Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 755
w www.oriens.uz November 2021 suratlar moda olamidagi kishilar e’tiborini tortadi, Le Figaro Illustre jurnali Kristian
muallifligida chizilgan liboslar va shlyapalarni chop eta boshlaydi. Ish qidrishni
chetga surib eskizlar ketidan kun ko’rgan dizayner 1937-yilda daromadi
yaxshiligidan shaxsiy turar-joy sotib oladi.Ikkinchi Jahon urushi boshlanishi bilan
Kristian frontga chaqirildi va u yerda bir yil xizmat qilib, sog’lig’i sababli
demobilizatsiya qilindi. Qaytib, Dior Parijdagi moda uylaridan birida dizayner bo’lib
ishga kirdi. Shu bilan birga, uning o’ziga xos uslubi shakllana boshladi. Urush,
qiyinchiliklar, harbiy uslubdagi siluetlar va uniseksli kiyimlarga qaramay, Dior
ayollik jozibasini to’liq namoyon qiladigan bekamu-ko’st liboslar, yubkalar, eng
nozik ranglar bilan hashamatli liboslar yaratdi.
1-rasm. Diorning ijod jarayonlaridan namunalar.
1946-yil 16-dekabrda Dior Parijning Montel ko’chasida mo’jazgina modalar
uyiga asos solgan.Dior Parijda 1947-yilning fevral oyida moda ixlosmandlariga
New Look deb nomlangan kolleksiyani ya’ni To’qsonta modeldan tashkil topgan
innovatsion to’plamini birinchi marta taqdim etgan. Dior uni "Corolla a gul" deb
atadi.
3-rasm. 1959-yil Diorning modalar ko’rgazmasi uchun tayyorlangan taklifnoma.