26-modda. Murojaat etuvchini eshitish Murojaatni ko‘rib chiqayotgan davlat organi, boshqa tashkilot yoki ularning mansabdor shaxslari o‘z
tashabbusiga ko‘ra yoxud murojaat etuvchining iltimosiga ko‘ra uni eshitishni tashkil etishi mumkin.
Davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxslari murojaat etuvchiga murojaatda
ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikrini bildirish va murojaat bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim
etish imkoniyatini beradi. Davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxslari murojaat
etuvchini eshitishga ekspertlarni, mutaxassislarni va manfaatdor tashkilotlarning vakillarini jalb etishi
mumkin.
27-modda. Murojaatlarga javoblar Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor
shaxslari tomonidan qaror qabul qilinadi, bu haqda murojaat qiluvchiga darhol yozma yoki elektron
shaklda xabar qilinadi.
Murojaatga javobni davlat organining, tashkilotning rahbari yoki ularning mansabdor shaxsi
imzolaydi.
Jamoaviy murojaatlarga javob, agar murojaatda javobni boshqa shaxsga yuborish talab
etilmagan bo‘lsa, murojaat qiluvchilarning ro‘yxatida birinchi ko‘rsatilgan shaxsga yuboriladi.
Murojaat, agar unda qo‘yilgan barcha masalalar ushbu Qonun talablariga muvofiq ko‘rib
chiqilgan va murojaat qiluvchiga tegishli javob yuborilgan taqdirda, ko‘rib chiqilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang. Murojaatlarga javoblar mumkin qadar murojaat etilgan tilda bayon qilinadi, javoblar
murojaatda ko‘rsatilgan har bir masala bo‘yicha vajlarni inkor etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq
asoslarni (zaruratga qarab qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda) o‘z ichiga
olgan bo‘lishi kerak.
(27-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Ommaviy qabullar vaqtida davlat organining rahbariga yoki vakolat berilgan boshqa
mansabdor shaxsiga kelib tushgan va joyida hal etilgan og‘zaki murojaatlarga yozma javob yoki
elektron shakldagi javob talab etilmaydi.