www. kokanduni.uz Dasht aro go‘yoki xabar bilmading,
Hotam uyi sori guzar qilmading?
Da’vat etib asru farovon bukun,
Qildi yomon-yaxshini mehmon bukun.
deya unga yuzlandim,mo‘ysafid shunday javob qaytardi:
Sen dog‘i chekkil bu tikan mehnatin
Tortmag‘il Hotami Toy minnatin
Bir diram olmoq chekibon dastranj
Yaxshiliq andinki birov bersa ganj
deya javob berganda uning himmati
menikidan ham ortiq ekanligiga amin bo‘ldim degan
ekan Hotam Toy.
Har ikki hikoyatda ham mashaqqat bilan topilgan rizqni, halol luqmani ustun biluvchi
kishilar, qanoatli insonlar ulug‘lanadi. Biroq hikoyatlarda Navoiyning tasvir ko‘lami, badiiy
mahorati, ifoda uslubi, falsafiy- mushohadalari birmuncha chuqurroq ekanligi seziladi.Navoiy
har bir hikoyat tugallanmasida
Himmat agar bo‘lsa Navoiy sanga,
Banda durur Hotami Toyi sanga.
kabi o‘zining xulosaviy fikrlari va ko‘pincha Soqiyga;
Soqiy, ayoq tut, karam izhor qil,
Bazlni Hotamga namudor qil.
singari murojaat qilib uni ham saxovat, himmat, qanoatga chorlaydi. Nizomiyda esa bu
holatni uchratmaymiz. Navoiy badiiy mahoratining yana bir jihati shundaki, u hikoyatlarda
badiiy san’atlardan ham mo
hirona foy
dalanganligini ko‘rishimiz mumkin.Masalan:
Jismi uyin aylabon ul yuk nigun,
Tirkabon ul uyga asodin sutun.
Baytida “Husni ta’lil”san’atini qo‘llab “chol ko‘targan yuk uning qaddini ya’ni jismi uyini
egiltirdi,endi u uyga ya’ni egik jismga ustu
n,tirgak qilib aso-
ya’ni hassani chiroyli dalil bilan
ko‘rsatyapti ”
yoki;
Tashla tikan, gulshani izzatqa yet,
Chekma mashaqqat, qo‘p
-
u da’vatqa yet.
Baytida “Amr va nahiy”usulidagi badiiy san’atdan foydalangan.Bu san’at “buyurish va
man qilish” ma’nosin
i ifodalab
, she’rda lirik qahramonning kimgadir yoki nimagadir buyurish
yoki biror narsadan qaytarish tarzida o‘z ichki kechinmalarini bayon etishni nazarda tutadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Navoiyning “Hayrat ul
-
abror”dostonidagi
hikoyatlari insonni ez
gu amallar qilishga, imkoni boricha saxovatli bo‘lishga, har bir masala
yuzasidan chuqur mushohada qilishga undaydi.Bu asar har qanday zamon va davrda ham
badiiy qiymati va ahamiyatliligini yo‘qotmasdan insoniyatga adab maktabi bo‘lib kelayotgani
ayni haqiqatdir.