Ko`k yo`tal



Yüklə 46,34 Kb.
səhifə5/5
tarix07.01.2024
ölçüsü46,34 Kb.
#210283
1   2   3   4   5
Ko\'k yo\'tal

PARAKO`KYo`TAL.
Ko`kyo`talga o`xshash, lekin asosan yengil kechuvchi o`tkir yuqumli kasallik bo`lib, Bordetella parapertussis tomonidan chaqiriladi. Kasallik barcha yoshdagi axoli o`rtasida uchrashi mumkin, lekin ko`proq 3-6 yoshda uchraydi. 1 yoshgacha bolalarda kasallik juda kam uchraydi.
Yashirin davri 4-14 kun bo`lib, kasallik biroz ifodalangan kataral belgilar bilan boshlanadi. Bemorning umumiy axvoli o`zgarmaydi, tana xarorati me’yoriy bo`ladi. Kasallikning asosiy belgilari yo`tal bo`lib, u xususiyatiga ko`ra ko`kyo`talsimon va bilinar – bilinmas turlariga ajratiladi.
Ko`kyo`talsimon kechganda qisqa muddatli boshlang`ich davrdan keyin xurujsimon yo`tal paydo bo`ladi. Yo`tal yuzning qizarishi, reprizlar va qusish bilan kechadi. Lekin ko`kyo`taldan farqli ravishda xurujlarning soni kam va ular qisqa muddatli bo`ladi.
Bilinar – bilinmas shaklida yo`tal traxeit yoki traxeobronxitdagi yo`talga o`xshaydi. Bu shaklda tashxis faqat bakteriologik tekshiruv orqali asoslanadi. Kasallikning ushbu shakli 60-70% xollarda uchraydi.
Parako`kyo`talda o`pkadagi o`zgarishlar kam ifodalangan bo`ladi. Ba’zi bemorlarda quruq xirillashlar, rentgenografiyada o`pka ildizining kengayishi, kamroq - peribronxil to`qima tasvirining quyuqlashishi kuzatiladi.
Periferik qonda biroz leykotsitoz va qisqa muddatli limfotsitoz aniqlanadi. Asoratlar juda kam uchraydi. Zotiljam odatda ikkilamchi bakterial yoki respirator virusli infektsiya qo`shilishi tufayli rivojlanadi.
TAShXISOTI. Bakteriologik va serologik tekshiruvlar yordamida aniqlanadi. Serologik tekshiruvlar xam ko`kyo`tal, xam parako`kyo`tal diagnostikumlari yordamida qo`yiladi, chunki bu ikki kasallik orasida kam ifodalangan, lekin bir – biriga ta’sir qiluvchi immunitet rivojlanadi.
DAVOLASh. Simptomatik.
PROFILAKTIKASI. Kasallikni oldini olishda fakat bir yoshgacha bolalar va kasalxonalar bolalar bulimida aniklangan bemorlargina 25 kunga aloxidalanadilar. Bakteriya tashuvchilar esa bakteriologik tekshiruv 2 marta manfiy chikkunga kadar aloxidalanadilar. Maxsus profilaktika kullanilmaydi.
Yüklə 46,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin