Klassik maktab vakillarining iqtisodiy qarashlari



Yüklə 5,29 Mb.
səhifə5/12
tarix04.10.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#152341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-slayd ITT

F.Kenening tabiiy tartib to’g’risidagi iqtisodiy kontseptsiyaning huquqiy asosi - xususiy mulkni, shaxsiy manfaatlarni muhofaza qiluvchi va takror ishlab chiqarishni va moddiy boyliklarni to’g’ri taqsimlashni ta’minlovchi davlatning moddiy va ma’naviy qonunlari hisoblanadi. Uning mohiyati shundaki, bir odamning shaxsiy manfaati boshqalarning umumiy manfaatidan ajralgan bo’lishi mumkin emas. Bu esa erkinlik hukmronlik qilgan sharoitda bo’ladi. Ana shunda dunyo o’z-o’zidan harakatlanadi. Shu bilan birga, F.Kene ogohlantirib aytishicha, «Yuqori hokimiyat» oqsuyaklardan yoki yirik er egalari vakillaridan tashkil topishi mumkin emas; ular birga qo’shilib qonunning o’zidan ancha kuchli hokimiyat tashkil etishi, millatni qul qilishi, adolatsizlikni keltirib chiqarishi, yirtqichlarcha zulm o’tkazishi va o’ta ketgan

beboshlikni keltirib chiqarishi mumkin. U,

yuqori davlat hokimiyati davlat boshqaruvini

amalga oshirish uchun zarur bo’lgan –

tabiiy tartib – qonunlarini yaxshi biladigan,

o’qimishli bir shaxs qo’lida bo’lishini maqsadga

muvofiq deb hisoblagan.

F.Kenening nazariy merosida uning sof mahsulot (hozir uni milliy daromad deb atashadi) to’g’risidagi ta’limoti muhim o’rin egallaydi. Uning fikriga ko’ra, sof mahsulotning manbai yer va unga sarflangan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida band bo’lgan kishilarning mehnati hisoblanadi. Demak, boylikning (sof mahsulot) ko’payishi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan bog’liq bo’lgan «yer in’omidir». Shu bois, davlat sanoatni emas, balki qishloq xo’jaligini rag’batlantirish to’g’risida g’amxo’rlik qilishi kerak. F.Kene: «Dehqonlar kambag’al bo’lsa, qirollik kambag’al bo’ladi, qirollik kambag’al bo’lsa qirol kambag’al bo’ladi», deb hukumatni ishontirishga harakat qilgan. Savdo va sanoat boylik yaratmaydi, negaki savdogar va hunarmandlar qishloq xo’jaligida yaratilgan boylikni faqat bir joydan ikkinchi bir joyga etkazish va o’zgartirish bilan shug’ullanadi. Shuning uchun savdo va sanoat «unumsiz» hisoblanadi.


Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin