Кўллари ва сув омборлари


XULOSA…………………..……………………………………………………..27



Yüklə 107,68 Kb.
səhifə2/10
tarix19.12.2023
ölçüsü107,68 Kb.
#185673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ammoniy nitratni olinishi va xossalari

XULOSA…………………..……………………………………………………..27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………….…………………………….28

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Oxirgi o’n yil ichida kimyoviy texnologiya,oziq-ovqat va boshqa sanoatlarda keskin o’zgarishlar ro’y berib, yangi texnologiyalar amalda qo’llanilib rivojlana boshlandi. Bunday o’zgarishlar jarayon va qurilmalar fanini yanada yuqori darajaga ko’tarilishiga sabab bo’ldi.
Ushbu fanning bunday yuqori saviyaga ko’tarilishiga hisoblash texnikasining gurkirab rivojlanishi ham o’z hissasini qo’shdi, chunki u jarayon va qurilmalarni o’rganish, modellashtirish va hisoblash ishlarini misli ko’rilmagan imkoniyatlarni yaratdi.
Har bir jarayonni o’rganishda uning statistikasi va kinetikasiga, ya’ni o’rganilayotgan sistemaning muvozanat nisbatlari va jarayon mexanizmiga alohida e’tibor berish zarur.
Ma’lumki kimyo,oziq-ovqat va boshqa sanoatlarda bug’latish jarayonlari va ularni amalga oshiruvchi qurilmalar keng miqyosda qo’llaniladi.
Masalan, tuz, ishqor kabi moddalarning suvli eritmalarini, mineral va organik kislotalar, ko‘p atomli spirtlar, shakar va konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasida tomat, sut va sharbatlarni konsentrlashda bu jarayonsiz texnologiyani tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Shu bilan birga, ushbu jarayonni toza erituvchi ishlab chiqarish uchun ham qo‘llasa bo‘ladi. Qattiq, uchuvchan bo’lmagan yoki uchuvchanligi yomon bo’lgan moddalar eritmalarini qaynatish davrida erituvchisini va hosil bo’lgan bug’larni chiqarib yuborish jarayoniga bug’latish deyiladi. Odatda, sanoat miqyosida bug’latish jarayoni eritmalarni qaynatish yo’li amalga oshiriladi. Eritmalarni bug’latishdan maqsad ularning konstentrastiyasini orttirish bo’lib, ya’ni eritmalarni quyuqlashtirishdir. Agarda, quyuqlashtirilgan eritmalardan yana erituvchi chiqarilsa, qattiq moddalar kristallana boshlaydi va kristallar ajralib chiqadi.
Suyultirilgan eritmalar konsentratsiyasini oshirish yoki ulardan erigan moddalarni kristallash usulida ajratib olish uchun bug’latish jarayoni qo’llaniladi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, agar bug’lanish jarayoni qaynash temperaturasidan past, istalgan temperaturada eritma yuzasida sodir bo’lsa, bug’latish esa - qaynash temperaturasidan yuqori temperaturada, eritmaning butun hajmida yuz beradi. Ushbu jarayonlar bug’latish qurilmasi deb nomlanadigan qurilmalarda amalga oshiriladi. Ma’lumki, uzluksiz va uzlukli bug’latish jarayonlarini tashkil etish mumkin. Uzlukli ishlaydigan qurilmalar, odatda kam miqdorda mahsulot ishlab chiqaradigan texnologiyalarda qo’llaniladi.
Yirik sanoat korxonalarida uzluksiz ishlaydigan bug’latish qurilmalaridan foydalaniladi va ularning issiqlik almashinish yuzalari 600...1000 m2 bo`ladi. Bunday qurilmalarning tejamliligini aniqlovchi asosiy omil bo’lib, undagi bug’ va suv sarfi hisoblanadi. Bug’latish vakuum, atmosfera va yuqori bosim ostida olib borilishi mumkin.
Vakuum ostida bug’latish paytida ikkilamchi bug’ni maxsus kondensatorda kondensatsiyalash yo’li bilan qurilmada vakuum hosil qilinadi va nasos yordamida kondensatsiyalanmagan gazlar so’rib olinadi. Bu usulda jarayon olib borilsa, eritmaning qaynash temperaturasini pasaytirishga erishsa bo’ladi. Natijada yuqori temperaturaga o’ta ta’sirchan mahsulotlar sifatini saqlab qolish imkoniyati tug’iladi. Undan tashqari, vakuumni jarayonda qo’llash, harakatga keltiruvchi kuch miqdorini oshiradi va bug’latish qurilmasining issiqlik almashinish yuzasini, hamda metall sarfini kamaytirish imkonini beradi. Vakuum ostida bug’latishning yana bir afzalligi shundaki, past temperatura va bosimli issiqlik eltkichlardan foydalanish mumkin. Bu usulda bug’latilganda, hosil bo’lgan ikkilamchi bug’ni, keyingi korpusda birlamchi bug’ sifatida qo’llash mumkin.
Albatta, bu usulning kamchiliklari ham bor: jarayonda vakuumni qo’llash uning narxini oshiradi; bug’latgichdan tashqari bir nechta qo’shimcha qurilma va moslamalar ishlatish kerak. Atmosfera bosimida bug’latish jarayonida hosil bo’lgan ikkilamchi bug’ atrof muhitga chiqarib yuboriladi. Bunday usul eng sodda deb hisoblansa ham, lekin u iqtisodiy jihatdan eng tejamsizdir. Yuqori bosim ostida bug’latish jarayonida hosil bo’lgan ikkilamchi bug’qaytadan bug’latish jarayonida, hamda boshqa maqsadlar uchun ham ishlatish mumkin. Bu usulda jarayon yuqori bosimda olib borilgani uchun, eritmalarning qaynash temperaturasi ancha ko’tariladi. Boshqa maqsadlar uchun ishlatiladigan ikkilamchi bug’ - ekstra bug’ deb nomlanadi. Yuqori bosim ostida bug’latish jarayonida ajralib chiqqan ikkilamchi bug’ni qaytadan qo’llash, vakuum ostida bug’latishga nisbatan issiqlikdan to’la miqdorda foydalanish imkonini beradi. Shuning uchun, ushbu usul faqat issiqlikka bardosh eritmalarni bug’latish uchun qo’llaniladi. Undan tashqari, yuqori bosim ostida bug’latish jarayoni uchun yuqori temperaturali issiqlik eltkichlarni ishlatish kerak. Bu hol albatta uning eng asosiy kamchiligidir. Atmosfera bosimi, ayrim hollarda vakuum ostida jarayon olib borilganda, bir korpusli bug’latkichlardan foydalaniladi. Lekin, sanoat miqyosida ko’pincha bir necha qurilmadan yig’ilgan ko’p korpusli bug’latish qurilmalarida jarayonni olib borish keng tarqalgan. Bunday qurilmalarda faqat birinchi korpusda birlamchi bug’ishlatiladi. Ikkinchi, uchinchi va keyingi korpuslarda esa, oldingi korpusda ajralib chiqqan ikkilamchi bug’ qo’llanilsa, eltkich tejalishiga sabab bo’ladi va bug’ sarfining kamayishiga olib keladi.
Bir korpusli bug’latish qurilmalarida ham, birlamchi bug’ sarfini kamaytirish mumkin. Buning uchun, qurilmadan chiqayotgan ikkilamchi bug’ issiqlik nasosi yordamida birlamchi bug’ temperaturasiga to’g’ri keladigan bosimgacha siqiladi va qaytadan eritmani bug’latish uchun qurilmaga yo’naltiriladi. Jarayonlarni o’tkazish shartlari va qurilmalarni qo’llash sohasiga qarab, bug’latish qurilmalari turlicha bo’ladi.

Yüklə 107,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin