www. kokanduni.uz “HAYRAT UL - ABROR”VA “ MAXZAN UL- ASROR” DOSTONIDAGI HIKOYATLARNING OBRAZLAR TAHLILI Shabonova Zarnigor Mirjon qizi Navoiy davlat pedagogika instituti O’zbek ti li va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabasi Anotatsiya: Ushbu maqolada Nizomiy Ganjaviyning “Maxzan ul
-
asror” va Alisher
Navoiyning “Hayrat ul
-
abror” dostonidagi o‘xshash syujetli hikoyatlar o‘rganildi.Bunda
Alisher Navoiy badiiyatining har tomonlama m
ukammal ekanligi ko‘rsatib berildi.
Kalit so‘zlar: karam, sa
xovat, himmat, Hotam Toyi,G‘ishtchi chol, badiiy san’atlar, “Amr
va nahiy”.
Alisher Navoiy “Xamsa”sining boshlanma dostoni bo‘lgan “Hayrat ul
-
abror”dostoni,
Nizomiy Ganjaviyning “Maxzan ul
-
asror” dostoniga javob tarzida yozilgan bo‘lsa
-da, undagi
obrazlar
, dostonning tuzilishi va tarkibi tubdan farq qiladi.Shunday bo‘lsa
-da, Nizomiy
Ganjaviyning “Maxzan ul
-
asror” dostonidagi ba’zi hikoyatlarning syujet va g‘oyasi Navoiyning
“Hayrat ul
-
abror”dostonidagi hikoyatlar syujet va g‘oyasiga ta’sir qilgan. Navoiy o‘z salafiga
hurmat ko‘rsatgan.Ba’zi hikoyatlarida undan andoza olgan. Masalan:Nizomiyning “Maxzan ul
-
asror”dostonidagi “Keksalik vasfi”deb nomlagan beshinchi maqolatiga ilova qilingan “G‘ishtchi
ch
ol”hikoyati bilan Navoiyning “Hayrat ul
-
abror”dostonidagi “Karam vasfida”deya nomlangan
beshinchi maqolatiga ilova qilingan “Hotami Toy” hikoyatlari go‘ya va mazmun jihatdan o‘zaro
hamohang.
“G‘ishtchi chol” hikoyatining qisqacha mazmuni shunday: “Shom to
monda bir qari chol
bo‘lib, g‘
isht quyib rizq topar edi. Bir kuni chol kechqurun ishlayotganda uning yoniga bir
o‘spirin kelib”
Dediki, hay-hay, bu mazallat ishi,
O‘zni shu ahvolga solarmi kishi?
Bas, yetar ,urma shu tuproqqa tig‘,
Nonini sendan kishi
tutmas darig‘.
deya cholga ma
lomat qildi. Chol esa o‘spirinning unga o‘git qilishga yosh ekanligini
aytib, o‘z javobini bildirdi.
Bo‘yla mashaqqat sari cho‘zdim qo‘lim,
Toki birov oldida qo‘l cho‘zmagun.
Baski birovdin so‘rama
m mol-u ganj,
Non-u nasibamni berar menga ranj.
deya minnatli nondan, mashaqqatli bo‘lgan halol luqma afzal ekanligini yoritib bergan
bo‘lsa, Navoiy ‘‘Hayrat ul
-
abror’’ dostonida shu hikoyatga javoban “Hotami Toy” hikoyatini
keltirib, Hotamning saxovati, himmati judayam yaxshi ekanligi, lekin uning saxovatidan ham
o‘z mashaqqati bilan topilgan nonning qadri baland ekanligini aytadi.
Hotami Toyi Sharq xalqlari adabiyotida keng tarqalgan obrazlardan biri hisoblanadi.
U o‘zining saxiyligi
va oliyjanobligi bilan tanilgan. Taxminan VI asr oxiri VII asr boshlarida
yashagan. Arabiston va Sharq xalqlari orasida Hotami Toy (qabilasi) dan bo‘lgan Hotam nomi
bilan shuhrat qozongan. Uning saxovati va himmatiga qoyil qolgan payg‘ambarimiz
Muhammad (s.a.v.) ham Toy sharafidan unin
g avlodini e’zozda tutishni buyurgan.
Hikoyatning qisqacha mazmuniga to‘xtalsak: “Hotami Toydan o‘zingdan ham
himmatliroq kishini uchratganmisan? deya bir ozodavash kishi savol berdi. Bunga Hotam
shunday javob qildi. Himmat dasturxonin yozib,dashtda sayr q
ilib yurganimda bir mo‘ysafid
chol orqasida o‘tin bilan ketayotgan edi unga duch kelib qoldim” va