarni bajarishga qaratiladi.Avtomobil yo’llaridagi ko’kalamzorlashtirish ishlari yo’l poyini qor va ko’char qumlar bosishidan, shamol va changli bo’ronlardan, va yuvilishidan saqlaydi. Ayrim e’tiborli joylarni bezashda ham xizmat qiladi.Ma’lum bir maqsadda bajarilgan bu tadbirlar har biri, ma’lum darajada boshqa maqsadli talabga ham javob berishi mumkin. Shuning uchun bularni loyihalashda maqsadli yondashuvda ish ko’rib, birinchi navbatda mahalliy sharoitlarga moslab ko’rish lozim.
Daraxtni ekish va ularni o’zgaliklariga bog’lab turlicha farqlash mumkin: o’rmonli tasma holatida; jonli to’siq; qatorlab o’tkazilgan (alleya); guruhlab (to’dali) o’tqazilgan; bir necha turlarini birlashtirib ekilganlari.