Kiyimdagi "new look" uslubi, kelib chiqish tarixi va



Yüklə 106,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix07.01.2024
ölçüsü106,47 Kb.
#201207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kiyimdagi-new-look-uslubi-kelib-chiqish-tarixi-va-zamonaviy-moda-yo-nalishida-aks-etishi-tahlili

w
www.oriens.uz
November 
2021
 
Podiumda aftunkor, nozik qaddi-qomatli modellar 
etak qismi keng, bel qismi esa kamar, belbog’ va 
tasmalar bilan noziklikni aks ettirgan nafis liboslar 
to’plamini namoyish etgan. Bunday siluet moda 
olamida revolyutsiya bo’lishiga sabab bo’ldi. 
Kolleksiyada Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy 
yoki mehnat liboslarida yashiringan ayollarning 
nozikligi va jozibasiga urg’u berilgandi. Trapetsiya 
shaklidagi pastki qismi oqshom libosidek keng, bel 
qismi ingichka qilib bichilgan liboslarni kiygan 
ayol o’zini alohida bilib quvonsa, bejirim libosdagi 
go’zal sarvqomat atrofidagilar ko’zini ikki karra 
ko’proq quvontirgan. Urushning dahshatidan 
go’zallik nimaligini unutib qo’ygan insonlar 
“Orzular dizayneri” ning ishlaridan estetik zavq olgan. Ushbu to’plamda 
tomoshabinlarga belni ta’kidlaydigan korset va belbog’li bekamu-ko’st liboslar 
taqdim etildi. Podiumga chiqqan barcha modellar ko’ylaklar va kostyumlar 
kiyishgan, nozikbeli esa mahkam bog’langan edi. Qattiq ramkali yaltiroq yubkalar 
teskari o’ralgan gulli idishga o’xshardi. Dior ularni mutlaq uyg’unlik va go’zallik 
ramzi deb bildi. Chiroyli uslub fransuz dizayneriga misli ko’rilmagan muvaffaqiyat 
keltirdi. Amerikaning "Harper’s Bazaar" jurnali birinchi marta Christian Dior 
uslubida mustahkam o’rnashgan"New look" nomini yangratdi. Shu yilda "Harper’s 
Bazaar" jurnali bosh muharriri Karmel Snou o’z hayratini bildirib, o’z fikrini taqdim 
etdi: "Bu haqiqiy inqilob, aziz nasroniy, sizning liboslaringiz yangi yo’nalishni 
anglatadi,"deya Diorga yuzlandi. 1947- yil, qanday og’ir yillar, yaqinda urush tugadi, 
bu butun insoniyat uchun qayg’u va yo’qotishlarni keltirib chiqardi. Kambag’al va 
eskirgan kiyimlardan keyin ayollar yana haqiqiy ayol bo’lishni orzu qilishdi. Shu 
paytda bellari nozik, egri chiziqlari va dabdabali keng yubkalari bo’lgan Dior 
to’plami katta burilish bo’ldi. Bu esa ko’p ayollarning orzulariga to’g’ri keldi. 
Deyarli har bir ayol o’zini oxirgi marta qachon shunday kiyinganini eslay olmasdi. 
Har bir ayol eskirgan, harbiy ruh ufurib turgan liboslarni, eng nazokatli kiyimlarga 
o’zgartirib, hayotda baxtni his qilishni xohlardi. Harper’s Bazaar amerikalik nashri 
bosh muharriri Karmel Snou bu to’plam va boshlangan uslubni "Yangi ko’rinish" deb 
nomlagach Diorga qarata: “Siz to’ntarish qildingiz! Sizning ko’ylaklaringiz haqiqiy 
ko’rinishga ega!” deya ta’kidladi. Ko’rinishidanto’plamdagi liboslar o’tgan asrlardan 
kelib chiqqan bo’lib, faqat davr talablariga muvofiq ozgina o’zgargan edi. Go’yo 



Yüklə 106,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin