Kiritish haqida


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi tomonidan



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/22
tarix20.11.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#165997
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
O‘RQ-445 11.09.2017

13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi tomonidan 
murojaatlarga doir masalalar bo‘yicha real vaqt rejimida maslahatlar berish 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi negizida turli tarmoqlar va faoliyat 
sohalaridan malakali mutaxassislarni maslahatchilar sifatida jalb etgan holda, murojaatlarga doir 
masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga real vaqt rejimida maslahat berish amalga 
oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi negizida real vaqt rejimida maslahat 
berish, bir tomondan, maslahatchilar o‘rtasida, shuningdek boshqa tomondan, o‘zini qiziqtiradigan 
masala yuzasidan tezkor tartibda axborot olish istagida bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida 
axborot ayirboshlash yo‘li bilan ta’minlanadi.
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi negizida turli tarmoqlar va 
faoliyat sohalaridan malakali mutaxassislarni maslahatchilar sifatida jalb etgan holda, murojaatlar real vaqt 
rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan davlat organlarining, 
tashkilotlarining ishonch, tezkor aloqa telefonlari orqali va videokonferensaloqa vositasida ham berilishi 


mumkin. Hozirgi kunda jismoniy va yuridik shaxslar o‘z murojaatlarini pm.gov.uz saytidagi maxsus murojaat 
shaklini to‘ldirish orqali, 0-800-210-00-00 murojaatlar raqamiga yoki 1000 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish 
yoki Xalq qabulxonalariga tashrif buyurib yo‘llash imkoniyatiga ega. Shuningdek, fuqarolar Virtual 
qabulxonada shaxsiy kabinet ochishlari mumkin. “Fuqarolarning shaxsiy kabineti” modulidan ko‘zlangan 
maqsad — fuqarolarga virtual qabulxona tizimida ishlashda yuqorida darajada qulaylik yaratish, muayyan 
shaxsning murojaati bilan bog‘liq barcha yozishmalarni bir joyda saqlashdan iborat. Shaxsiy kabinetga ega 
bo‘lgan murojaat qiluvchilar har bir yangi murojaatni yuborishda shaxsiy ma’lumotlarni takroran 
kiritishlariga zarurat tug‘ilmaydi. Shaxsiy kabinetda murojaatchining davlat organlari bilan barcha 
yozishmalari (barcha murojaatlar va javob xatlari) saqlanadi, bu esa aniq murojaatni va unga javobni topish 
jarayonini osonlashtiradi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin