Kiritish haqida


-modda. Murojaatlarni ko‘rib chiqishni tugatish



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/22
tarix20.11.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#165997
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
O‘RQ-445 11.09.2017

30-modda. Murojaatlarni ko‘rib chiqishni tugatish 
Murojaatlarni ko‘rib chiqish quyidagi hollarda tugatiladi: 
agar takroriy murojaatlarda yangi vajlar yoki yangidan ochilgan holatlar keltirilmagan 
bo‘lsa, ilgarigi murojaat materiallarida esa tekshiruvlarning to‘la-to‘kis materiallari mavjud bo‘lsa va 
murojaat qiluvchiga belgilangan tartibda javoblar berilgan bo‘lsa; 
agar murojaat qiluvchi o‘z murojaatini belgilangan tartibda chaqirib olgan bo‘lsa yoki uni 
ko‘rib chiqishni tugatish to‘g‘risida iltimos qilgan bo‘lsa; 
yashash joyi, turgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzili yoki boshqa rekvizitlari 
o‘zgarganligi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilmaganligi tufayli chaqirishning imkoni yo‘qligi 
sababli murojaatni murojaat qiluvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqish imkoniyati bo‘lmaganda; 
murojaatni murojaat qiluvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqish imkoniyati mavjud emasligi 
sababli, davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilgan murojaat 
qiluvchi kelmay qolgan taqdirda; 
agar murojaat qiluvchi jismoniy shaxs vafot etganidan so‘ng murojaatni ko‘rib chiqish 
huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa. 
Murojaatni ko‘rib chiqishni tugatish to‘g‘risidagi qarorni davlat organining, tashkilotning rahbari 
yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shaxsi qabul qiladi. 
Takroriy murojaatni ko‘rib chiqish ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisiga 
muvofiq tugatilganda, murojaat qiluvchi takroriy murojaatning asossizligi va ushbu masala yuzasidan 
u bilan yozishmalar tugatilishi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilinadi. Yozishmalar olib borish 
tugatilgan murojaat qiluvchidan takroriy murojaat kelib tushgan taqdirda, bunday murojaatni ko‘rib 
chiqish murojaat qiluvchini bu haqda xabardor qilmasdan tugatiladi. 
Murojaatni ko‘rib chiqish uni chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha tugatilganda 
murojaat murojaat qiluvchiga davlat organining, tashkilotning yoki ular mansabdor shaxsining xati 
bilan birga uch kun ichida qaytariladi. Murojaatni chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza qonun 
buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rilishini istisno etmaydi.
Murojaat qiluvchi chaqirilgan jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxs vakilining kelmay 
qolganligi sababli murojaatni ko‘rib chiqishni tugatish to‘g‘risida tegishli tartibda xabardor qilinadi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin