www. kokanduni.uz sharoitda beriladigan vazifa va topshiriqlarning bajarilish ta
rtibi ta’sir ko‘rsatishning e’tiqod
darajasini namoyon qilishi mumkin. Ishonch va nufuzning yo‘qolishi, yetkazilayotgan
ma’lumotlarning to‘laqonligi va aniqligi, muloqot jarayonlarida shubhaning paydo bo‘lishi va
boshqalar ham aynan nizoli vaziyatlarni jamoada kechishiga zamin hozirlaydi.
Nizo to‘g‘risidagi odatiy tasavvurlar ma’lum maxsus tadqiqotlar tomonidan salbiy
ahamiyatga ega ekanligi tasdiqlandi. M.Doychning ilmiy ishlarida nizolar nazariy jihatdan
tahlil qilinib, ularni ikki turga ajratadi: destruktiv i produktiv.
Destruktiv nizoni aniqlash kundalik tasavvurlar bilan mos keladi. Aynan bu tipdagi nizo
o‘zaro ta’sirlashuvda xilma xillikni va fikrlarni toptalishiga
olibkeladi. Destruktiv nizo
ko‘pincha sababga bog‘liq bo‘lmagan holda balki shaxsning st
ressga tushishiga olib keladi.
Uning uchun o‘ziga xos belgilar nizo sodir bo‘lishiga qiziquvchilar sonining ortishi, ularning
nizoli harakatlari, bir-birlariga nisbatan salbiy ustanovkaga egaliklari va bildirilayotgan
fikrlarning keskinligini belgilaydi. Boshqa bir belgisi sifatida nizoda opponentning sifat va
xislatlarini, o‘zaro ta’sirlashuv vaziyatlarini noto‘g‘ri idrok etishi va sheriklarga ishonchni o‘ta
ortib keti
sh nazarda tutiladi. Bu tipdagi nizolarni hal etish ancha murakkab bo‘lib, yagona yo‘li
ancha qiyinchilik bilan erishiladigan murosa (kompromiss) hisoblanadi.
Produktiv nizoni muammo va uning yechish yuzasidan nuqtai nazarlardagi tafovutlar va
shaxslar o‘rtasidagi hamjihatlikning yo‘qligi keltirib chiqaradi. Bunday holda nizo muammoni
atroflicha tushunishni, sheriklar motivatsiyasini, boshqa nuqtai nazarlarni himoyalashlarini
taqazo etadi.
Biz nizolarni psixologik tahlili asosida quyidagi tarkibiy ko‘rinish
ga egaligini keltirib
o‘tamiz. Nizolarning umumiy sxematik ko‘rinishi Yuqorida keltirilga
n rasmdan foydalanib,
quyida nizoning funksiyalari xususida to‘xtalib o‘tamiz. Nizo o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy
hodisadir. Nizo bu keng ma’noda va tor ma’noda tushuniladi. Keng ma’noda nizo –
bu
jamiyatdagi yangi va eski qarashlar o‘rtasidagi kurash deb qaraladi. Tor ma’nodagi nizo –
bu
bir muammoni yechishdagi har bir shaxsning o‘z fikrini qattiq turib himoya qilishida yuzaga
keladi.
Nizo ijtimoiy psixologiyada qanday tushuniladi? Muomalaning buzilishi yoki psixologik
jihatdan ichki ruxiy kelishmovchilikdir. Buni olimlar har sohada har xil tushunishadi. Masalan:
G.Kovalev nizoga shunday ta’rif beradi: Nizo insonlar o‘rtasida ijtimoiy va shaxsiy masalalarni
yechishda v
ujudga keladigan holat, lekin har qanday qarshilik bu nizo bo‘lavermaydi.
Odamlar bir-bir
ining fikri bilan kelishmasligi va o‘zaro bahslashishi mumkin, har biri o‘z
fikrida qoladi, lekin baribir kelishib ishlashga ko‘p hollarda majbur bo‘ladi, qarama
-qarshilik
ba’zan yoqtirmaslik, emotsiya, tushunmaslik, ko‘ra bilmaslik va boshqa sabablar nizo
ning
kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Nizo nafaqat qarama
-
qarshilik, shuningdek, o‘ziga xos
kurashish hamdir. Har ikkala tomon ham bunday holatda o‘zlarini haq deb bilishadi va o‘zaro
kurashadi. Nizo bu qarama
–
qarshi dunyoqarashlar negizida yuzaga keladi. Nizoni albatta
yechish kerak, chunki busiz hayot me’yorida davom etmaydi. Yuqorida aytib o‘tganimizni
tahlil qilib, psixologik nuqtai nazardan biz shunday ta’rif beramiz: “Nizo –
bu shaxslardagi
qarashlar, qiziqishlar o‘rtasida qarama –
qarshilik natijasida yuzaga kelgan pixologik holat
bo‘lib bu faqat shaxslarningbir
-
biri bilan hamkorlik jarayonida yuzaga keladi”.