Kiritish haqida


-modda. Davlat organlarining, tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/22
tarix20.11.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#165997
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
O‘RQ-445 11.09.2017

14-modda. Davlat organlarining, tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining 
virtual qabulxonalarini tashkil etish 
Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, murojaatlarning ko‘rib chiqilishi ustidan tizimli 
monitoring va nazoratni amalga oshirish, shuningdek murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish maqsadida davlat organlari, tashkilotlar va ular 
mansabdor shaxslari o‘z virtual qabulxonalarini tashkil etishi mumkin. 
Virtual qabulxonalar qaysi davlat organi,tashkilot yoki ularning qaysi mansabdor shaxslari 
tomonidan tuzilgan bo‘lsa, o‘sha davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxslari nomidan 
faoliyat ko‘rsatadi. 
3-bob. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat etish huquqlari kafolatlari
15-modda. Murojaat etish huquqini amalga oshirish kafolatlari 
Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organlariga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga 
yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib murojaat etish huquqi kafolatlanadi. 
Murojaat etish huquqi ixtiyoriy amalga oshiriladi. Hech kim biron-bir murojaatni himoya 
qilishga yoxud unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas. 
Murojaat etish huquqining amalga oshirilishi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning 
huquqlarini, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini 
buzmasligi kerak. 
Xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 
O‘zbekiston Respublikasi davlat organlariga, tashkilotlariga va ularning mansabdor shaxslariga 
ushbu Qonunga muvofiq murojaat etish huquqiga ega. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
16-modda. Murojaat etish huquqidan foydalanilayotganda kamsitishga yo‘l 
qo‘yilmasligi
Murojaat etish huquqidan foydalanilayotganda jismoniy shaxsning jinsi, irqi, millati, tili, dini, 
ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyiga, shuningdek yuridik shaxslarning 
mulk shakli, joylashgan eri (pochta manzili), tashkiliy-huquqiy shakllariga va boshqa holatlariga 
qarab kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi.
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin