Kokanduni uz


Qo‘qon Universiteti talabasi



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə858/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   854   855   856   857   858   859   860   861   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

Qo‘qon Universiteti talabasi

Guluzra Komiljonova 
Qo‘qon Universiteti “Ta’lim kafedrasi”
 
o‘
qituvchisi 
 
Annatatsiya: 
Baholash turlari, metodlari, vositalari va shakllarini mezonlar asosida 
o‘lchash. o`qituvchilarning pedagogik faoliyatini to‘g‘ri baholash; 
-o`quvchilar bilim saviyasi 
va malaka ko`nikmalarini xaqqoniy baholash. 
Kalit so‘zlar:
Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchi
larni xaqqoniy baholash va taqdirlash. 
Respublikamiz hukumati xalq ta’limi sohasida o‘rtaga qo‘yayotgan vazifalarni bajarish 
ko‘p jihatdan o‘qituvchiga bog‘liq. Hozirgi sharoitda ta’lim tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan 
maqsadlar
ga yetishish, o‘quvchilarning 
xilma - xil faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli
e’tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson qilib o‘stirish o‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan. 
Xalqimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqloli ko‘p jihatdan o‘qituvch
iga, uning 
saviyasiga, tayyorgarligi, fidoyili
giga, yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan 
munosabatiga bog‘liq.
Uzluksiz pedagogik ta’lim g‘oyasi
amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan 
o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayy
orlash ishi davlat va jamoatchilik diqqat 
mark
aziga qo‘yildi.Biror kasbning haqiqiy ustasi bo‘lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma’lum 
jismoniy va ruhiy xislatlar jo bo‘lishi kerak. Pedagogning
o‘qituvchilik faoliyatini, yoshlarni 
o‘qitish va tarbiyala
sh ishini samarali bajarishi, ota - onalar va bolalarning izzat - hurmatiga 
sazovor bo‘lishi uchun ham unda qobiliyat, mahorat, qiziqish bo‘lmog‘i lozim.Muvaffaqiyatli 
ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur.
Pedagogik mahorat 
egasi o‘z mehnat sarf qilib
katta natijaga 
erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori bo‘ladi. 
Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat bo‘lishi mumkin.
Baholash-
ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv maqsadlariga erish
ganlik 
darajasini oldindan belgilangan mezonla
r asosida o‘lchash,natijalarini aniqlash va tahlil 
qilishdan iborat jarayonidir. 
Baholashdan maqsad:Kasbiy ko‘nikma va malakalarni baholash qator masalalarni xal 
etishni o‘z oldiga maqsad qiladi. Ularni shartli
ravishda uch guruhga ajratish mumkin: 
birinchi: 
O‘lashtirilganlikning qay darajada amalga oshirilganligini aniqlash;
davlat ta’lim standartlari talablarining qay darajada bajarilganligini aniqlash;
ikkinchidan: 
O‘qituvchi va o‘quvchining ta’lim jarayonida
gi xato va kamchiliklarini aniqlash
Ta’lim ma
zmuni va metodikasini rejalashtirish.uchinchi: 
Ta’lim berish:
So‘rash va bajartirib ko‘rish jarayonida boshqalarga takrorlanish va saboq bo‘lishini
kutish. 
Baholashdagi xatoliklar: 
Hayrixohlik xatosi-faoliyatni yuqori baholashga olib keladi. 
O‘rtacha baho 
berish xatosi-masakan,amaliyotlar jarayonida guruhchalarga ajratilgan 
o‘quvchilar faoliyati natijasida o‘rtacha bir xil baho qo‘yish.
Bunda o‘quvchilarning ayrimlari 
oshirilgan bahoga, ayrimlari pasaytirilgan bahoga, qisman haqiqiy bahoga e
ga bo‘ladi.


784

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   854   855   856   857   858   859   860   861   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin