Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə705/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   701   702   703   704   705   706   707   708   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

Foydalanilgan a
dabiyotlar ro’yxati:
 
1.
R. Mavlonova, 
K. Xoliqberdiyev, "Pedagogika". T: "O’qituvchi nashriyoti". 2002
- yil 
2.
R. Mavlonova, B. Normurodova, N. Rahmonqulovalarning TARBIYAVIY ISHLAR 
METODIKASI
3.
Abdullayeva, O. O. (2021). Ibroyim Yusupov ijodi asosida o’quvchila
rning 
vatanparvarlik tuyg’ularini o’stirish. Academic research in educational sciences, 2(3),
 
4.
Umumta’lim fanlar Metodikasi jurnali
 


640
www.
kokanduni.uz 
BOSHLANG‘ICH TA’LIM TIZIMIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
 
 
Ochildiyeva Mushtariy 
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 4
-kurs talabasi,
Parpiyev Odiljon 
Ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada bugungi kundagi ta’limda bo‘layotgan islohotlar va 
zamonaviy maktablarda rivojlanish jarayonlari, O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limga 
zamonaviy yondashuvlarning o‘ziga xos x
ususiyatlari, yutuq va kamchiliklari, afzalliklari, 
ta’lim jarayonini aniq vositalar yordamida samarali tashkil etish lozimligi, “Milliy o‘quv 
dasturi” asosida tuzilgan yangi avlod darsliklarining amaldagi qiyosiy tahlili, kompetensiya, 
tinglab tushunish,o
‘qib tushunish va yozma nutqning o‘quvchilarda qay tarzda rivojlanishi,
ahamiyatliligi, rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim tizimi mohiyati yoritilgan. 
 
Kalit so‘zlar:
boshlang‘ich ta’lim, kompetensiya, tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qib 
tushunish, yozma 
nutq, zamonaviy ta’lim, xorijiy tajriba, darslik, dastur, milliy o‘quv dasturi.
Davlatimiz rahbari “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan soha vakillariga 
yo‘llagan tabrik nutqida ta’kidlaganidek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni 
qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-
fan, ta’lim va tarbiyadir. Aynan, shuning 
uchun ham, prezident: “Maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa, ta’lim sifati ham, mazmuni 
ham, muhit ham o‘zgarmaydi”,–deb ta’kidlaganlarida “Uchinchi Renessans poydevor
i
”ni ta’lim 
islohotlarida ko‘rdi.
Ta’lim jarayoni uzluksiz bo‘lib, uning shakllanishi bosqichma
-bosqich amalga 
oshiriladigan sifatli natijalarga olib keladigan islohotlarga bog‘liqdir. Ushbu maqolada biz 
asosan umumiy o‘rta ta’limning ilk bo‘g‘ini hisoblan
g
an boshlang‘ich ta’lim haqidagi fikrlarga 
alohida e’tibor qaratamiz. Haqiqatan ham, ta’limga zamonaviy yondashuvlar ta’lim jarayonini 
aniq vositalar yordamida samarali tashkil qilish va qo‘yilgan o‘quv dasturlariga muvaffaqiyatli 
erishish natijalarini kafo
latlaydi. Davlatimiz rahbari avvalo maktablarda o‘quv yuklamasi va 
darslar sonini qayta ko‘rib chiqish, o‘quvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga 
chorlaydigan metodika yaratish zarurligini ta’kidladi. Bu borada Finlandiya tajribasi misol 
qilib k
eltirildi. Ushbu mamlakat umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar va matematika bo‘yicha 
dunyoda eng ilg‘orlardan biri.
Ta’limni isloh qilish haqida fikr yuritar ekanmiz, ta’lim olishning asosiy vositasi bo‘lgan 
darsliklarni yangilamay turib, o‘quvchi va o‘qitu
vchi mustaqilligiga erishmasdan natijaga 
erishib bo‘lmaydi. Bu haqda Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning:“Darsliklar masalasida ham 
ancha muammo borligi uning ichiga kirgach bilindi. Ularning saviyasi haqida katta 
muhokamalar bo‘ldi. Finlandiya standarti bi
lan 1- 4 -
sinflar uchun darsliklar qiladigan bo‘ldik. 
Finlandiya xalq ta’limi Yevropa miqyosida, umuman, dunyoda raqobatbardosh hisoblanadi”, 
-
degan fikrlari bu sohaga yuksak iqtidorga ega soha vakillarini jalb qilishni anglatadi. 
Barcha maktablarda “Mill
i
y o‘quv dasturi”ni to‘laqonli joriy etish hamda mahalliy va 
xorijiy mualliflar tomonidan yaratilgan zamonaviy darsliklarni amaliyotga kiritish amalga 
oshirildi.
Boshlang‘ich maktab o‘quvchining umumiy ta’lim jarayonidagi eng muhim bosqichdir. 
To‘rt yil i
c
hida u nafaqat fan fanlarining dasturiy materialini o‘zlashtirishi, balki qanday 
o‘rganishni –
“professional talaba” bo‘lishni ham o‘rganishi kerak. Boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchisining mas’uliyati doimo eksklyuziv bo‘lgan. 
Boshlang‘ich maktabda olingan ta’lim keyingi ta’lim uchun asos, poydevor bo‘lib xizmat 
qiladi. Boshlang‘ich ta’lim boshlang‘ich maktabning sifat jihatidan yangi shaxsga yo‘naltirilgan 
rivojlanish modelini belgilaydi, u quyidagi asosiy maqsadlarga erishish uchun 


641

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   701   702   703   704   705   706   707   708   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin