www. kokanduni.uz mo‘ljallangan:o‘quvchi sha
x
sini rivojlantirish, uning ijodiy qobiliyatlari, o‘qishga qiziqish,
o‘rganishga intilish va qobiliyatni shakllantirish; ma’naviy
-axloqiy va estetik tarbiya; turli
tadbirlarni amalga oshirishda bilim, ko‘nikma, tajriba tizimini o‘zlashtirish; bolalarning
jismoniy va ruhiy salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash; bolaning individualligini
saqlash va qo‘llab
-quvvatlash.
Jahon ta’lim tizimini kuzatar ekanmiz, har bir rivojlangan davlatning boshlang ‘ich
ta’limida alohida ustivorlikka ega jihatlar mavjud
.
Jumladan, Xitoyda 6 yoshga to‘lgan bolalar
boshlang‘ich maktab yoki o‘rta maktabga kiradilar va u yerda 6 yil o‘qiydilar. Boshlang‘ich
maktabda bolaning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga katta e’tibor beriladi. Bolalar jismoniy
tarbiya darslariga ko‘p
vaqt ajratadilar, cholg‘u asboblarini chalishni o‘rganadilar, ingliz va rus
tillaridagi bilimlarini oshiradilar. Darslar 7:00 da boshlanadi. Har kuni ertalab barcha
o‘quvchilar o‘qituvchilar bilan birgalikda jismoniy mashqlar qiladilar. Keyin soat 8.00 da
n
12.00 gacha tabiiy va matematika fanlari o‘rganiladi. Soat 12.00 dan 13.00 gacha tushlik
tanaffusi mavjud bo‘lib, unda bolalar maktabda uxlashlari mumkin, tushdan keyin esa
gumanitar fanlar bo‘yicha yana uchta dars o‘tkaziladi. Keyin bolalar uy vazifala
rini bajaradilar
va faqat soat 16.00 da uyga qaytishlari mumkin.
Turkiya boshlang‘ich ta’lim tizimida ekologiyaga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan,
2005-
yilda joriy qilina boshlagan boshlang‘ich maktab o‘quv dasturida u yoki bu tarzda
ekologik muammola
rga ta’sir etuvchi mavzular “Hayot xavfsizligi (atrof
-
muhit)”, “Tabiiy
fanlar va texnologiya” fanlari materiallariga kiritilgan. Ta’lim muassasasi qoidalariga ko‘ra,
ushbu fanlar quyidagi funksiyalarni bajaradi: o‘z
-
o‘zini bilish, tabiat va unda sodir bo‘
layotgan
jarayonlarni tushunish qobiliyati, hayot sifatini yaxshilash yo‘llarini topish, tabiiy
resurslardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganish.
Finlandiya 2014-
yilda asosiy ta’lim bo‘yicha yangi milliy tayanch o‘quv dasturini ishlab
chiqdi va u 2016-yil avgust oyidan boshlab Finlandiya maktablarida amaliyotga joriy qilina
boshlandi. O‘quv dasturini isloh qilishdan maqsad o‘qituvchilar va pedagoglarga bolalar va
yoshlarning hayotida zarur bo‘lgan narsalarni o‘rgatishda yordam berishdir. (Sahlberg 2015.)
Finl
andiya ta’limining oliy maqsadi farzandlarimizni hayotga tayyorlashdir. Biz
farzandlarimiz kelajakda ularning hayotida yordam beradigan bilim, ko‘nikma, munosabat va
qadriyatlarni o‘rganishlarini xohlaymiz. Shuning uchun biz bugungi tez o‘zgaruvchan
duny
oda ularga qanday muhim kompetensiyalar kerak bo‘lishi haqida o‘ylashimiz kerak.
Boshlang‘ich ta’limda o‘qish savodxonligi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yangi
yaratilgan “Milliy o‘quv dasturi” asosida chiqarilgan darslikda o‘quvchilarning og‘zaki
bilim
ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratilgan.O‘qish (umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflari
o‘quv rejasidagi adabiyot) fani og‘zaki va izchil nutqni o‘stirish, so‘z boyligini oshirish, to‘g‘ri
va ifodali o‘qishga o‘rgatish bilan birga ularda kit
obxonlik va nutq madaniyati hamda mustaqil
fikrlash qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
O‘qish darslari oldiga qo‘yilgan tarbiyaviy vazifaning muvaffaqiyatli hal etilishi darsda
badiiy asar matni ustida ishlash bilangina bog‘liq bo‘lib qolmay,
balki bolani qurshab olgan
hayot, tabiatdagi o‘zgarishlar, ekologik vaziyat, ijtimoiy foydali mehnat bilan ham o‘zaro
bog‘liq bo‘lishi lozim. O‘quvchini o‘qishga o‘rgatishda hayot tajribalariga tayanib ish ko‘riladi.
O‘qish darslari bolalarda go‘zallikka m
u
habbat uyg‘otadigan, poklik tuyg‘ulariga ozuqa
beradigan, hissiyotni o‘tkirlashtiradigan, aqlni charxlaydigan, tasavvurlarni boyitadigan,
estetik didni o‘stiradigan musiqa va tasviriy san’at fanlari bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi
kerak. O‘qish, musiqa va
tasviriy san’at darslarini o‘zaro bog‘lab uyushtirish bolalarda san’at
asarlarini to‘g‘ri tushunish va qadrlash ko‘nikmalarini o‘stiradi, o‘quvchining shaxs sifatida
ma’naviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi.