Kitob -axborotlarni, gʻoya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish



Yüklə 113,52 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix26.10.2023
ölçüsü113,52 Kb.
#161624
Kitob - Vikipediya



Kitob
Kitob —axborotlarni, gʻoya, obraz va
bilimlarni saqlash hamda tarqatish,
ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik qarashlarni
shakllantirish vositasi; bilimlar targʻiboti
va tarbiya quroli; badiiy, ilmiy asar,
ijtimoiy adabiyot. Xalqaro statistikada
YUNESKO tavsiyasiga koʻra, hajmi 48
sahifadan kam boʻlmagan, taboqlab
tikilgan nodavriy nashrni, shartli ravishda,
K. deyish qabul qilingan.


Kitob ishi kitobni yaratish, tayyorlash, uni
tarqatish, saqlash, tavsiflash va oʻrganish
bilan bogʻliq katta jarayonni oʻz ichiga
oladi. Fan, adabiyot, sanʼat asarlaridan
matbaada koʻpaytirish va tarkatish uchun
tanlash, ularga ilmiy va badiiy nuqtai
nazardan yondoshish, tahrir qilish, badiiy
bezash, matbaa ijrosini belgilash va
nashrga tayyorlash noshirlikning vazifasi.
Kitobni koʻplab chiqarish — kitob bosish
ishi poligrafiya sanoatida olib boriladi.
Kitoblarni toʻplash, saqlash, oʻquvchilar
oʻrtasida tashviqot qilish, ulardan
kitobxonlar foydalanishlari uchun qulay
sharoit yaratish kutubxona ishiga qaraydi
(qarang 
Kutubxona
,
Kutubxonashunoslik
). Kitob va boshqa


bosma asarlar haqida muayyan maqsad
bilan oʻquvchilarga maʼlumot berish va
ularni tashviqot qilish bibliografiya
vazifasidir va hakozalar.
K.ning paydo boʻlish tarixi yozuvning
yaratilishi va shakllanishi jarayoni bilan
uzviy bogʻliq. Yozuvning toʻzilish
xususiyatlari (belgilar tizimi, ularning
joylashish tartibi), yozuv materiali va
qurolining oʻziga xos tomoni va boshqa
maʼlum darajada K. tuzilishini ham
belgilab berdi. Qad. Misr, Rim, Yunoniston
va Oʻrta Osiyoda kishilar tosh, palma
daraxti barglari, sopol va boshqa
materiallarga yozib fikr almashganlar.
Har bir K. oʻnlab shunday materiallardan


tayyorlangan plitalardan iborat boʻlib,
ogʻirligi bir necha kg boʻlgan. Yozuv
materiali sifatida papirus usimligi
ishlatilishi (miloddan avvalgi 4—3 ming
yilliklarda) bilan oʻrama K.lar paydo boʻldi.
Bunday K.larning oʻzunligi oʻrtacha 10 m
atrofida boʻlib, ingichka, yumaloq
tayoqlarga oʻralgan va maxsus charm
yoki yogʻoch gʻiloflarda saqlangan. Sharq
mamlakatlari, Qad- Rim va
Yunonistondagi koʻpgina nodir asarlar
papirusga bitilgan. Miloddan avvalgi II
asrga kelib K. materiali sifatida
pergament (teri)dan foydalanish keng
tarqaldi. Dastlab bunday K. oʻrama holda
saqlangan. Ayrim maʼlumotlarga
Qaraganda, Oʻrta Osiyoda, xususan,


Xorazmda
miloddan avvalgi 1-ming
yillikning 1-yarmida vujudga kelgan
zardoʻshtiylik dinining muqaddas
kitoblaridan Avestoning qad. nusxasi
ham 12 ming qora mol terisiga bitilgan.
Arablarning Oʻrta Osiyodagi istilosiga
qadar (8—10-asrlar) u yerda koʻp nodir
K.lar saqlangan kutubxonalar boʻlgan.
Lekin ularning koʻpi bosqinchilik urushlari
natijasida yoʻqotib yuborilgan. 2—4-
asrlardan boshlab Qad. Rimda xuddi
hozirgi K.larning varaqalari singari
buklab, tikib tayyorlangan va bir-biriga
biriktirilgan, muqovali K.lar — kodeks
paydo boʻldi. Ular dastlab papirus, soʻng
pergamentga yozilgan. Bunday K.lar ogʻir
va besunaqay edi. 6-asrdan boshlab


kodeks shakli asosida hozirgi
koʻrinishdagi K.lar paydo boʻldi. Teriga
ishlangan noyob K.lardan biri — Mus-hafi
Usmon Kurʼonidir. 
Qurʼoni
 karimning bu
nusxasi 644—656 yillarda xalifa Usmon
koʻrsatmasi bilan Muhammad (sav)ning
kotiblari Zayd ibn Sobit, Amir ibn alOʻs va
Hishom ibn Hakimlar tomonidan kufiy
xatida yozilgan. Mazkur qoʻlyozma K.
Amir Temur tomonidan Samarqandga
olib kelingan. Jami 353 varaq, hajmi
68x53x22 sm. Oʻzbekiston musulmonlari
idorasi kutubxonasida saqlanadi.
Qogʻozning kashf qilinishi K. tarixida
yangi davr ochdi. Ayrim maʼlumotlarga
qaraganda, 650 yillardayoq


Samarqandda qogʻozli K.lar boʻlgan. 13-
asrdan Yevropada qogʻoz asosiy yozuv
materiali boʻlib qoldi. Qogʻoz K.ning
koʻpayishiga va tarqalishiga yangi
imkoniyat ochdi. K. bezashga alohida
ahamiyat berildi. Uning sahifalariga turli
miniatyuralar, hoshiyalariga bezaklar
ishlana boshladi. Asta-sekin xattotlik
(kalligrafiya), muqovasozlik kabi kasblar
ajralib chiqdi. Ayniqsa, Oʻrta Osiyoda oʻrta
asrlarda xattotlik sanʼati keng rivojlandi.
Mashhur xattotlarning koʻp avlodlari K.
tayyorlash usulini — materiallar, siyoh, xat
koʻchirish texnikasini takomillashtirib
bordilar.


10—12-asrlarda Movarounnahrda
muayyan soha sifatida shakllangan
kitobat sanʼati 14—15-asrlarda yangi
taraqqiyot bosqichiga kutarildi. Har bir K.
qogʻozidan tortib muqovasigacha,
siyoxdan to buyoqlari-yu zarhaligacha
maʼlum meʼyordagi modda, reja va qoida
asosida tayyorlanadi, hatto K.dan
xushboʻy hid anqib turishi uchun baʼzan
siyohga gulob yoki anbar qoʻshilardi.
Qoʻlyozmalar nafis husnixat, zarafshon
(tilla suvi sochish), suvli buyoqlar bilan
hoshiyaga nafis naqshlar ishlab badiiy
bezatildi. 15—16-asrlarda bir qancha
isteʼdodli xattot, musavvir, lavvoh va
saxdoflar (Abdurahmon Xorazmiy,
Sultonali Mashqadiy, Sultonali Xandon,


Mirali qilqalam va boshqalar) yetishdi.
Hirot xattotlariga ustozlik qilib, kitobat
sanʼati ravnaqiga ulkan hissasini
qoʻshgan xushnavis xattotlardan
Sultonali Mashhadiy edi. U Nizomiy,
Hofiz, Saʼdiy, Navoiy, Husayn Boyqaro va
boshqalarning asarlarini koʻchirib shuhrat
qozondi. Sultonali tomonidan koʻchirilgan
50 dan ziyod K. bizning davrimizgacha
yetib kelgan. Temuriy hukmdorlar
devonxonalari qoshida, xususan,
Samarqand, Hirotda maxsus saroy
kutubxonalari tashkil etilgan. Bunday
kutubxonalar oʻrta asrning oʻziga xos
hunarmandchilik korxonasi boʻlib, ularda
qoʻlyozma K.larni toʻplash va saqlash
bilan birga K. sozlik bilan bogʻliq boʻlgan


bir qancha amaliy ishlar bajarildi. Bunday
saroy kutubxonalarining boshliklari
„kutubxona dorugasi“ yoki „kitobdor“ deb
atalgan. Ularning qoʻl ostidagi koʻplab
xushnavis xattot, naqqosh-musavvirlar,
lavvoh, sahhoflar K. yaratishga doyr turli
vazifalarni bajarishgan. Mas, 15-asrning
1-yarmida Hirotda 
Ulugʻbekning
ukasi
Boysunqur kutubxonasida 40 xattot va bir
qancha naqqosh qoʻlyozma asarlardan
nusxalar koʻchirish va ularni bezash bilan
band boʻlgan. Har bir qoʻlyozma K. bir
necha mutaxassis qoʻlidan oʻtardi. 1425
—29 yillarda Jaʼfar Boy-sunquriy
tomonidan Abulqosim Firdavsiyning
mashhur „Shohnoma“ asari koʻchirilib, 20
ta turli mazmundagi rangdor


miniatyuralar bilan bezatilgan. Noyob
sanʼat asari sifatida bu K. Tehron
muzeyida saqlanadi. Husayn Boyqaro va
Alisher Navoiy saroy kutubxonasi ham
oʻz davrida mashhur boʻlgan. Navoiy
badiiy qoʻlyozma sanʼatini rivojlantirishga
katta hissa qoʻshdi. Uning bevosita
koʻmagi bilan Behzod, Sultonali
Mashhadiy, Shoh Muzaffar kabi oʻnlab
K.soz ustalar yetishib chiqdi. Bu
ustalarning uslub va anʼanalari keyingi
yillardagi kalligrafiya sanʼatining asosini
tashkil etdi. Turkistonda xattotlik yoʻli
bilan K. tayyorlash oʻzoq vaqt davom
etdi. Hatto K. bosish kashf qilingandan
keyin ham, dastlabki vaqtlarda K.lar
qoʻlyozma yoʻli bilan koʻpaytirilar edi.


K. nusxalarini ommaviy koʻpaytirish
yoʻlidagi izlanishlar natijasida ksilografiya
paydo boʻldi. 15-asrning 40-yillarida
Germaniyada Iogann Gutenberg
tomonidan K. bosish ixtiro qilinishi K.
taraqqiyotida yangi davr ochdi. K. bosish
texnikasi asta-sekin takomillashib,
boshqa mamlakatlarda ham tarqala
boshladi (qarang 
Kitob bosish
,
Bosmaxona
).
Turkistonda bosma usuli bilan K.
chiqarish 
Oʻrta Osiyo
 
Rossiyaga
qoʻshib
olingandan keyin tarqaldi. 1868-yil
Toshkentda
Turkiston harbiy okrugi
shtabining bosmaxonasi tashkil etildi.
Shu bosmaxonada nashr etilgan rus olimi


va sayyohi N.A.Seversovning „Chu va
Norin tizmalari etagidagi togʻli oʻlka
toʻgʻrisida lavhalar“ (rus tilida) kitobi
Turkistondagi ilk bosma K.dir. Oʻzbek
tilidagi birinchi bosma K. Shohimardon
Ibrohimovning 1871-yil Xivada bosilgan
„Kalendar“idir. Birin-ketin Turkistonning
boshqa shaharlarida ham xususiy
litografiyalar tashkil etildi. Boʻlardan
Otajon Abdalov (Xivada), Semyon Laxtin
(Toshkentda), Gʻulom Hasan Orifjonov
(Toshkentda) litografiyalari mashhur. Bu
bosmaxonalarda adabiy, falsafiy, diniy,
tarixiy asarlar va darsliklar chiqarildi.
Oktabr toʻntarishidan soʻng sovet tuzumi
davrida K. bosish ishi birmuncha


rivojlanib, ommaviy K.lar yaratish ishiga
katta ahamiyat berildi. Lekin K.ga,
boshqa ommaviy axborot vositalari kabi,
KPSS va Sovet hukumatining qudratli
mafkuraviy quroli sifatida qaraldi. Shu
maqsadda juda koʻp nomda va nusxada
marksizm-leninizm asarlari, ijtimoiy
siyosiy, badiiy, ilmiy K.lar nashr etildi. Ayni
vaqtda, 20—30-yillarda, Oʻzbekistonda
asrlar mobaynida saqlanib kelingan
qoʻlyozma K.lar, ayniqsa diniy, tarixiy
mazmundagi K.lar, keyinroq katagʻonga
uchragan oʻzbek yozuvchilarining asarlari
yoʻq qilina boshlandi: oʻtda kuydirildi,
suvga tashlandi.


Istiqloldan keyingi yillarda K. mahsulotlari
mavzu-mundarijasida keskin oʻzgarish
boʻldi. 
Tarixiy

diniy
, milliy qadriyatlarga
taalluqli K.lar nashriga alohida ahamiyat
berildi. Qurʼoni karimning oʻzbek tilidagi
tarjimasi ikki bor nashr etildi (1991-yil,
„Choʻlpon“ nashriyotida; 2001-yil,
Toshkent Islom universiteti nashriyotida).
Imom Buxoriyning 4 jildli „Hadis“lari
(1991—96 yillar, Komuslar Bosh
tahririyati), Amir Temur mavzui bilan
bogʻliq oʻnlab K.lar chiqarildi. Alisher
Navoiyning 20 jildli toʻla asarlari (1998 —
2002, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi
„Fan“ nashriyoti) chop etildi. Turli
nashriyotlarda Forobiy, Beruniy, 
Ibn Sino
,
Najmiddin Kubro, Mahmud az-


Zamaxshariy, Ulugʻbek, Yassaviy, Abdulla
Qodiriy, Choʻlpon, Munavvarqori, Fitrat,
Usmon Nosir va boshqalarning asarlari,
33 jildli „Xotira“ K.i chiqarildi.
„Oʻzbekiston“ nashriyotida Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning
10 jildli Asarlari nashr qilindi (1997—
2002). Mavjud nashriyotlar ommaning
talabehtiyojlaridan kelib chiqib badiiy,
ilmiy, ommabop, darslik va boshqa tur
K.lar nashr etmoqdalar. K.larning badiiy
va matbaa ijrosi ham jahon andozalari
talablariga javob beradigan darajada
yuksalib bormokda (yana qarang
Noshirlik
).


K.larning toʻzilishi va turlari. Hozirgi K.lar
oʻquvchilar talabi va estetik didiga koʻra
muayyan shaklga ega. K. sahifalarga
ajratilib, oʻrtasidan tikiladi va
muqovalanadi. Muqovaning K. sahifalari
bilan biriktirilgan qismi forzats deyiladi.
Ayrim hollarda muqovani saqlash va
bezak sifatida muqovaga jild
(superoblojka) kiygiziladi. K.ning bosh
qismida sarvaraq (titul list) boʻladi. Unda
muallif ismsharifi, K.ning nomi, nashr
etilayotgan joyi, yili, nashriyot nomi va
boshqa yoziladi. Sarvaraq qoʻsh sahifada
boʻlishi mumkin; bu holda u K.ning 2-
(muqobil sarvaraq) va 3-betlarini
egallaydi. Sarvaraq maʼlumotlarining
ayrimlari K.ning l-sahifasi — peshvarak,


(avantitul)da ham yozilishi mumkin.
Sarvaraqning orqa sahifasiga kitob
belgisi qoʻyiladi. Baʼzi hollarda sarvaraq
oʻrnida sarrasm (frontispis) boʻladi.
Matnning mazmuniga karab, K.da turli
usulda sarlavhalar qoʻyiladi. Ayrim
hollarda yirik sarlavhalar alohida
sahifada beriladi. Bunday sahifa zarvaraq
(shmutstitul) deyiladi. K.ning
ruknsarlavha (kolontitul) va ruknraqam
(kolonsifr)lari undan foydalanish ishini
osonlashtiradi. Shuningdek, K.da
mundarija, muqaddima, xotima,
annotatsiya, ilova, izoh, turli
koʻrsatkichlar, bibliografik roʻyxatlar ham
boʻlishi mumkin. K. sahifasining hajmi


uning nashr bichimi bilan belgilanadi
(qarang 
7a-bok
).
K.lar qanday oʻquvchilar ommasiga
moʻljallanganligi, maqsadi va mavzuiga
qarab turlarga ajratiladi. Oʻquvchilarga
koʻra, K.lar ommaviy, mutaxassislar
uchun va bolalar kitobi boʻlishi mumkin.
Maqsadiga koʻra, rasmiy, ilmiy,
ilmiyommabop, oʻquv, adabiy-badiiy,
maʼlumotnoma va boshqa xil K.larga
boʻlinadi. Ilmiy K.lar ichida monografiya
keng tarqalgan. Oʻquv K.lari darslik, oʻquv
qoʻllanmasi, oʻquv metodik qoʻllanma va
boshqa turlarga ajratiladi.
Maʼlumotnomalar esa lugʻat,


ensiklopediya, kalendar, yoʻl
koʻrsatkichlar qabilarga boʻlinadi
[1]
.
Katsprjak Ye.I., Istoriya knigi, M., 1964;
Sidorov A.A., Kniga i jizn, M., 1972;
Lyublinskiy B.C., Kniga v istorii
chelovecheskogo obshestva, M., 1972;
Rustamov M., Oʻzbek kitobi, T., 1968;
Murodov A., Oʻrta Osiyo xattotlik sanʼati
tarixidan, T., 1971;
3iganshina N. A., Musavvir va kitob, T.,
1987.
Adabiyot


1. 
Murodjon Aminov. 
OʻzME
. Birinchi jild.
Toshkent, 2000-yil
O'zbek tilidagi kitoblar (https://dana.u
z/knigi)
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=Kitob&oldid=3624173

Manbalar
Havolalar


Bu sahifa oxirgi marta 23-Mart 2023, 16:24 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
dan olindi

Yüklə 113,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin