Kiritish haqida


-bob. Yakunlovchi qoidalar



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/22
tarix20.11.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#165997
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
O‘RQ-445 11.09.2017

6-bob. Yakunlovchi qoidalar 
36-modda. Nizolarni hal etish 
Oldingi tahrirga qarang. 
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda 
hal etiladi. 
(36-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
37-modda. Moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya 
qilish 
Jismoniy yoki yuridik shaxsning arizasi, shikoyati ana shu murojaatlar bo‘yicha qonunga xilof 
qarorlar qabul qilgan davlat organi, tashkilot va ularning mansabdor shaxslari tomonidan 
qanoatlantirilgan taqdirda, ariza yoki shikoyat berish va uni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq zararning 
o‘rni, arizani, shikoyatni ko‘rib chiqish uchun tegishli davlat organining, tashkilotning, shuningdek 
ular mansabdor shaxslarining talabiga ko‘ra joylarga borish munosabati bilan qilingan xarajatlarning 
hamda ana shu vaqt ichida yo‘qotilgan ish haqining o‘rni murojaat etuvchiga sud tartibida qoplanadi. 
Sud tartibida ma’naviy ziyon ham kompensatsiya qilinishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 985, 1021 va 1022-moddalari. 
Jismoniy yoki yuridik shaxsning arizasini yoxud shikoyatini ko‘rib chiqishda qonun talablari 
buzilganligi munosabati bilan unga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy 
ziyonni kompensatsiya qilish sifatida davlat organi, tashkilot tomonidan to‘langan mablag‘lar aybdor 
shaxsdan regress tartibida undirib olinishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 1001-moddasi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
38-modda. Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan 
iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(38-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40, 41 va 43-
moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 139, 140 va 144-moddalari. 
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 37-son, 977-modda; Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 11.03.2020-y., 03/20/608/0278-son; 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin