Kiston respublikasi raqamli texnologiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


KBXTni tashkil etish va kengaytirishning davlat tomonidan qo’llab- quvvatlash mexanizmlari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə7/18
tarix25.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#195393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
2 5366431636281897734

KBXTni tashkil etish va kengaytirishning davlat tomonidan qo’llab- quvvatlash mexanizmlari.


Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlariga keng imkoniyatlarni yaratish, imtiyozlar berish, ularning faoliyatini liberallashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarning yangi bosqichiga o‘tildi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Shu jihatdan, hozirgi kunda respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e‘tibor berilmoqda. Bu sohasini rivojlantirish masalasi davlatimiz iqtisodiy siyosatining
strategik vazifasi sifatida qaralmoqda.
Bu borada Prezidentimiz tomonidan qator farmon hamda qarorlar qabul qilinib, kichik bizbes subyektlari faoliyatining me‘yoriy-huquqiy asosi mustahkamlanmoqda. Ushbu me‘yoriy-huquqiy hujjatlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin18:

  • ―Tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlanishini ta‘minlashga, xususiy mulkni

har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi 2016 - yil 5 - oktabrdagi PF – 4848 - sonli Farmoni;

  • 2017-yil 17-yanvarda ―Tadbirkorlik faoliyati va xususiy mulkni yanada rivojlantirish, davlat mulki obyektlarini sotishni soddalashtirish va tezlatish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi Farmon;

  • 2017-yil 7 - fevraldagi ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi PF – 4947 - sonli Farmoni qabul qilingan;

  • 2017-yil 29-avgustda ―O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurudagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida‖gi PQ-440;




18 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga
Murojaatnomasini keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etishga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop qo‘llanma. Toshkent- 2018

  • 2017-yil 3-noyabrda ―Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi Qaror.

Ushbu me‘yoriy hujjatlar asosida kichik korxonalar va mikrofirmalar, yakka tadbirkorlik, oilaviy korxona kabi kichik biznes subyektlari uchun har tomonlama qulay shart-sharoitlar: tashkil etish, faoliyatini yuritish, tegishli davrlarda hisobotlarni taqdim etish, shuningdek, soliqqa tortish tizimida imtiyozlarni joriy qilish, kichik korxonalar faoliyatini nazorat qilishni kamaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar tadrijiy ravishda amalga oshirilmoqda.
Harakatlar strategiyasida O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari alohida bandlarda belgilab berilgan bo‘lib, uchunchi bandi iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, deb nomlanadi. Ushbu band bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlar (vazifalar) belgilab olindi:

    • Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur‘atlarini saqlab qolish;

    • Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish;

    • Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish;

    • Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanad kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish;

    • Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish.

Xususan, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur‘atlarini saqlab qolish yo‘nalishida qator masalalar bilan birga soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma‘murchiligini takomillashtirish va tegishli
rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Shuningdek, to‘rtinchi yo‘nalishi aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta‘minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, shu bilan birga, bu sohani keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni himoya qiluvchi hamda nazorat qiluvchi idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat‘iy oldini olish kabi masalalar yoritb berigan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlanishiga ehtiyojmand ekanligini zamonaviy ishlab chiqarishning quyidagi sabablari doirasida ko‘rishimiz mumkin va bu sabablar o‘z faoliyatida kuchaytirilgan talablarga mos bo‘lishi kerakligini taqozo etadi:


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin