Kiritish haqida


-modda. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/22
tarix20.11.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#165997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
O‘RQ-445 11.09.2017

8-modda. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish 
Davlat organlarida, tashkilotlarda, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan jismoniy 
shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tashkil etiladi.
Jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabulini o‘tkazuvchi davlat 
organlarining, tashkilotlarning rahbarlari yoki boshqa mansabdor shaxslari har qanday masalalar, shu 
jumladan o‘z vakolatlariga kirmaydigan masalalar bo‘yicha murojaat etilganda qabulni rad etishga 
haqli emas, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, agar ularning shunday 
xususiyatga ega bo‘lgan avvalgi murojaati bo‘yicha qaror qabul qilingan va bu haqda ularga ushbu 
Qonunda belgilangan tartibda xabar qilingan bo‘lsa, rad etilishi mumkin. 
9-modda. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi 
Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish davlat organining, tashkilotning 
rahbari yoki boshqa mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun davlat 
organlarida, tashkilotlarda maxsus tarkibiy bo‘linmalar tashkil etilishi mumkin, qabul uchun mas’ul 
bo‘lgan mansabdor shaxslar belgilanadi. 
Davlat organlarining rahbarlari yoki bu borada vakolat berilgan boshqa mansabdor shaxslari 
tomonidan jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullari, 
shuningdek ommaviy qabullar tashkil etilishi mumkin. 
Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish belgilangan kun va soatlarda, 
qabul qilish jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi. 
Qabul qilish jadvali va uni o‘tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish 
to‘g‘risidagi axborot, qabul qilish tartibi ularni davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon 
qilish, shuningdek ularning ma’muriy binosida hamma kirishi mumkin bo‘lgan joylardagi stendlarga 
yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkaziladi. 
Jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullari, 
shuningdek ommaviy qabullar, zarur bo‘lgan hollarda, qabul qilish jadvallaridan tashqari o‘tkazilishi 
mumkin. Ommaviy qabul hovlilarga (kvartiralarga), boshqa binolarga va joylarga birma-bir kirib 
chiqish orqali ham o‘tkazilishi mumkin.
Agar qabul davomida bayon etilgan masalalarni hal etish davlat organining, tashkilotning 
yoki ular mansabdor shaxsining vakolatlariga kirmasa, tegishli mansabdor shaxslar murojaat 
etuvchiga murojaatda bayon etilgan masalalarni hal etish uchun qaysi organga yoki tashkilotga 
murojaat qilish lozimligini tushuntirishi kerak. 
Shaxsiy qabul davomida davlat organi, tashkilot rahbarining qaroriga ko‘ra va murojaat 
etuvchiga bu haqda xabar bergan holda maxsus texnika vositalari (audio- va videoyozuv, shuningdek 
fotosuratga olish) qo‘llanilishi mumkin. 
Jismoniy shaxs og‘zaki murojaat etayotganda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik 
shaxsning vakili esa o‘z vakolatlarini tasdiqlaydigan va o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishi 
kerak, ommaviy qabul vaqtida kelib tushgan murojaatlar bundan mustasno. 
Og‘zaki murojaatlar real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan 
foydalangan holda, shu jumladan davlat organlarining, tashkilotlarning ishonch, tezkor aloqa 
telefonlari orqali va videokonferensaloqa vositasida ham berilishi mumkin. 
Videokonferensaloqa vositasida qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilanadi. 



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin