Kiyimdagi "new look" uslubi, kelib chiqish tarixi va


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 106,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix07.01.2024
ölçüsü106,47 Kb.
#201207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kiyimdagi-new-look-uslubi-kelib-chiqish-tarixi-va-zamonaviy-moda-yo-nalishida-aks-etishi-tahlili

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 10 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
754 
w
www.oriens.uz
November 
2021
 
nafaqat dizayn olamidagi balki inson hayotidagi o’rni, uning inson ongiga ta’siri 
nechog’lik ahamiyatli ekanligini tahlil qilindi. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Maqolani yoritish jarayonida libos dizayn kafedrasi professor, F.Z. Ataxanova
A.S.Saidiganieva, 
S.A.Karimova, 
G.E. 
Umarov, 
N.A.Abduqodirovalarning 
“O’zbekistonda badiiy dizayn ta’limi: kelib chiqishi, xususiyatlari, muammolari” 
nomli maqolasida keltirilgan malumotlarga, S.A. Yunusxo’jaevaning “Yosh rassomga 
ta’lim berishda samarali usullardan foydalanish iqtidorli yoshlarning yetuk mutaxassis 
bo’lib yetishishining garovidir” nomli maqolasidagi ayrim fikrlar, Yusupova Shohista 
Maqsud qizi va Xodjayeva Umida Muratovnalarning “Libos dizayni ta’limida 
ekologik – innovatsion matolarning ahamiyati va zamonaviy moda – kostyum dizayn 
sanoatiga tadbiq etishning istiqbollari” nomli maqolsidagi oldinga surilgan aniq 
ma’lumotlar mazkur maqola maszmunini to’ldirishda asos bo’lib xizmat qildi. 
 MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Bugungi kunda bizning zamonamizda har xil turdagi qulay uniseks kiyimlar 
urfda, lekin ayollarning jozibasini ochib beradigan, haqiqiy ayollikning go’zalligini 
ko’rsatib beradigan uslub bu "New look" ya’ni "Yangi ko’rinish" uslubi ekanligidan 
kelib chiqib, ushbu maqolamni aynan shu uslubning tarixiga qaratmoqchiman.Yangi 
moda standartini joriy etilish jarayoni va tasdiqlanishi, ya’ni moda sikllarining 
almashishi, “moda innovatsiyasi” hisoblanadi. Bizning kiyimlarimiz qanchalik 
barqaror holatdaligi aslida, ularning aksariyati ular nimadan tayyorlanganiga 
bog`liqligidadir [2].
Uslubning asoschisi Dior haqida ozgina to’xtalib o’tamiz."New look" so’zma -
so’z "Yangi ko’rinish, yangi tasvir, " deb tarjima qilinadi. Biz bu uslubni taniqli 
modelyer Kristian Dior bilan birga tilga olamiz. Dunyo modasini abadiy o’zgartirgan 
Kristian Dior 1905-yil21-yanvar, U Fransiyaning Granvil shahrida tug’ilgan. 
Ularning oilasi keyinchalik Parijga ko’chib o’tgan. Ota-onasi uni diplomat bo’lishini 
hoxlardilar, lekin yigitni Parij san’ati ko’proq qiziqtirar edi. U musiqa va rasmga 
mehr qo’ygan, uni o’rgangan va tez orada san’at galereyasini ochgan.1930-yil Dior 
uchun og’ir yillarning boshlanishi bo’lgan. Akasidagi ruhiy kasallik, 
onasining saraton tufayli vafoti, otasining iqtisodiy inqirozga uchrashi uni 
depressiyaga tushishi, bularning barchasi galereyani yopishiga sabab bo’lgan. 
Vaqtincha ish qidirib sarson bo’lgan Kristian o’zini turli sohalarga urib ko’radi. Turli 
qoqilishlar, omadsizliklarga qaramay, u o’z yo’lini yana ijod orqali topadi. Avvaliga 
taniqli jurnallardagi eskizlardan nusxa ko’chirib suratlar chizadi. Bora-bora u chizgan 



Yüklə 106,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin