Kitob – bilim bulog’i
Alloh inson zotiga tug’ilgan vaqtida u uchun kerakli har narsani barmasligi mumkin, chunki odam o’zi istagan narsalarni harakati ila qo’lga kiritsa, unda shukronalik hissi paydo bo’ladi. Shukur qilish esa har bir oqil va iymonli kishining amalidir. Dunyoda yana bir shunday xazina borki, uning oxiri yo’qdir. U – ilm. Inson ilm o’rganmoq uchun bel bog’lar ekan, u ko’plab qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Agar inson nafsini ustidan hamisha g’alaba qozonsa, unga atrofidagi muammolar qum zarrasi kabi kichik bo’lib ko’rinadi, ya’ni ilm olmoq uchun to’siq bo’lmaydi. Inson kitob mutolaasiga kirishgan onda g’aflatda o’tgan yoki besamar harakatlari bilan qorong’ulashgan hayotida shu’lalar paydo bo’ladi. Kitobxonlikni kundalik hayotining ajralmas qismiga aylantirgan inson haq yo’lni taniydi, yuksak ma’naviyat va eng nafis sifatlar bilan o’zining qiymatini oshiradi. Kitob orqali o’rgangan bilimi ko’plab inosnlarning xatosini to’g’irlashi mumkin. Donishmand xalqimizning “Bilagi zo’r birni yig’ar, bilimi zo’r mingni yig’ar” maqolidan chiqadigan xulosa ham hayotda ilm yo’lini tanlagan odam qoqilmasligiga ishora ketmoqda.
“Al-jome as-sahih” kitobida ilm osmondan yog’uvchi yomg’irga qiyoslanadi. Shunday insonlar bor, qattiq yerga o’xshaydi, osmondan tushgan suv singmaydi, ustida turaveradi. Yana shunday insonlar bor, suv nafaqat singadi, balki, uning ustida ko’katlar unadi. Demak, ilmni insonga “yuqmog’i” uchun ham chin qalbdan istamoq kerak. Boshqa bir hadisda esa: “Ey Robbiy, ilmni ziyoda qilgin”— deya duo qilish kerakligi eslatib o’tiladi. Inson qadim-qadim zamonlardan beri avvallari hech tuymagan tuyg’ularni his qilishga qalbini ajib nafislikka chulg’ovchi omilni qidirgan va topgach, hamma uchun umumiy tushuncha “kitob” deya yurita boshlagan. Mirzo Ulug’bek rasadxonasida ma’lum miqdorda dur-u javohirlar, tillolar bo’lgan, lekin uning xazinalari hisoblanmish kitoblarni asrash uchun Temur Sanarqandiyga temir sandiq yasatishadi. Qarang, shohlar uchun asl xazina kitob, ilm olmoq bo’lgan va uni mutolaa qilmoq uzoq zamonlar avval boshlangan. Ota-bobolarimiz ta’kidlaganidek “Kitob - bilim bulog’i”.