Kiritish haqida


-modda. Murojaatlarga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/22
tarix20.11.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#165997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
O‘RQ-445 11.09.2017

6-modda. Murojaatlarga qo‘yiladigan talablar 
Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash 
joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. 
Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan eri (pochta 
manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. 
Jismoniy va yuridik shaxsning murojaatida davlat organining, tashkilotning aniq nomi
murojaat yuborilayotgan mansabdor shaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi) 
ko‘rsatilgan, shuningdek murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak. 
Murojaatlarda murojaat etuvchilarning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va fakslari 
raqamlari ko‘rsatilishi mumkin. 
Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasi. 
Yozma murojaat murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat etuvchi yuridik 
shaxs vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma 
murojaatini murojaat etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, bu murojaat 
uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham 
qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilishi kerak. 
Murojaat etuvchilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi 
hujjatlar ilova qilinadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-bobi (“Vakillik va ishonchnoma”). 
7-modda. Murojaatlar va ommaviy axborot vositalari 


Ommaviy axborot vositalari tahririyatlaridan kelib tushgan murojaatlar ushbu Qonunda nazarda 
tutilgan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqiladi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Ommaviy axborot vositalariga yo‘llangan murojaatlardan ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi 
qonunchilikka muvofiq jamoatchilik fikrini o‘rganish va aks ettirish uchun foydalanilishi mumkin. 
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin