2-bob. Xalq qabulxonalari va virtual qabulxonalar 10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi davlat organlari,
tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan murojaatlarning samarali ko‘rib chiqilishini
tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari yuridik shaxs maqomiga ega
bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tizimini quyidagilar tashkil
etadi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumanlar va shaharlardagi (tumanga bo‘ysunuvchi
shaharlardan tashqari) Xalq qabulxonalari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi kelib tushayotgan
murojaatlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida qabul qilish, to‘plash, tasniflash
va tizimlashtirish, shuningdek ularning to‘liq, o‘z vaqtida hamda sifatli ko‘rib chiqilishi ustidan
monitoring va nazoratni amalga oshirish imkonini beruvchi axborot tizimi hisoblanadi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan murojaatlarning samarali ko‘rib chiqilishini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tuziladi. Xalq qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari tuzilmasi tarkibiga kiradi, yuridik shaxs hisoblanmaydi, o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lmaydi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish hamda o‘z nomidan boshqa shaxslar bilan fuqarolik- huquqiy munosabatlarga kirishish huquqiga ega emas. Xalq qabulxonasi o‘z nomi yozilgan dumaloq muhr, shtamp va blankalarga ega bo‘ladi.