18-modda. Murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish kafolatlari
Murojaatlar davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qabul qilinishi
va ko‘rib chiqilishi shart, ushbu Qonunning 29 va 30-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan
mustasno.
19-modda. Murojaatlar munosabati bilan ayon bo‘lib qolgan ma’lumotlarning oshkor
etilmasligi kafolatlari
Murojaatlarni ko‘rib chiqishda jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti, yuridik shaxslarning faoliyati
to‘g‘risidagi ma’lumotlar
ularning roziligisiz, shuningdek davlat sirini yoxud qonun bilan
qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning va,
agar bu jismoniy va yuridik
shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini kamsitadigan bo‘lsa,
boshqa
axborotning davlat organlari, tashkilotlar xodimlari va ular mansabdor shaxslari tomonidan oshkor
etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jismoniy va yuridik shaxs to‘g‘risidagi, murojaatga taalluqli bo‘lmagan ma’lumotlarni
aniqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jismoniy shaxsning iltimosiga ko‘ra uning shaxsiga doir biron-bir ma’lumot oshkor
etilmasligi kerak.
20-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari munosabati bilan ular
Dostları ilə paylaş: