6-bob. Yakunlovchi qoidalar
36-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda
hal etiladi.
(36-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
37-modda. Moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya
qilish
Jismoniy yoki yuridik shaxsning arizasi, shikoyati ana shu murojaatlar bo‘yicha qonunga xilof
qarorlar qabul qilgan davlat organi, tashkilot va ularning mansabdor shaxslari tomonidan
qanoatlantirilgan taqdirda, ariza yoki shikoyat berish va uni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq zararning
o‘rni, arizani, shikoyatni ko‘rib chiqish uchun tegishli davlat organining, tashkilotning, shuningdek
ular mansabdor shaxslarining talabiga ko‘ra joylarga borish munosabati bilan qilingan xarajatlarning
hamda ana shu vaqt ichida yo‘qotilgan ish haqining o‘rni murojaat etuvchiga sud tartibida qoplanadi.
Sud tartibida ma’naviy ziyon ham kompensatsiya qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 985, 1021 va 1022-moddalari.
Jismoniy yoki yuridik shaxsning arizasini yoxud shikoyatini ko‘rib chiqishda qonun talablari
buzilganligi munosabati bilan unga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy
ziyonni kompensatsiya qilish sifatida davlat organi, tashkilot tomonidan to‘langan mablag‘lar aybdor
shaxsdan regress tartibida undirib olinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 1001-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
38-modda. Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan
iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(38-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40, 41 va 43-
moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 139, 140 va 144-moddalari.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 37-son, 977-modda; Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 11.03.2020-y., 03/20/608/0278-son;
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Dostları ilə paylaş: |