Kiston respublikasi raqamli texnologiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə8/18
tarix25.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#195393
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
2 5366431636281897734

1.2.1-chizma. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlanishiga ehtiyojmand ekanligini sabablari19.



19 Горфинкеля В.Я., Швандера В.А. – ,,Экономика предприятия― учебник для вузов, М.: ЮНИДА-ДАНА, 2000. – с-274.
Shu maqsadda barcha mamlakatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida davlat tomonidan o‘ziga xos iqtisodiy, huquqiy-me‘yoriy usullarda qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshiriladi hamda rag‘batlantirib boriladi. Qo‘llab-quvvatlashning bunday mexanizmlari kichik tadbirkorlik korxonalarining katta korxonalarga aylanguniga qadar davom etadi.
Ishbilarmonlik - biznes yuritish uchun amaliy qulay sharoit tug‗dirib berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‗llab-quvvatlash va rag‗batlantirish real iqtisodiyotni isloh etishning navbatdagi eng muhim yo‗nalishiga aylanmog‗i zarur.
Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash umumiy tarzda quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

1.2.2-chizma. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari20.


20 N. Murodov – ,,Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlari―. T.:
,,Iqtisodiyot―, 2012. – 42-b.
Davlat bunday vazifalarni o‘z mexanizmini qo‘llash orqali amalga oshiradi. Bozor sharoitida milliy iqtisodiyotning yuqori sur‘atlarda o‘sishiga erishish va korxonalarning barqaror holatini yaxshilashda qo‘llab-quvvatlashning barcha mexanizmlari ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda ma‘muriy-huquqiy muhitning ham o‘rni, ham roli katta va o‘z ta‘sir-e‘tibori bo‘yicha iqtisodiy mexanizmlarni to‘ldirib keladi.
Tadbirkorlik sub‘yektlari faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida 2003 yildan buyon tadbirkorlik subyektlarini ―yagona darcha‖ tamoyili bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari tomonidan amalga oshirilib kelingan bo‘lsa, 2016 yil 1-yanvardan boshlab Inspeksiyalar negizida Tadbirkorlik subyektlariga
―yagona darcha‖ tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning yagona markazlari tashkil etildi. 2017 yil 1-fevraldan esa, Yagona markazlar tumanlar (shaharlar) hokimliklari tuzilmasidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi. Bu o‘zgarishlarning natijasida Yagona markazlar tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarning soni 33 taga oshdi.
Internet tarmog‘i orqali tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning soddalashtirilgan tizimini joriy etish va tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatidan o‘tkazishda ―yagona darcha‖ tizimini yanada takomillshtirish orqali O‘zbekiston biznesni ro‘yxatga olish yo‘nalishi bo‘yicha 12 pog‘ona yuqorilab, 11-o‘rinni band etdi.
2017 yil 1-apreldan boshlab ro‘yxatga olish tartib-tamoyillarini 30 daqiqigacha qisqartirish imkonini beruvchi tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushirildi. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish milliy tizimining aholi va tadbirkorlik subyektlari ehtiyojlarini to‘liq qanoatlantiradigan sifat jihatidan yangi darajasiga ko‘tarildi.
Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgarishining muhim yo‘nalishi bo‘lgan, aholi va o‘rta sinf mulkdorlari daromadlarini shakllantirish asosi bo‘lgan kichik biznes hamda xusuiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish, bu sohadagi
muammolarni hal etish, kasb-hunar kollejlari va oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilarini, qishloq joylaridagi yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratib berish masalasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
Keyingi yillarda muhtaram yurtboshimizning bevosita tashabbuslari bilan hukumatimiz tomonidan KBXTni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish borasida bir necha yo‘nalishlarda tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi va bu yo‘nalishlarni shartli ravishda o‘n bitta qismga ajratib o‘rganishni ma‘qul deb topdim. Ular quyidagilar:

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin