Piramida modeli (Shaxsan kitob avtorining modeli
ya’ni kaminaning modeli)
Siz aytsangiz kerak kitob avtorining modeli… daho bo’ling deyishiz
mumkin. Albatta men daho emas balkim qiyinchiliklar ostida bozorni
o’rganish uchun kun bo’yi kompyuter monitoriga tikilib o’tirganligim
sababi ixtirolarimdan maqulrog’i manashu Piramida modeli sanaladi.
Aslida yarim aylana ham men kuzatgan va ixtiro etgan modellardan biri
edi. Men uni chuqurroq o’zlashtirmaganligim sababli uncha muncha
vaziyatda nechi yilda bir marta kelishi mumkin.
67
Rasm- 10.9.8
Kichik vaqt oraliqlarida 5 minutlik yoki 15 minutlik graffiklarda ko’p
uchraydigan piramida modeli, savdo strategiya qilib olish ham mumkin.
Piramida modelini hosil qilish uchun, birinchi navbatta birinchi maksimum
va oxirgi minimumni tutashtirish kerak bo’ladi. Oxirgi minimumni qanday
topish mumkin? Buning uchun minimumlar hosil bo’lgandan so’ng qarama
qarshi tendensiya o’tgan maksimumdan o’tgandan so’ng biz eng
yuqoridagi maksimumdan eng pasdagi minimumni tutashtiramiz. Pasdan
esa gorizontal chiziq chizamiz. Chiziq chizish o’tgan maksimumdan trend
o’tib ketsa, o’tgan minimumgacha chiziq chizish kerak. Bu chiziq
Piramidaning teppa qismi sanaladi. Eng yuqori maksimumdan
minimumgacha chizgan chizig’imizni xuddi shu holatda lekin qarama
qarshi jarayonda chizamiz. Piramidaning boshidan chap tomondagi
chiziqning tendensiyaga hosil bo’lgan maksimumlardan gorizontal
chiziqlar chizamiz. Chap tomondagi gorizontal chiziq Piramidaning
zinapoyalari ya’ni o’ng tomondagi qarama qarshi tendensiya borish
kerakligini bildiradi. Bu yerda ham buy ham sell yo’nalishida ishlashimiz
mumkin. Lekin xavfsizroq jarayon buy sanaladi. Chunki buqa
tendensiyasiga qarshi savdoda sell pozitsiyasida ishlash xavfli sanaladi.
Agarda katta hajmdagi Ayiq yo’nalishi borgan taqdirda, qarama qarshi
tendesiya boshlansa unda biz 6 tadan 10 tagacha zinapoya tayyorlashimiz
kerak chunki qarama qarshi tendensiya har xil yo’nalishda bo’lishi
mumkin. Uzoq jarayon, o’rta va kichik jarayon qarama qarshi tendensiya
borishi mumkin. Shuning uchun uzoq yo’nalishdagi qarama qarshi
tendensiyada faqatgina maksimumlar va minimumlarning o’rnini bilib
ehtiyotkorona savdolashishimiz kerak. Shuning uchun ham qarama qarshi
68
tendensiya tugaganidan so’ng piramidani chizish anchagina xavfsizroq
sanaladi.
Rasm- 10.9.9
Minimumdan maksimumda tutashtirishda trend chizig’ini birinchi
navbatda minimum o’tgan 2 ta minimumdan keyingi minimumlar o’tsagina
biz Piramida chizishimiz mumkin. Rasm- 10.9.8 Piramidaning teppa
qismidan, 2 ta zinapoya bu chap tomondagi 2 ta minimum sanaladi. Trend
manashu 2 ta zinapoyadan o’tsa keyin biz Piramida shaklini chizishimiz
mumkin.
Rasm- 10.9.9.1
Oddiygina Piramida shakli bilan keyingi narx jarayonini qayerdan
qarama qarshi tendensiya va qayerdan o’z davomiylikni davom ettirishi
mumkinligini Rasm- 10.9.9 ko’rsatib beradi. Ko’rib turganingizdek katta
hajmdagi Buqa yo’nalishi va qarama qarshi tendensiya uzoq davom etgan
chap tomondagi maksimumlar o’ng tomondagi qarama qarshi tendensiyani
69
ko’rsatib beryapti. Albatta Rasm- 10.9.9 ko’rsatilgan piramida 4 soatlik
grafik edi. Agarda kunlik graffigni xuddi shunday qilik piramida chizsak
qayerdan qarama qarshi tendensiya va qayerdan tren davomiyligini davom
ettirishini va har bir zinapoyadan o’tgandan so’ng qaytib orqasidagi
zinapoyaga qaytmaydi, qaytsa ham ko’pi bilan bitta zina poyaga qaytadi
xolos va tendensiya o’z davomiyligini davom ettiradi.
Rasm- 10.9.9.2
Men hozirgi real narxda chizib va keyingi tendensiya qayergacha
borish mumkinligini chizdim. Haqiqatdan ham birinchi zinapoyadan
qarama qarshi tendensiya bordi. Endi ikkinchi va uchunchi zinapoyalarni
kutish qoldi xolos.
Yuqorida ko’rsatilgan har bir modellar o’ziga yarasha afzalliklari va
kamchiligi bilan ustundir. Qaysi bir analizni olmaylik uning kamchiliklari
mavjud. Lekin bir kamchilik ikkinchi bir analiz to’ldiradi, boshqa bir
texnikani kamchiligini. Shuning uchun ham har tomonlama, texnik analiz,
fundamental analiz, matematik boshqaruv va psixologik analizlar ( ya’ni
qaror qa’bul qilish zararga ketgan taqdirda yanada obdon texnik analizlarni
qo’llash va kuta bilish). Har bir treyder o’ziga yaqin strategiya tanlaydi.
Treyder o’zida bir nechta indikatorlar va texnik analizlarning
maqullanganini olib shunga qarab ishlaydi. Ba’zilar esa umuman hech
narsa qo’ymay shunday oddiy grafikka qarab model orqali ishlaydi agarda
bozorda ayiq yo’nalishi bo’lsa faqat sell Buqa yo’nalishi bo’lsa faqat buy
pozitsiya ochadi u hech qanday indikator yoki klassik analizlarni
ishlatmaydi. Ba’zilar esa faqat bittagina indikator bilan ishlashadi. Qaysi
savdo strategiya inson ongida yaqin qulay bo’lsa manashu strategiyani
ishlatishadi. Yuqorida men ko’rsatgan klassik texnik analizlar va
Indikatrolar orqali qilinadigan analizlar orqali bir nechta strategiyalar
70
tayyorlash mumkin. Kitobda ko’rsatilgan hamma analizlar indikatorlar
beradigan signallarni ishlatish zarur deb hisoblamayman. Chunki har bitta
texnika orqali indikatorlar ko’pligidan texnik klassik analizlarning
ko’pligidan inson qaysi yo’nalishga borishi ehtimolligiga adashadi chunki
har biriga ham muammo chiqishi mumkin, ya’ni indikatorlar, klassik
analizlarning kamchiligi bilan har xil yo’nalishda inson katta darajada
adashishi mumkin. Shuning uchun ham birinchi navbatda har bir
indikatorlarni qanday signal berishi yoki indikator biz bozorda savdoda
kirishda va chiqishda qanday signal beriyapti uning qayerda adashishi
mumkinligini birma bir ko’rib chiqish kerak. Xuddi shunday klassik texnik
analizlarni ham afzalliklari va kamchiligini obdon o’rganib chiqish kerak
tarixda bo’lib o’tgan narxlarda birma bir klassik analizlarni chizib chiqish
va o’rganish lozim. Shundagina treyderga bir savol tug’iladi.
-
Men qaysi indikatorni tanlayman
-
Men qay vaqtda kira olaman
-
Men klassik analizlardan qaysi analizni ishlataman
-
Men Savdoda qatnashish uchun qancha summani ishlatib qancha summani
marjada saqlayman va mening savdoyin jarayonida zaraga borsam unda
men yana qancha savdoda qo’shishim mumkin zararni qoplash uchun
-
Men har vaqtda ham kira olmayman chunki texnik klassik analiz
indikatorlarning signallari va fundamental iqtisodiy yangiliklar menda
100% to’liq savdoda qatnashishda maqullanmayapti shuning uchun men
kutishim kerak
-
Savdo jarayonida Internet, tok, kompyuter ishlamay qolish xafi.
Mana shu savollarga treyder o’zida javob bera olishi kerak. Shu savollarga
javob bera olsagina savdoda ham shu savollarni ishlatishi kerak. Aslida men
bu savollarga javob bera olaman va manashuni grafigda ishlata olaman
deydiganlar ham bor. Lekin savdo jarayoniga kelsak turli xil insonda savollar
yanada qiynaydi.
-
Trend pasga ketyapti men esa teppaga buy pozitsiyasi ochdim. Lekin
klassik texnik analizlar pasga ko’rsatyapti indikatorlar esa teppaga
ko’rsatyapti.
-
Bugun yangilik chiqishi kerak analitiklar yaxshi tarafda aytishyapti demak
yangilik ham yaxshi tomonga o’zgarishi 80% agarda mayli zararda tursam
yangilik teppaga trendni ko’tarsa hammasi yaxshi bo’lib ketadi.
-
Trend axir 400 punkt tushib ketdi balkim endi qarama qarshi trend borar
axir qayerdandir trendning yo’nalishi o’zgarishi mumkinku .
-
Indikatorlar hammasi juda ham pasga tushib ketgan mana endi ko’tarilishi
kerak axir indikatrolar buy signalni beryaptiku
71
Mana shunday savollar bizni savdoda qatnashishda ko’p zararga qolib
ketishimizga sabab bo’ladi. Chunki zararda yopish hech kim ham xoxlamaydi.
Lekin bundan ham yomon bo’lishi mumkinku degan fikr ham bor. Shuning
uchun ham ehtimollik yoki borishi mumkinlik bu xavfli jarayon sanaladi. Biz
ehtimollik bilan emas balkim faktlar asosida ishlash zarurligini esimizdan
chiqarmasligimiz kerak. Biz kirgan joyda modelllar yoki indikatorlar
boshqacha signal berishni boshladimi manashundan qanday chiqish yo’llarini
izlashimiz kerak. Balkim qaytar juda uzoq ketdiku, balkim qarama qarshi
tendensiya uzoq jarayonga borib keyinchalik qaytar va tendesiya o’z
jarayonini davom ettirar kabi savollarni esimizdan chiqarishimiz kerak.
Klassik analizmizda trend kanallarni buzdimi ehtiyot bo’lishimiz kerak.
Modelni o’zgartirdimi demak biz qarama qarshi pozitsiya ochishimiz kerak,
yoki xuddi shunday lotda qarama qarshi ochib qayerdan tendesiya yo’nalishini
o’zgartiradi mana shu yerdan foydani yopib zarani qo’yishimiz kerak. Shu
paytda foyda bilan zarar bir xilda boradi tendensiya o’zgardimi biz foydani
yopib zarani ushlashimiz kerak tendensiya keyin qaytganidan so’ng zararni
kamaytiradi va biz ozgina bo’lsada zararga ham yopsak biz foydaga chiqamiz
chunki biz foydani ko’proq yopgan edik zaradan ko’ra. Bu ham bo’lsa bitta
matematik hisobimizni boshqaruv analizi sanaladi. Ko’zimiz bilan ko’rdik
tendensiya yo’nalishi o’zgardi biz shunga ishonishimiz kerak. Trend boryapti
endi esa qaytishi kerak dedikmi demak tendensiya yanada davom ettirishi ham
mumkin, yoki ozgina qarama qarshi tendensiya borib va qaytib tendensiya o’z
davomiyligini davom ettirishi mumkin. Shuning uchun ham ehtimollik
jarayoni juda xavfli sanaladi. Qarama qarshi tendensiya ham ehtimollikka
o’ynaydi. Chunki qarama qarshi tendensiyada savdolashish bu 50 ga 50
sanaladi. Chunki qarama qarshi tendensiya har xil yo’nalishda borishi
mumkin.
-
Qarama qarshi tendensiya chuqur borishi mumkin
-
Qarama qarshi tendensiya o’rtacha borishi mumkin
-
Qarama qarshi tendensiya kichik borishi mumkin
-
Qarama qarshi tendensiya nomalum holatda 5-6 soat trend to’xtab va
qaytib o’z davomiyligini davom ettirishi mumkin. Bunday hollatda qarama
qarshi tendensiya ko’rinmas holatda bo’ladi.
Shuning uchun ham qarama qarshi tendensiyada savdolashishni va
ehtimollik kuchli bo’lgan jarayonda savododa kirish juda ham xavfli sanaladi.
O’tib ketgan bo’lsa ham afsuslamaslik kerak. Trend bordimi demak u yana
shunday borishi ham mumkin va ikkinchi marta adashmay kirishim kerak
degan javob berishimiz kerak. Shunday treyderlar mavjud ular faqat zarar
ko’rishadi lekin ularning ongida men to’xtamasligim kerak aksincha yanada
72
kurashishim kerak. Lekin ular qanday savdo qilishgan edilar shundayligicha
yana davom ettiradilar va yana zararga tushadilar. Yana ularda savol tug’iladi
men aybdor edim men yopmadim mana shu yerda agarda yopar edim ozgina
zarar bilan qutilib chiqar edim. Endi esa bu safar men bunday qilmayman
deyishadiyu lekin savdo strategiyasini o’zgartirishmaydi. Bunday holatda har
xil vaziyatda zararga bo’lish mumkin. Ba’zan treyderlar bir bo’lib savdo
strategiyasini aytib berishadi. Qanday yaxshi ha tarixda bo’lib o’tgan narxdan
strategiya yasab uni afzalligi va kamchiligini aytib berish. Aytishadiki mana
bu savdo strategiya mana ishlab o’tiribti nega shunday savdo qilmaysizlar
deb. Lekin o’zlari esa bundan foyda olishmaydi. Ular faqat tarixdagi chiroyli
turgan narxda strategiyani tshuntirib berishadi. Kelajakdagi narx esa bu
strategiyani bosib ketadida keyin afsus men bunday bo’lishini bilmagan edim
deb qo’yishadi. Shuning uchun ham avval shu strategiyaga real narxda
savdolashish kerak u savdo strategiyasi foyda keltirdimi 3 oylab keyinchalik
uni ta’rixdan tshuntirib berish savdoda qatnashganligi bilan isbotlab berish
mana bu haqqoniy strategiya sanaladi. Qadirli treyderlar keyingi qismlarda
men sizga savdoda qatnishib strategiyalarni ko’rsatmayman men shunchaki
ta’rixdan ko’rsataman. Lekin siz aziz treyder boshqa bir treyder bilan
suhbatlashganda yoki bir savdo strategiyani muhokama qilishda kelsangiz real
narxda qancha foyda olganligi va qancha vaqt bu savdo strategiyasi
ishlaganligini bilsangizgina keyin bunda ishlash mumkin. Aziz o’quvchi
treyder keling men sizga savdo strategiyalarni qanday yaratishni birma bir
ko’rsatib bersam. Men ko’rsatgan strategiya orqali siz o’zingizga kitobdagi
indikatorlar va klassik analizlar orqali boshqa turdagi savdo strategiyalarni
tuzishingiz mumkin. Men ko’rsatgan savdo strategiya esa sizga strategiyalarni
qanday tuzish kerakligini ko’rsatib beradi. Kelajakda esa siz aziz o’quvchi
internetda o’zingiz indikatorlarni qidirib topib va shu orqali savdo
strategiyalarni tuzishingiz mumkin. Bunday hollatda har bir tuzgan savdo
strategiyamiz vaqt vaqti bilan yangilanaveradi va savdoda yangi qarashlar va
yangi uslubda savdolashish va strategiyalar tuzish kabi fikrlar, g’oyalar
tug’ilaveradi.
Dostları ilə paylaş: |