Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. M. Raxmpiova.Ta’limda diqqatning roli.Toshkent: «O’qituvchi», 1963 y.
2. N. Boymurodov. Amaliy psixologiya.
–
Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2008.
3. P. I. Ivanov, M. E. Zufarova. Umumiy psixologiya.
–
Toshk
ent: “O`zbekiston faylasuflari
milliy jamiyati”, 2008.
4. Umumiy-psixologiya. Darslik P.I.Ivanov-M.E.Zufarova-T-2008.
5. Z.T.Nishonova.Rivojlanish psixologiyasi.
TOSHKENT: «PRINT 25» 2019.
775
www.
kokanduni.uz
PEDAGOGIK JARAYONDAGI NIZOLAR VA UNING OLDINI OLISH YO‘LLARI
Komila Karimova
Bag’dod tumani 55
-
maktab o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada pedagogik faoliyatdagi, shuningdek, jamoalardagi nizolar
va ularning oldini olish usullari haqida ma'lumot berilgan. Jamiyatdagi nizolar va
kelishmovchiliklar haqida zarur
ma’lumot va bilimga ega bo‘lish har bir kishi uchun foydalidir.
Nizolarni hal etish pedagogik jamoalarning psixologik holatini yaxshilashga qaratilgan bo'lishi
kerak.
Kalit so'zlar:
konflikt, pedagoglar, yo'q qilish, bahslash, tergov, maqsad, psixologik holat.
Hozirgi kunda nizolarni samarali bartaraf etish pedagogik jamoadagi psixologik muhitni
emotsional yaxshilashga qaratilganligi, hamkorlikda ishlash samaradorligini oshirishni
ta’minlash garovi ekanligi hech kimga sir emas. Shu boisdan pedagogik faoliya
tdagi va
umuman nizolar haqida zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘lish foydadan holi bo‘lmaydi.
Nizolarni buzg‘unchilik oqibatlarini muvaffaqiyatli hal etish ularni atroflicha o‘rganishni
talab etadi. Bunga esa jamoani yuqori darajada rivojlanganligi va iliq ijtimoiy psixologik
muhitga ega bo‘lishi orqali erishiladi. Dastlabki nizo haqidagi konsepsiyalar XIX
-XX asrlarda
vujudga kelib, asosiy nizo va uning yechimlarini topish
yo‘llari bo‘yicha qo‘yilgan qadamlar
o‘tgan asrning oxirlarida salmoqli o‘rin tutadi.
Bugungi kunda psixologiya va ijtimoiy psixologiyada V.O.Ageev (1990), A.A.Bodalev
(1983), V.I.Juravlev (1983), N.N.Obozov (1979), I.A.Kon (1997), Ya.A.Ansupov, A.I.Shipilov
(2000), F.M.Borodkin (1989), A.K.Zaysev (1992, 1993), A.G.Zdravomislov (1995) va shu kabi
boshqalarning tadqiqotlarida nizoning nazariy asoslari yoritiladi. Nizo (lotincha so‘zdan
olingan bo‘lib, “to‘qnashish” ) –
maqsad, qiziqish pozitsiyalar, fikrlar, qarashlar, kishilarning
o‘zaro ta’sirlashuvidagi qarama
-
qarshi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘qnashishlardan iborat. Har
qanday nizoning asosida qaysidir ma’noda maqsad va manfaatlar o‘rtasidagi ziddiyat va
qarama-qarshiliklar yotadi.
Jamoadagi nizoni tabiatini yoritishdan oldin uning ikkita xarakterli jihatini inobatga
olishimizga to‘g‘ri keladi. Birinchisi nizo va ikkinchisi nizoli vaziyatdir. Ko‘pgina adabiyotlar
tahlili asosida nizo bilan nizoli vaziyat ajratib turuvchi quyidagi formulani e’tiborga olish
muhim deb hisoblaymiz:
Nizo + Muammo + Nizoli vaziyat + Nizo ishtirokchilari + Insident.
B
undan ko‘rinyaptiki nizo nizoli vaziyat va u bilan bog‘liq boshqa bir qa
- tor ahamiyatga
ega elementlarni birlashtirishini guvohi bo‘lish mumkin. Pedagogik jamoadagi n
izolarni tahlil
etish va uni hal etish zarurat tug‘ilganda nizo tarkibidagi har bir elementni o‘rnini aniq
baholashga to‘g‘ri keladi. Nizolarni vujudga kelishi va uni oldini olishda yuqorida taqdim
qilingan formulaga alohida e’tibor qaratish ma’qul. Psixol
ogik muhit guruhiy manfaatlarni
qondirish, shaxslararo va guruhiy nizolarni hal etishdagi amalga oshirilayotgan muloqotda
vujudga keladi va namoyon bo‘ladi. Shu bois ushbu munosabatlar tafovutli xarakterga egaki,
ular ba’zan do‘stona, hamkorlik, musobaqa yoki raqobat, hamjihatli yoki uyaltirib qo‘yish,
qo‘pollik yoki ongli tartib
-intizom tarzida gavdalanadi. Psixologik adabiyotlar tahlilidan kelib
chiqib aytish mumkinki, ta’lim oluvchilarning o‘zaro ta’sirlashuvi ko‘pchilik holatlarda to‘rtta
asosiy ta’sir ko‘rsatish usuli orqali amalga oshiriladi: e’tiqod, taqlid, ta’sir, majburlash.
Ta’kidlab
o‘tilgan usullardan ham ma’lumki pedagogik jamoadagi o‘qituvchi va ta’lim
oluvchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlashuv formalarida ham ular o‘z aksini topishi tabiiy. C
hunki
ba’zi holatlarda, o‘qituvchi tomonidan berilayotgan topshiriq va vazifalarning berilishi ta’lim
oluvchilarning dunyoqarashiga mos kelish va kelmasligiga qarab nizoli holatlarni vujudga
kelishi tabiiydir. Agar o‘qituvchi shaxsi pedagogik jamaoda yetarlicha mavqeiga ega bo‘lgan
|