www. kokanduni.uz bog‘lanishni qo‘zg‘atish mumkin va buning asosida kategoriyalar, ya’ni ona ti
l va ingliz tili
haqidagi tizimli bilmlarni bog‘lash shakllantiriladi. Til materialining bilishni rivojlantirishdagi
axamiyati o‘quvc
hini bilishga
shaxsiy qiziqishi ortganida ma’lum bo‘ladi. Masalan, Yuqori
sinflarda “Geografiya darsi” yoki “Shimoliy qutib” kabi mavzularga oid til materiali ustida ish
olib borilmaydi. Sababi, o‘quvchilar uchun bunday mavzular shaxsiy ahamiyat kasb etmay
di
va bunday mavzular ularning til tajribalari doirasiga kirmaydi. Kichik maktab yoshidagi
o‘quvchi ingliz tilini o‘zining
shaxsiy amaliy tajribalari asosida ongli-
amaliy usulda o‘rganishi
oqibatida yod olingan so‘zlar, gaplar yoki qisqa nutq ma’lum vaqt o‘tishi bilan x
otiradan
ko‘tariladi. Natijada esa ta’lim sifati pasayib ketaveradi. Tizimli yondashuv ma’lum yoshdagi
shaxs tafakkurining rivojlanishi va uning faoliyat turlariga xos xususiyatlarining inobatga
olanishini taqozo etadi va bu o‘quvchining qizi
qishini va bilish faolligini sezilarli darajada
oshiradi. Metodik savodli tanlangan dastur materiali uni o‘zlashtirish sama
radorligini 50%ga
ta’minlaydi. Masalan, fonetik mashq uchun leksik birliklarni tanlashda akustik (ohangdorlik
bo‘yicha) yoki semantik
jihatiga e’tibor qaratib, so‘zlarni ma’lum oilaga umumlashtirish
(sabzovotlar, kiyim-
kechaklar, transport) tadbiri qo‘llanilishi lozim. Maktabgacha ta’lim
muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun asosan akustik mezonga amal qilinsa, Yuqori sinf
o‘quvchilari s
emantik alomat
larni e’tiborga olib tanlangan so‘zlarni yaxshi o‘zlashtirishadi.
Semantik mezon asosida tanlangan so‘zlar umumiy belgiga ega bo‘lib yagona “oila”ni tashkil
qilishadi va shu sababli ular o‘quvchilar tomonidan oson va mustahkam o‘zlashtiriladi
. Dastur
materialini tarkiban shakllantirishda yuqorida bayon etilgan barcha yondashuvlardan
foydalanish talab etiladi, lek
in o‘z navbatida qator qoidalarga amal etilishi lozim: 1. Til
materialini tanlashda so‘z va ifodalarning akustik, semantik, grafik, v
a albatta, ingliz tili
grammatikasining xususiyatlarini hisobga olib lingvistik yondashuvga asoslanish lozim. Til
materiali
ni savodli tanlanishi o‘quvchilarda dastlab lisoniy, keyinchalik yuqori sinflarda
lingvistik kompetensiyani shakllantiradi. 2. Kommunikativ-nutqiy material pragmatik
yondashuv asosida saralanishi va kommunikativ (pragmatik) kompetensiyani shakllantirish
im
konini beruvchi leksik birliklar va matnlar tanlanishi lozim. Bunda yozma va og‘zaki
shaklda muloqot qilish, jonli muloqot va adabiy til normalarini egallanishi uchun
mo‘ljallangan
matnlarning
uslubiy
xususiyatlarini
hisobga
olish
zarur.
3.
Lingvomamlakatshunoslik va mamlakatshunoslikka oid til materialini tanlashda
lingvomamlakatshunoslik, mamlakatshunoslik, ijtimoiy-madaniy, va madaniyatlararo
yond
ashuvlarga asoslanib tili o‘rganilayotgan mamlakatning tarixiy
-madaniy urf-odatlari,
ananalari, bayramlarini
aks ettiruvchi o‘quvchilarning Lingvomamlakatshunoslik,
mamlakatshunoslik, ijtimoiy-madaniy, va madaniyatlararo til materialining metodik
asoslang
anligi o‘quvchilarning sotsiolingvistik va madaniyatlararo kompetensiyasini
rivojlantirishga xizmat qiladi. 4
. Sotsiolingvistik materialni tanlashda o‘quvchilarning
psixolingvistik xususiyatlari, rivojlanish qonunyatlari, ehtiyojlari, imkoniyatlari va
qizi
qishlarini inobatga olib yo‘naltiriladigan tizimli yondashuvini qo‘llash lozim. Ma’lum
yoshdagi o‘quvchilarning qiziqish doiralariga taalluqli so‘zlar, matnlar, voqealar va
vaziyatlarni aks ettiruvchi til materiali o‘quvchilar uchun alohida a
hamiyat kasb etadi va
ularning chin ma’nodagi qiziqishlari yanada ortirib jonli muloqot qilishga ichki turtkisini
oshiradi.
Natijada til metirali o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish manbayiga aylanadi.
Dastur materialini tanlash yondashuvlarini bili
sh o‘qituvchiga asosiy darslikda to‘liq aks
etmagan materialni savodli tanlashga yordam beradi. Masalan, bugungi kundagi aksariyat
darsliklar xorij tajribasidan kelib chiqib yaratilmoqda va o‘quvchilarning kommunikativ
kompetensiyasini rivojlantirish maqsadiga xizmat qiluvchi situativ nutq mashqlarga ustivor
ahamiyat qaratilmoqda. Natijada o‘quvchilarning leksika va grammatikaga oid ko‘nikma va
malakalarini rivojlantiruvchi til mashqlarga e’tiborni susaytirilganligini kuzatish mumkin.
Bunday darsliklar nutqiy (pragmatik)
kompetensiyani rivojlantirishga mo‘ljallangan bo‘lib