Kalit so`zlar: yumor, “yumor
ota
si”, obro`parastlik, shuhratparastlik, dabdababozlik,
paxtakor, mexanizator, tuzum, paxta terimi, rais, anjuman, yig`ilish, kulgi mavzusi, manfaat.
O`zbek adabiyotining mashhur yozuvchilaridan biri, betakror qalam sohibi Said Ahmad
o`zining bir qancha yumorga boy asarlari bilan nasrda o`z o`rniga ega bo`lgan. Xususan, uning
asarlarida jamiyatda yuz berayotgan illatlar kulgi ostiga olib qoralanadi. Misol uchun, u
“Sobiq”, “Qoplon” va “Kelinlar qo`zg`oloni”, “O`rik domla”, “Mening do`stim Babbayev”,
“M
uze
y”, “Bo`ri ovi”, “Xandon pista” asarlari orqali qaysidir ma`noda o`z davrining achc
hiq
haqiqatlarini yumor sifatida adabiyotga olib kirgan. Shuning uchun ham bejizga Said Ahmad
Husanxo`jayevni “yumor otasi” deb e`tirof etmaymiz.
Said Ahmadning eng mashhur achchiq va alamli kulgidan yiroq hajviy, sof yumoristik
hikoyasi “Sobiq” deb noml
anadi. Bu hikoya faqat bir odamning hayotida yuz berayotgan
hodisalar haqida hikoya qilinsada, aslida, bu butun bir jamiyatda yuz berayotgan voqealarga
ishora qiladi va bu bizning eng og`riqli nuqtalarimizdan biri desam hech adashmagan
bo`laman. Bu asarda yozuvchi voqealar rivojini asar qahramoni tilidan hikoya qilarkan,
jamiyatimizda ba`zi bir insonlarning dabdababozlik va shuhratparastlikka berilishi oqibatida,
kerakli narsalarga vaqt ajrata olishmayotgani yengil kulgiga olinadi. Chunki hikoyani o`qish
davomida ko`rishimiz mumkinki, o`zining maqsadlari yo`lida intilayotgan bir mehnatkash
kishini qo`llab quvvatlash va uning kuchidan oqilona foydalanish o`rniga, qandaydir keraksiz
va juda ko`p vaqt oladigan mashg`ulotlar bilan band bo`lish bu juda kulgili holat, albatta. Bu
borada esa, hikoyamiz qahramoni paxta terishda jonbozlik mko`rsatib, dabdababozlikning
nishoniga aylandi qoldi. Eng ilg`or paxtakor deb, asosiy ishini yig`ishtirib, turli xil keraksiz
majlis va yig`ilishlarga borishga majbur bo`ldi. Qaysidir ma`noda bu paxtakorga juda ko`p
paxta tergani uchun o`z o`rnida rag`bat ham kerak, albatta. Lekin bu qahramonimizning
vaziyati aqlga sig`maydigan darajada dabdababozliklarga to`lib ketgan. Ya`ni, bu paxtakor
butun bir paxta mavsumida bor yo`g`i bir necha kungina paxta terib, mavsumning qolgan
qismini turli tuman yig`ilishlarga borib faxriy mexmon sifatida qatnashishi va bu ham
yetmagandek uyiga ham qandaydir jurnalistlar va rassomlar kelib uning vaqtini olishini ko`rib
beixtiyor kulasiz. Lekin bu mexanizatorning vaziyatidan kelib chiqsak, bu hamdardlik kulgusi
bo`lib qoladi. Chunki, qahramonimizning o`zi ham vaziyat qurbonidir. Shunga qaramasdan, bu