Kiritish haqida


-modda. Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/22
tarix20.11.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#165997
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
O‘RQ-445 11.09.2017

28-modda. Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari 
Ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo‘lgan davlat organiga, tashkilotga yoki 
ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha 
o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha 
bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi. 
Ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallarni 
so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ularni ko‘rib chiqish 
muddatlari tegishli davlat organining, tashkilotning rahbari tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan 
bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi. 
Taklif davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan 
e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan 
takliflar bundan mustasno bo‘lib, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga o‘n kunlik 
muddatda yozma shaklda xabar qilinadi. 
29-modda. Murojaatlarni ko‘rmay qoldirish 
Quyidagi murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi: 
anonim murojaatlar; 
jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini 
tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda
mazkur Qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo‘lmagan murojaatlar. 


Murojaatlar ko‘rmay qoldirilganda tegishli xulosa tuziladi, u davlat organining
tashkilotning rahbari yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadi. 
Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi 
sababli murojaatlar ko‘rmay qoldirilganligi to‘g‘risida murojaat qiluvchi tegishli tartibda xabardor 
qilinadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: Mazkur Qonunning 3-moddasiga asosan jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining 
ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan eri 
(pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoxud ular haqida yolg‘on ma’lumotlar 
ko‘rsatilgan murojaat, shuningdek uni identifikatsiya qilish imkoniyatini bermaydigan elektron murojaat 
yoxud imzo bilan tasdiqlanmagan yozma murojaatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi. Jismoniy va 
yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar kelib tushganda, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha 
bo‘linma yoki tarkibiy bo‘linma ularning vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini tekshiradi. Agar 
murojaatda jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo‘lmasa, bu 
haqda murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘linmaning rahbari yoki tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan 
tasdiqlanadigan xulosa tuziladi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin