Кўллари ва сув омборлари


Ammoniy nitratni bug`latish jarayoni



Yüklə 107,68 Kb.
səhifə5/10
tarix19.12.2023
ölçüsü107,68 Kb.
#185673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ammoniy nitratni olinishi va xossalari

1.2. Ammoniy nitratni bug`latish jarayoni
Bug’latish jarayonida eritmalarning konsentratsiyasi ortadi va natijada uning fizik va issiqlik xossalari o’zgaradi. Bug’latish qurilmalarini hisoblash, loyihalash va ekspluatatsiya qilish uchun muhim bo’lgan eritmalarning ba’zi bir xossalarini ko’rib chiqamiz.
Temperatura depressiyasi - Eritma Te va erituvchilar T qaynash temperaturalari o’rtasidagi farqdir, ya’ni t = Te –T temperatura depressiyasi deb nomlanadi. Eritmalar nazariyasidan ma’lumki, bir xil T temperaturada toza erituvchi ustidagi bug’larining bosimi r, eritma ustidagi bug’larning bosimi re dan har doim ko’p bo’ladi. Yoki bir xil bosimda toza erituvchining qaynash temperaturasi eritmaning qaynash temperaturasidan past bo’ladi.
Eritmalarning temperatura depressiyasi erituvchi va erigan moddalar xossalariga bog’liqdir. Bosim va konsentratsiya ortishi bilan temperatura depressiyasi oshadi. Ko’pincha ushbu ko’rsatkich tajribaviy yo’l bilan aniqlanadi.
Ma’lumki, bug’latkichlarda issiqlik yo’qotilishi oqibatida temperaturalarning pasayish hodisasi yuz beradi. Natijada temperaturalar farqi kamayadi va jarayon intensivligi susayadi. Agar, eritmaning atmosfera bosimdagi temperatura depressiyasi atm ma’lum bo’lsa, istalgan boshqa bosimlardagi depressiya Tishenko formulasidagi taxminan hisoblab aniqlanishi mumkin bu yerda T - ma’lum bosimdagi toza erituvchining qaynash temperaturasi, K; r - ma’lum bosimdagi toza erituvchining bug’latish issiqligi, kJ/kg; atm - atmosfera bosimidagi temperatura depressiyasi, oC.
Agar kattaligi bo’yicha tajribaviy ma’lumotlar yo’q bo’lsa, uni bir nechta usul bilan tahminan hisoblab topish mumkin. Biror bosimda eritmaning bitta qaynash temperaturasi ma’lum bo’lsa - Babo, ikkita temperaturasi ma’lum bo’lganda esa - Dyuring yoki Kireyev qoidasiga binoan aniqlash imkoni bor. Babo qoidasiga binoan, biror konsentratsiyali eritma ustidagi bug’ bosimining pasayishi (r1 -r2)/r1 yoki r2/r1 temperaturaga bog’liq emas va o’zgarmas qiymatga tengdir

Yüklə 107,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin