www. kokanduni.uz shaxsiy tajriba va bilimlarini oshirish maqsadida foydalanish borasida tayyorgarligi nisbatan
past.
Xalqaro testning individual topshiriqlarini bajarish bosqichi
tahlil qilinganda o‘quvchilar
duch kelgan ba’zi qiyinchiliklar aniqlandi. Xususan, natijalarni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki,
har qanday ma’lumotni aniqlashtirish kerak bo‘lganda matnga murojaat qilish odatining
shakllanmaganligi ikkita tipik muammoga o
lib keladi: birinchidan, o‘quvchilar matnda
keltirilgan ma’lumotlarni va o‘zlarining shaxsiy tajribalari asosida egalik qiladigan
ma’lumotlarni (taxminan 37%) yaxshi farqlamaydilar va, ikkinchidan, matndagi
ma’lumotlarni taxminan, noaniq o‘zlashtirish bila
n cheklanadilar (taxminan 26%). Bolalarga
savollarga javob berishda doimiy ravishda matnga murojaat qilish, topshiriqlar qanday
shakllantirilganiga e’tibor qaratishni o‘rgatish juda muhim, chunki topshiriqlar deyarli har
doim “Matnga tayanib...”, “ Matnga asoslanib...”, “Matnda nima deyilgan...” shaklida beriladi.
Agar savol batafsil javobni talab qilsa, o‘quvchilar (65% gacha) fikrlarni yozma ravishda
ifodalash jarayoni bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelishadi. O‘qilgan matnni yaxshi
tushunadigan o‘quvchilar, ko‘p hollarda, o‘z fikrlarini ifoda etishda qiynalganining guvohi
bo‘lishimiz mumkin. Ular topshiriqda qo‘yilgan savolga javobni shakllantirishda
qiyinchiliklarga duch kelishadi, masalan: “Kichkina qiz –
ushbu hikoyadagi muhim timsol.
Nima sababda
n sodir bo‘lgan barcha voqealarda uning o‘rni juda muhimligini tushuntiring”,
“Nega fermerning do‘sti burgutni uchishga majburlash uchun tog‘larga olib chiqdi? Ikkita
sababni ayting”, “Nima uchun shisha idishga tuproq va qumni navbatma
-navbat qatlam
shakli
da solish muhimligini tushuntiring”, “Nima uchun yomg‘ir chuvalchangi ustida
o‘tkazilgan tajribada kartoshka va piyoz bo‘laklarini yerning yuqori qatlamiga qo‘yish
muhimligini tushuntiring”.
Aynan qo‘yilgan savolga javob berish o‘quvchilarda qiyinchilik tug‘diradi. “Ushbu uchta
tajribadan qaysi biri sizga juda qiziq tuyuldi? Javobingizni tushuntirish uchun matndan
foydalaning”, “Matnning yog‘och bitlarini o‘rganishga bag‘ishlangan qismidagi rasmga qarang.
Ushbu rasm sizga tajriba o‘tkazish uchun nima qilis
h kerakligini tushunishga qanday yordam
beradi?”
Bolalar o‘zining javobini batafsil yozishga qiynalishining sabablaridan birini shunday
izohlash mumkin, ya’ni bolalar javobning aniqligi va javobni imlo qoidalariga muvofiq
shakllantirish o‘rtasidagi muvozan
atni saqlashda qiynaladilar, bunda javoblarni baholashda
imlo xatolari hisobga olinmasligini yodda saqlash muhim.
O‘quvchilar, shuningdek, “savol ichidagi savollar”ni o‘z ichiga olgan ko‘p qismli javobni
talab qiluvchi topshiriqlarni bajarishda qiyinchilik
ka duch kelishadi, masalan, “Hikoyaning
boshida va oxirida loy bo‘lagi turlicha his
-
tuyg‘ularga ega edi. Ularni tasvirlab bering. Uning
his-
tuyg‘ulari nima uchun o‘zgarganini tushuntiring”, “Anyaning harakatlaridan siz uning fe’l
-
atvorini bilib oldingiz.
Anya xarakteriga xos bo‘lgan bitta xususiyatni yozing. Javobingizni
asoslash uchun uning qilgan ishidan ikkita misol yozing”. Bolalar topshiriqning barcha
qismlarini bajarmaydilar, faqat topshiriqda berilgan savollarning bir qismiga javob beradilar.
Yana b
ir muammo javoblardagi ba’zi rasmiyatchilik bilan bog‘liq: ba’zida bolalar savolni
shunchaki ko‘chirib yozadilar, ba’zida ikkita misol keltirilishi kerak bo‘lgan topshiriqlarda
ular birinchi misolni ikkinchi qatorga ham ko‘chirib yozadilar, bunda ular vaqt yo‘qotadilar
va, tabiiyki, takrorlangan javob uchun ball olmaydilar.
Natijalarni tahlil qilishda qayd etilgan yana bir muammo o‘g‘il va qiz bolalar natijalarida
farq borligi (qizlarning o‘rtacha ballari o‘g‘il bolalarning o‘rtacha ballaridan yuqori) bila
n
bog‘liq. Shu bilan birga, 4
-
sinf o‘quvchilari bilan taqqoslaganda, nisbatan kichik sinflar