Leykotsitlar morfologiyasi va vazifalari
Leykotsitlar turli tashqi ta'sirlarga va organizmning ichki
o‘zgarishlariga tez reaksiya qiluvchi qon elementlari xisoblanadi.
Shuning uchun leykotsitar formulaning siljishi katta diagnostik
ahamiyatga ega.
Neytrofillar (neutrophilus)
Neytrofillar
- to‘q yadroli yirik xujayralar (diametrom 10-15
mkm). Romanovskomu - Gimza usulida bo‘yalganda mayda pushti-
siyoxrang donalar bilan to‘lgan, och pushti rangli sitoplazmaga ega.
23
Segment yadroli neytrofillar bir-biri bilan ingichka iplar orqali
bog‘langan, 2-5 segmentli yadroga ega.
Neytrofil leykotsitlaming yosh shakllari - tayoqcha yadroli
neytrofillar - aloxida bo‘laklarga bo‘linmagan, tayoqcha yoki taqasimon
yadroga ega.
Donalar (tuzilishi va kimyoviy tarkibiga ko‘ra) bo‘linadi:
1.
Azurofil
yoki birlamchi - xujayralar yetilgan sayin ularning soni
kamayadi, yetilgan neytrofillarda umumiy donalaming 10-20 % ini
tashkil etadi. Birlamchi lizosomalaming ko‘rinishidan biri bo‘lib,
lizosomalar uchun tipik bo‘lgan gidrolitik fermentlar - nordon fosfataza,
P-glyukuronidaza,
nordon
p-gl itserofosfatdegidrogenaza,
nordon
proteaza, arilsulfataza tutadi. Bundan tashqari, birlamchi bakteritsid
ta'sirga ega bo‘lgan, mieloperoksidaza va muromidaza (lizotsim) tutadi.
2.
Spetsifik neytrofillar
yoki
ikkilamchi
- xujayra yetilgan sayin,
ularning soni xam ortib boradi va yetilgan neytrofillarda oval yoki
gantelsimon shaklga ega bo‘ladi. Ularda lizosomal fermentlar va
peroksidaza yo‘q, lekin ishqoriy fosfataza asosiy kation oqsillari,
fagotsitinlar, laktoferrin, lizotsim, aminopeptidazalar mavjud.
Shunday qilib spetsefik neytrofil granulalar markerlari bo‘lib,
ishqoriy fosfataza va kation oqsillari, azurofil granulalarda nordon
fosfataza va mieloperoksidaza xizmat qilishi mumkin.
Neytrofil granulotsitlar yashash davri o ‘rtacha 14 kun, ulardan 5-6
kunida ular yetiladi va suyak ko‘migi sinuslarida ushlanib qoladi, 30
minutdan 2 kungacha periferik qonda bo‘ladi, 6-7 kun to‘qimalarda
saqlanadi va yana qonga qaytadi.
Neytrofillaming eng asosiy vazifasi organizmni infeksiyalardan
ximoya qilish xisoblanadi. Bu jarayon fagotsitoz, bakteritsid ta'sirga ega
fermentlar ishlab chiqarish va xemotaksis (xujayralararo bazal
membranalardan o‘tish xususiyati va biriktiruvchi to‘qimani asosiy
moddasi bo‘ylab, mikroorganizmlarga va yaliig‘lanish o‘chog‘iga yetib
borish) dan iborat.
Neytrofillaming
biologik
ahamiyati,
ularning
yallig‘lanish
o ‘chog‘iga katta miqdorda turli proteolitik fermentlar olib borishi va
nekrotik to‘qimalar so‘rilish jarayonlarida faol
ishtirok etishi
xisoblanadi.
24
Neytrofillar qonga bakterial va antitoksik xususiyatli moddalar,
hamda, lixoradka chaqiruvchi, yallig‘lanish jarayonini qo‘llovchi
pirogen moddalar ajratishi mumkin.
Neytrofil granulotsitlarda tromboplastin faollikka ega moddalar
topilgan, ular tarkibidagi katepsin va tripsin esa fibrinoliz jarayonlarida
ishtirok etadi.
Normada: yoshlari - umumiy granulalaming 90 %ini tashkil etadi.
Yumaloq
tayoqchalarga
ega.
Neytrofillar
leykotsitlarning
eng
o‘zgaruvchan
guruxi
xisoblanadi.
Neytrofillar
sonining
ortishi
(neytrofilez), leykotsitlar umumiy miqdori ortganda kuzatiladi:
• o‘tkir yoki surunkali leykoz;
• o‘tkir yallig‘lanish jarayonlari;
tayoqcha yadroli - 1-6 % (0,040-0,300 x l0 9/l)
segment yadroli - 47-72 % (2,0-5,5 x 109/1)
• intoksikatsiyalar;
• shok;
• qon ketishlar;
• miokard infarkti;
• gemolitik krizlar.
Bunday xollarda tayoqcha yadroli neytrofillar ortishi, yetilmagan
granulotsitlar (mielotsitlar, metamielotsitlar) aniqlanishi mumkin
(leykotsitar formulaning chapga siljishi).
Regenerator, degenerator va leykemoid
neytrofillarning chapga
siljish turlari farqlanadi.
Birinchi xolatda yuqoridagi o‘zgarishlar - tayoqcha yadroli
neytrofillar ortishi, leykotsitoz fonida yosh shakl (metamielotsitov) larini
paydo bo‘lishi kuzatiladi.
Degenerator
siljishda leykotsitoz kuzatilmaydi, neytrofilida
degenerativ o‘zgarish bilan tayoqcha yadroli neytrofillar ortishi
aniqlanadi (sitoplazma vakuolizatsiyasi, yadro piktozi va x.k).
Regenerator
siljish organizmning ximoya reaksiyasi faol ekanligidan
dalolat beradi, degenerator esa - bu xususiyat yo‘qligidan. Regenerator
siljish, yallig‘lanish jarayoni yoki nekroz o‘chog‘i bor bo‘lsa, ko‘proq
uchrashi aniqlangan.
Leykotsitoz bilan, promielotsitlar va xattoki mieloblastlargacha
keskin siljish
leykemoid
reaksiya deyiladi. Odatda, organizm umumiy
25
qarshiligi yuqori bo‘lgan xolatda, og‘ir infeksion jarayon kuzatilsa
(sepsis, peritonit, tuberkulez), xamda suyak ko'migiga metastaz bergan
xavfli o‘smalarda aniqlanadi.
Leykogramma o ‘ngga siljiganda 5-8 segmentli yetilgan shakllar
ustunlik qiladi. 20 % sog‘lom odamlarda xam o‘ngga siljish uchrab
turadi. Infeksion kasalliklarda o‘ngga siljish kasallikning yaxshi sifatli
kechayotganidan dalolat beradi. Gipersegmentatsiya va tayoqcha yadroli
neytrofillaming kamayishi pernitsioz anemiyada xam kuzatilishi
mumkin.
Emotsional zo‘riqishlarda, ovqat iste'mol qilgandan so‘ng,
gormonlar
yuborilganda
(katexolaminov,
glyukokortikosteroidlar
va,boshqalar.) qayta taqsimlanish leykotsitozi kuzatiladi, chunki
neytrofillar devor oldi (marginal) pulpadan, markazga yo'naladi.
Neytropeniya -
neytrofillar sonining 1,8 x 109/1 dan kamayishi.
Neytropeniyaning qay darajada namoyon boiishi irqqa bog‘liq bo‘lishi
mumkin: oq tanlilarda neytrofillaming 1,8 x 109/1 dan kamayishi, qora
tanlilarda esa 1,4 x 109/1 dan kamayishi neytropeniya deyiladi.
Neytrofillar sonining kamayishi -
absolyut neytropeniya
-
kuzatiladi:
• suyak ko‘migi funksiyasini kamaytiruvchi bir qator mikrob
(qorin tifi, malyariya, tuberkulez, brutsellez, salmonellez, leyshmanioz
qo‘zg‘atuvchisi va x.k.) va virus toksinlari (gepatit, qizamiq, gripp,
qizilcha, suvchechak, OIT) ta'sirida;
• suyak
ko‘migi
funksiyasini
kamaytiruvchi
ionizirlovchi
radiatsiya ta'sirida;
• suyak ko‘migi funksiyasini kamaytiruvchi qator dori vositalari
ta'sirida (sulfanilamidlar, analgetiklar, talvasaga qarshi, antitireoidlar,
sitostatiklar
• revmatoid artrit, sistemali qizil yugurikda;
• aplastik va VI 2-tanqislik anemiyalar, agranulotsitozda;
• gipersplenizmda;
• nasliy shakllarida (Kostman sindromi, siklik neytropeniya ).
Alkogolizm, diabet, og‘ir shok xolati ham neytropeniya
rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |