www. kokanduni.uz birliklar va grammatik h
odisalardan iborat bo‘lishi targ‘ib etiladi. Dastur materialani
saralashda kommunikativ materialni tanlashnin
g turli me’yorlarini taqdim etuvchi
kommunikatsiyaning xos xususiyatlarini va muloqot jarayonining sotsiolingvistik hamda
psixolingvistik qonuniyat
larini hisobga olish talab etadi. Ingliz tili ta’limidan ko‘zlangan
amaliy maqsad o‘quvchining nafaqat kommun
ikativ kompetensiyasini, balki ijtimoiy-madaniy
yoki madaniyatlararo kompetensiyasini rivojlantirishdan iboratdir. Shu sababdan ham dastur
materialani saralashda lingvomamlakatshunoslik, mamlakatshunoslik, ijtimoiy-madaniy va
madaniyatlararo yondashuvlarga murojaat etilishi maqsadga muvofiqdir. Ushbu
yondashuvlar o‘quvchilarda ingliz tili muloqot vaziyatlarida yo’nalishini to‘g‘ri tanla
sh
ko‘nikmalarini shakllantirishga, tili o‘rganilayotgan mamlakatning madaniy
-tarixiy
xususiyatlarini bilish va tushuna oli
shga yo‘naltirilgan. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarga turli
xalqlarning ananalari tanishtiriladi, ularga tili o‘rganilayotgan mamlakat
dagi axloq-odob
qoidalari, marosimlari va bayramlarini anglash o‘rgatiladi. O‘qituvchi ushbu yondashuvlardan
foydalanib ayn
i yoshdagi ingliz tili sohiblarining kundalik turmushda sodir bo‘ladigan
voqealar va hodisalarni aks ettiruvchi leksika, matnlar, foto va videomate
riallarni tanlaydi. O‘z
navbatida
lingvomamlakatshunoslik,
mamlakatshunoslik,
ijtimoiymadaniy
va
madaniyatlar
aro yondashuvlar umumiy yo‘nalishga ega bo‘lib, ingliz tili o‘rganish jarayonida
tili o‘rganilayotgan mamlakat madaniyati haqidagi ta
savvurni shakillantirishga xizmat qiladi.
Lekin ularning farqli jihatlari ham mavjud. Lingvomamlakatshunoslik yondashuvi madaniy
yo‘naltirilganlik bilan bir qatorda lingvistik tabiatga ham ega bo‘lib, til orqali ta’sir o‘tkazadi.
Mamlakatshunoslik yondashu
vi madaniy yo‘naltirilganlikning yorqin ifodasi bo‘lib tili
o‘rganilayotgan mamlakat haqidagi madaniy
-
tarixiy, ya’ni an’ana
lari, urf-odatlari, bayramlari,
fe’l
-atvor va axloq-
odob me’yorlari, geografik joylashuvi, tarixi, iqtisodi, ta’limi, siyosiy
qurilis
hi kabi ma’lum
otlarni taqdim etadi. Til materialini tanlashga bunday yondashuvlarni
har qanday ta’lim sharoiti va bosqichlari uchun qo‘llash mumkin. Sotsiolingvistik yondashuv
metodikada til materiali (mazmuni)ning madaniy xos xususiyatlarini ona tili va ingliz tilida
q
iyoslash uchun tanlashga yo‘naltiriladi. Ushbu yondashuvdan foydalanib o‘zbek va ingliz
tillaridagi so‘zlarning talaffuzi va ma’nolarini taqqoslash mumkin. Ushbu yondashuvning
ahamiyati shundaki, taqqoslash jarayonida o‘quvchi ona til sistema
sini teranroq anglaydi va
o‘z vatani madaniy merosini o‘zlashtira boshlaydi. Umumta’lim maktablarida ikkinchi (rus)
tilni h
am o‘rganilishini inobatga oladigan bo‘lsak, til materialini tanlashning madaniyatlararo
yondashuviga murojaat etish yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi kichik maktab
yoshidagi o‘quvchilar ikki yoki undan ortiq tillarni va madaniyatlarni, ularning xos
xususiyatlarini, aloqasini va o‘zaro ta’sirini qiyoslash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Masalan, rus
tilidagi ko‘plab so‘zlarning talaffuz va ma’no jihatdan inglizcha so‘zlarga o‘xshash ekanligi yoki
aksincha
bo‘lishi.
Ingliz
tili
materialini
tanlashning
li
ngvomamlakatshunoslik,
mamlakatshunoslik, ijtimoiy-
madaniy va madaniyatlararo yondashuvlari umumiy, ya’ni
madaniyat yo‘nalishida bo‘l
sa ham, til ma
teriallarni ingliz tili o‘qitish maqsadlarida
saralashning xos xususiyatlari va jihatlariga ega. Ingliz tili
ta’lim maqsadi emas balki
o‘quvchini shaxs sifatida rivojlantirish vositasi ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, til
materialini sar
alashda o‘quvchilarning imkoniyatlari va ingliz tilini o‘rganishga layoqatlilik
darajalarini hisobga oladigan tizimli yonda
shuviga murojaat etish zarur bo‘ladi. Ushbu
yondashuv a) bugungi davr bolalarining axborotni qay tarzda qabul qilishlari va o‘zlashti
risha
olishlar
i; b) o‘quvchining ma’lum vaqt oralig‘ida, masalan 45 daqiqa mobaynida qancha so‘z
va iboralarni o‘rgana olishi mumkinligi; d) matreilni o‘zlashtirish tezligi va samaradorligi
nimaga bog‘liqligi; e) ingliz tili ta’limining qanday sharoitda o‘
quvchi shaxsining rivojlanishi
to‘g‘risidagi muammolarni hal qilishga yo‘naltiradi. Tizimli yondashuv ma’lum yoshdagi
o‘quv
chilar rivojlanishining psixolingvistik jihatlarini hisobga olinishini taqozo etadi.
O‘quvchining ona tili tajribasidan foydalanib pr
edmetlar va ho
disalar o‘rtasidagi assotsiativ