Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə419/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
mutaxassislariga ta’lim mazmunini isloh qilish va ta’lim standartlarini yaratish borasida asosli 
qarorlar qa
bul qilishga yo‘l ochadi.
Dunyoning yetakchi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan pedagogik baholash 
texnologiyalaridan foydalanish O‘zbekistonda ta’lim sifatini jahon standartlari darajasida 
baholashning milliy tizimini yaratish imkonini beradi. 
O‘zb
ekiston Respublikasi Prezidentining 29.04.2019dagi PF-5712-son Farmoni bilan 
tasdiqlanga
n “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030
- yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasi”ning birinchi bandida PISA xalqaro tadqiqotida O‘zbekistonning ishtirokini 
ta’minlash va 2030
-
yilga borib kuchli 30 talikka kirishga erishish maqsadli yo‘nalish et
ib 
belgilangan. 
Umumiy ta’lim sifatini xalqaro monitoring qilish tizimida ishtirok etishning dolzarbligi 
quyidagilar bilan belgilanadi: 

o‘tkazilgan tadqiqotlarning yuqori ilmiy va texnik sifati tufayli ta’lim tizimini isloh 
qilish uchun xalqaro tadqiqotlar natijalaridan foydalanish; 

boshqa mamlakatlar bilan taqqoslash orqali ta’lim sifatini baholash imkoniyati;

ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlar sifatini takomill
ashtirish; 

ta’lim sifatini baholash sohasida yangi metodika va texnologiyalarni ishlab
chiqish. 
O‘tkazilgan xalqaro tadqiqotlar natijalariga ko‘ra har bir mamlakat quyidagi 
ma’lumotlarga ega bo‘ladi:

xalqaro miqyosda mamlakatning o‘rtacha balli;
- aloh
ida guruhlar (gender farqlar, o‘quv fani bo‘limlari, o‘quv faoliyati turlari va b.) 
bo‘yicha aniqlangan ko‘rsatkichlar;

o‘quvchilarning o‘qishda erishgan natijalari darajalari;

mamlakatda ta’limning o‘zgarish tendensiyalari.
Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha asosiy xalqaro tadqiqotlar OECD Xalqaro iqtisodiy 
hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (Organization for Economic Co-operation and 
Development
) va IEA Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro Assotsiatsiyasi (
International 
Association for the Evaluation of Educational Achievements) tomonidan olib boriladi. 
Umumiy ta’lim sifati bo‘yicha uchta
asosiy xalqaro qiyosiy tadqiqot 

PISA, TIMSS va 
PIRLS bir-
birini to‘ldiradi. Ushbu uchta tadqiqotni bir vaqtning o‘zida o‘tkazish ta’lim tizimi 
haqida to‘liqroq ma’lu
mot beradi va uning turli tomonlarini baholaydi. PISA, TIMSS va PIRLS 
tadqiqotlari natij
alarini taqqoslash boshlang‘ich, va o‘rta umumta’lim maktablarida o‘qish, 
matematika va tabiiy fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beradi va umumiy 
t
a’lim sifatini xalqaro hamjamiyat tomonidan ishlab chiqilgan ta’lim ustuvorliklari nuqta

nazaridan baholaydi. Quyida boshlang‘ich sinflarda o‘qish savodxonligini baholovchi PIRLS 
xalqaro dasturini o‘qish savodxonligi darslariga tatbiq etish usullarini ko‘
rib chiqamiz. 
PIRLS 

matnni o‘qish va tushunish sifatini o‘rganish (Progress in Interna
tional Reading 
Literacy Study) xalqaro loyihasi turli mamlakatlardagi boshlang‘ich 4

sinf o‘quvchilarining 
matnni o‘qish va tushunish sifatini taqqoslash imkonini bera
di. Tadqiqotlar har besh yilda bir 
marta o‘tkaziladi, 2001
- yildan boshlab esa IEA shafeligida amalga oshirib kelinmoqda. 
Xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish uchun barcha mas’uliyat Boston Chestnut Hill kollejiga 
(Massachusets, AQSH) yuklatilgan. 2021- yil
da IEA tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot PIRLS 
dasturining beshinchi siklidir. 2001-yildan 
beri PIRLS har besh yilda to‘rtinchi sinf 
o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi. Innovatsion onlayn o‘qish ma’lumotlarini baholash ePIRLS 
tizimi 2016- yilda joriy etilgan. 


374

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin