693
www.
kokanduni.uz
O
‘
QUV AMALIYOTLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL METODLARIDAN
FOYDALANISHDA DIDAKTIK IMKONIYATLARI
Yangiboyev G
‘
iyos Ruziqulovich
Osiyo xalqoro universiteti magistranti
Annatotsiya
: Ushbu maqolada talabalarning savodxonligini rivojlantirishda interfaol
o‘qitish metodlaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari doir ilmiy
-metodik tavsiyalar
berilgan. Maqolani ilmiy jihatdan yortishda ayrim interfaol metolarni mazmuni mohiyati
hamada ayrim interfaol metod
larni qo‘llanishi bo‘yicha ilmiy
-metodik didaktik
tavsiyalarmizni bayon etganmiz.
Kalit so‘zlar
: interfaol metod, grafik savodxonlik, xalq amaliy sa’nat, innoavsiya,
didaktika, o‘qitish metodkasi.
Bugungi milliy pedagogikaga «interfaol metodlar» nomi bil
an kirib kelayotgan metodlar
talaba-
o‘qituvchidan ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak
natijalarga erishish maqsadini nazarda tutadi. Qisqa vaqt mobaynida ma’lum nazariy
bilimlarni talabaga etkazish, unda ma’lum faoliyat yuza
s
idan ko‘nikma, malaka hosil qilish,
shu bilan birga ularni nazorat qilish hamda baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik
mahorat va chaqqonlikni talab qiladi. Bugungi kunda qator rivojlangan mamlakatlarda
qo‘llanilayotgan “Aqliy hujum”, “6x6x6”, “Klaster”,
“Qarorlar shajarasi” singari metodlarning
ayrimlaridan ijodiy qobiliyatni rivojlantirishdagi badiiy asar tahlilida ham foydalanish
mumkin. Aslini olganda, bu metodlarning ta’limdagi mantiqiy metodlardan farqi uncha katta
emas. Masalan: O‘qitishning to‘rt
pog‘onali usuli bu usul AQSh da paydo bo‘lib sanoat
korxonalarida konveerli ishlab chiqarish ko‘paygan sari shunday o‘rgatish usullari zarur
bo‘lib qoldiki, ishchilar bir xilda qaytariladigan qo‘l ko‘nikmalarini iloji boricha tez va
mukammal ravishda o‘rg
a
nib olishlari kerak edi. Bu usulda amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish
jarayoni to‘rt pog‘ona doirasida kechadi. Bu pog‘onalarning nomi: “Tushuntirish”, “Nima qilish
kerakligini ko‘rsatib berish”, “Ko‘rsatilgan tarzda qaytarish”, “Mashq qilish”. Ya’ni amal
iyot
o‘qituvchisi talabalarga avval kichikroq bir ish bosqichini tushuntirib beradi, keyin nima qilish
kerakligini qilib ko‘rsatadi. So‘ng talaba shu ish bosqichini ko‘rsatilgan tarzda qaytarishi
(imitatsiya qilishi) kerak [1]. Talaba qaytarib qilayotgan p
aytida amaliyot o‘qituvchisi
xatolarini to‘g‘rilab turadi (maqtaydi yoki tanqid qiladi).
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda jahon ta’lim maydoniga kirishga yo‘naltirilgan yangi ta’lim
tizimi qaror topdi. Bu jarayon bilan bir vaqtda pedagogik o‘quv
-tarbiya jarayonining
nazariyasi va amaliyotida sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Interfaol o‘qitish metodlari
-
(Interfaol tushunchasi ingliz tildan “interact”(rus tilida interaktiv) so‘zidan olingan bo‘lib, ikki
taraflama harkat qilmoq ma’nosini anglatadi) bu ta’
l
im shakllarini optimizatsiyasini o‘ziga
maqsad qilib olgan inson va texnik resurslari va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda
o‘qitish jarayonini tashkil etish, qo‘llash va aniqlashning hamda bilimlarni o‘zlashtirishning
uslublaridir. Interfaol o
‘qitish metodlari paydo bo‘lgunga qadar ta’lim tizimi doirasida ta’lim
jarayonini yetarli samarali loyihalash qoidasi ishlab chiqilmagan. Interfaol o‘qitish
metodlarining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o‘quv maqsadlariga erishishda
o‘quv jara
yoni loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. Texnologik yondashuv, eng avvalo,
yuzalikda emas, balki rejalashtirilgan natija olish imkonini beruvchi konstruktiv, ko‘rsatmali
sxemada o‘z ifodasini topadi. Maqsadga yo‘naltirilganlik, jarayon natijalarini ta
shxisli
tekshirish, ta’limni alohida o‘rgatuvchi qismlarga bo‘lib tashlash o‘quv jarayonining qirralarini
bugungi kunda ta’limni qayta ishlab chiqish sikli g‘oyasiga birlashtirish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: