Kiston respublikasi raqamli texnologiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə3/18
tarix25.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#195393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
2 5366431636281897734

Biznes ( business) bu ruxsat etilgan, jamiyat a‘zolariga naf keltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullanib, pul, daromad topishni bildiradi. Biznesmen esa, biznes bilan shug‘ullanuchi shaxs[1]. Umuman olganda, biznesmen so‘zi inglizcha businessman so‘zidan olingan bo‘lib, bunda ,,busy+ness― – bandlik, ,,man― esa odam, ya‘ni ,,ish bilan band odam“ ma‘nosini bildiradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda bugungi kunda sayyoramizdagi barcha aholining taxminan 85 foizi istiqomat qiladi. Bu mamlakatlarning ko‘pchiligida mehnatga layoqatli aholining 70-90 foizi kichik va o‘rta biznes bilan mashg‘uldir.
Bizga ma‘lumki, tadbirkorlik qaysi sektorda amalga oshirilishiga qarab, 2 turga ajraladi:

      1. davlat tadbirkorligi;

      2. xususiy tadbirkorlik.

Davlat tadbirkorligi amaldagi qonunlarga mos ravishda davlat mulkini boshqarish kafolatiga ega bo‘lgan davlat boshqaruv organlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari tomonidan ta‘sis etilgan korxonalar nomidan iqtisodiy faollikni amalga oshirish shaklidir.



7 Sh.Mirziyoyev ―Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak‖, Toshkent-―O‘zbekiston‖-2017,7-bet.
Xususiy tadbirkorlik biror xususiy korxona (agar u shunday shaklda ro‘yxatga olingan bo‘lsa) yoki tadbirkor (ishchi kuchini yollamasadan, yakka tadbirkor, mikrofirma) nomidan iqtisodiy faollikni amalga oshirish shaklidir. Bu ikki tadbirkorlik turi o‘zining farqli xususiyatlariga ega bo‘lsada, o‘z navbatida amalga oshirilish tamoyillari bir-biri bilan mos tushadi.
Tadbirkorlikning yuqoridagi asosiy shakllarini chizmada quyidagicha ifodalash mumkin:






UMUMIY TADBIRKORLIK TAMOYILLARI



1.1.1-chizma.Tadbirkorlikning ikki asosiy shakli 8
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining iqtisodiyotdagi, ijtimoiy hayotdagi roli uning xalqaro va milliy bozorda sof raqobat muhitini yaratish, yirik korxonalar va tashkilotlar uchun mahsulot va xizmatlar yetkazib berish, ishchi o‘rinlari yaratib, asosiy va ikkilamchi bandlikni ta‘minlash, bozor mexanizmini amalga oshirilishining izchilligini muntazam nazorat qilish, ilmiy-texnikaviy inqilobni jadallashtirish, innovatsion texnologiya va xomashyo-resurlarini ishlab chiqarishga jalb qilish, davlat budjetining asosiy daromad manbai hisoblanmish soliq tushumlari hajmining o‘sishini ta‘minlash, aholi daromadlari va turmush farovonligini oshirish, daromad darajasiga qarab toifalanuvchi ijtimoiy sinflar o‘rtasidagi nisbiy muvozanatni ta‘minlash kabi bir qator faktorlarning amaliy va ilmiy jihatdan amalga oshirilishi bilan belgilanadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi hissasi quyidagi tarmoqlarda namoyon bo‘ladi:


8S. Salayev, N. Fayzullayev, J. Atayev, D. Saidov, M. Gulmonov – ,,Tadbirkorlik asoslari― o‘quv qo‘llanmasi. T.: ,,Fan va texnologiya―, 2012. – 18-b.

  • ro‘yxatga olingan, shuningdek, haqiqatan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonidagi hissasi;

  • YaIMda, sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmida, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hissasi;

  • iqtisodiyotda band aholi sonidagi hissasi;

  • eksport mahsuloti hajmidagi hissasi.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmining kengayishi, qo‘shimcha ish joylarini yaratilishi va aholini real daromadalarini o‘sishi, avvalo makroiqtisodiy barqarorlikni talab etadi. Shu bois, makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashda mamlakatda faoliyat yuritayotgan kichik tadbikrkorlik subyektlari tomonidan yaratilayotgan mahsulotlarni yalpi ichki mahsulotdagi hissasini, aholi bandligini ta‘minlashdagi samarali ahamiyatini oshirish hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka davlat tomonidan katta e‘tibor berilishi hamda qo‘llab-quvvatlanishi natijasida uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan, 2000-yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi iqtisodiyotning faol rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2008-yilda bu ko‘rsatkich 48,2 foizni, 2009- yilda 50,1 foizni, 2010-yilda 52,5 foizni, 2012-yilda esa 54,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2017-yilda 47,3 foizni tashkil etdi yoki 2000-yilga nisbatan 16,3 foizga o‘sdi. Jahon moliya institutlari xulosasiga ko‘ra, bu natija dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri ekanini ta‘kidlash lozim.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi quyidagi jadval orqali ifodalangan.9 (1-jadval). 1.1.1-jadval


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin