shuningdek o‘z vakolatlari doirasida boshqa davlat organlaridan,
boshqa tashkilotlardan va
mansabdor shaxslardan qo‘shimcha axborotni so‘rab olishi mumkin. Agar axborot davlat sirini yoki
qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lmasa,
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari
hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va
davlat
manfaatlariga zarar yetkazmasa, davlat organlari, tashkilotlar
va mansabdor shaxslar
o‘zlaridan so‘ralayotgan axborotni o‘n kun ichida taqdim etishi shart.
Murojaatlarni ko‘rib chiqayotgan davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxslari
zarur hollarda, murojaatning joyning o‘ziga borib ko‘rib chiqilishini ta’minlashi mumkin.
Agar murojaatda qo‘yilgan masalalar xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga daxldor
bo‘lsa, ularning vakillari murojaatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish
uchun davlat organlari
tomonidan o‘z vakolatlari doirasida jalb etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar murojaatni ko‘rib chiqishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tekshirish,
shu jumladan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) zarurati yuzaga kelsa, tekshirish
qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(24-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: