www. kokanduni.uz Virtual laboratoriya ishlarini qo‘llashning dolzarbligi yana shunda
n iboratki, unda
laboratoriya tajribalarini tashkil qilish uchun murakkab qurilmalarni yasash, qurilmalarni va
reaktivlarni saqlash, almashtirish shart emasligi bilan bir qatorda ta’mirlash ishlari, kimyoviy
idishlarni yuvish kabi ishlar bajarilishi shart emas. Hamma laboratoriya ishlari kompyuter
xotirasida yoki tashqi xotirada elektron variantda va bir joyda saqlanadi. Kompyuter
qurilmasi xavfsiz, ishlatish qiyin emas va shu bilan birga foydalanuvchidan faqatgina
belgilangan mahsus dasturlar bilan ishlash
ko‘nikmasini talab qiladi. Eksperiment
topshirig‘ini bajarish uchun maxsus tizim virtual oynalarga o‘tishlarni ta’minlab,
foydalanuvchiga tajriba bajarish vaqtida erkin tarzda ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish,
hisoblashishlarini va grafik vazifalarni bajarish imkoniyatini beradi va bu bilan talabalar
o‘zlari mustaqil tarzda natija hamda xulosalar chi
qarishlari mumkin[ 2].
Eksperiment o‘tkazish uchun Virtual Chemistry Laboratory dasturiy ta’minotidan
foydalanishni tavsiya qilamiz .
Barcha ishlar uch o‘lchamli
animasi
ya va tasvirlarni qo‘
llash orqali amalga oshiriladi.
Ular mahsus dasturlashtirilgan va ovoz bilan ta’minlangan bo‘ladi. Bunda ayni mavzuning
mazmuni ma’lumotlar, nazorat savollaridan iborat bo‘ladi.
Shu tarzdagi har bir laboratoriya tashqi ko‘rinis
hidan va ishlatilish jihatidan bir xil
shaklga keltirilgan interfeysdan iborat bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: simulyatsiya,
tajriba tafsiloti bo‘yicha ma’lumotlar bazasi, maqsadi, vazifasi, ishning bajarilish ketma
-
ketligidan iborat bo‘ladi. Bunda
n tashqari, mahsus tugmaga j
oylashtirilgan ma’ruzalar
(materialning qisqacha bayoni), o‘quvchining ish jurnali, tajriba bajarish davomida
o‘zlashtirilgan materialni nazorat qilish maqsadida savollar berilgan bo‘lishi mumkin. Virtual
laboratoriya maksimal k
o‘rgazmalilikka, tajribani b
ajarish uchun real qurilmalarning aynan
mos kelishini ta’minlaydi. Bu talabalarning ishlarini еngillashtiradi, vaqtni tejaydi, o‘rganilgan
mavzuning o‘zlashtirish darajasini oshiradi. Bundan tashqari jarayonning virtual modeli
o
‘qituvchiga talabalarning o‘zlashtirish darajasiga qarab, o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan
qo‘shimcha savollar shakllantirishga (ayni mavzu yuzasidan) yordam beradi.
Yuqorida keltirilgan fikrlar asosida xulosa qilib, kimyo fanidan laboratoriya
mashg‘ulotlarini o‘tkazishda virtual laboratoriyalarning afzalliklari to‘g‘risida quyidagi
fikrlarni bildirish mumkin:
Virtual laboratoriyaning afzalliklari [3]:
1) interfaolligi;
2) mahsus laboratoriya xonalarga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlatilishi (kompyuter
mavjud joyda ishlatish imkoniyati);
3) o‘quv muassasasida bajarish mumkin bo‘lmagan yoki real vaqtda kuzatish mumkin
bo‘lmagan hollarda obyekt, jarayon va hodisalarning modellashtirilishi; 4) internetdan
foydalanib, masofaviy ta’lim asosida topshiriqlarni amalga oshirish imkoniyati;
5)
reaktivlar еtishmay qolganda;
6) hayot uchun xavfli bo‘lgan moddalar bilan tajribalarni bajarishda;
Yuqoridagi fikrlarimizdan xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, virtual laboratoriya
ishlaridan foydalanilgan holda
o‘qish jarayonini tashkillashtirilsa, o‘quvchilar (talabalar)ni
fanga qiziqish bilan yondashishlariga sabab bo’ladi. Hеch kimga sir emas hozir yoshlarni
tabiiy fanlarga qiziqtirish juda qiyin ayniqsa kimyo faniga o’quvchi(talaba)larni qiziqtirish,