elektron murojaat — belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
vositasida berilgan, shu jumladan davlat organining, tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan
murojaat, real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda berilgan
og‘zaki murojaatlar bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang. takroriy murojaat — ayni bir jismoniy yoki yuridik shaxsdan kelib tushgan, uning avvalgi
murojaati yuzasidan qabul qilingan qaror ustidan shikoyat qilinayotgan yoki boshqacha tarzda
norozilik bildirilayotgan, shuningdek, agar takroriy murojaat kelib tushgan paytga kelib
qonunchilikda belgilangan ko‘rib chiqish muddati tugagan bo‘lsa, ilgarigi murojaati o‘z vaqtida
ko‘rib chiqilmaganligi to‘g‘risida xabar qilinayotgan murojaat;
(3-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) anonim murojaat — jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash
joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan eri (pochta
manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoxud ular haqida yolg‘on ma’lumotlar
ko‘rsatilgan murojaat, shuningdek uni identifikatsiya qilish imkoniyatini bermaydigan elektron
murojaat yoxud imzo bilan tasdiqlanmagan yozma murojaat;
murojaatning dublikati — ayni bir jismoniy yoki yuridik shaxs murojaatining ko‘chirma
nusxasi;
ommaviy qabul — davlat organi rahbarining yoki bu borada vakolat berilgan mansabdor
shaxsining jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari bilan ommaviy uchrashuvlarida
murojaatlarni qabul qilishga doir harakati;
videokonferensaloqa — uzoqda joylashgan bir nechta abonentlarning real vaqt rejimida
audio- va videoaxborot almashish imkoniyati bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalangan holda interaktiv hamkorlik qilishi;