Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə965/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   961   962   963   964   965   966   967   968   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
Ko‘plab bolalar 6 yoki 7 yoshga kirganda og‘zaki so‘zlardagi alohida fonemalarni aniqlay 
olishadi. Ushbu so‘nggi qobiliyat o‘qishni o‘rganish bilan birga paydo bo‘lganga o'
xshaydi. 
Tadqiqotchilar Entoni va Frensislar xatlarni tanib olish va fonologik xabardorlikni bolalarning 
erta o‘qish qobiliyatining muhim omillaridan biri sifatida doimiy ravishda aniqladilar. Bolalar 
ushbu muhim ko‘nikmalarni
nutqdagi so‘zlarni aniqlash bo‘yicha takroriy tajribalardan so‘ng 
egallaydilar. 
 
Bolalar oilada tarbiyalanadi va unda yuz beradigan voqealar ularga juda katta ta’sir 
ko
‘rsatadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari maktabgacha yoshdagi bolaning il

tabiyachisi sifatida bola sh
akillanishida va rivojlanishida mas’uliy
at bilan yondashmoqlari 
lozim. 6-7 yoshli bolani maktabga sifatli tayyorlash hamkorlik asosida shakllangan 
munosabatlarga tayanadi. 
Mutaxassislar tomonidan hozirda 6-7 yoshli maktabgacha yoshdagi bolalarni 
boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik bepul tayyorlash bo‘yicha guruh pedagoglarining 
lavozim yo‘riqnomasi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, boshlang‘ich ta’limni majburiy bir yillik 
tayyorlash uchun guruhdagi pedagog lavozimiga asosiy xodimlar orasidan maktabgacha 
ta’lim 
tashkiloti rahbarning buyrug‘i bi
lan tayinlanadi. 
Guruh pedagogi quyidagilarni bilishi zarur: O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim 
to‘g‘risida”gi Qonuni, “Bola huquqlari to‘g
֥
‘risidagi xalqaro konvensiya” va sohaga oid 
normativ hujjatlarni bilishi lozim. 6-
7 yoshli bolalarni boshlang‘ich
ta’limga majburiy bir yillik
tayyorlash bo‘yicha guruh tarbiyachisi guruhda o‘z tajribalaridan kelib chiqqan holda 
pedagogik faoliyat bilan 
shug‘ullanish huquqiga ega. Tarbiyachi tegishli ixtisoslashtirilgan 
ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuqori axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar bo‘lishi 
lozim. 
Bolalar nutqini rivojlantirishda lug‘at ustida ishlash yaxshi samara beradi, ya’ni b
ola 
nutqidagi passiv so‘zni faollashtirish eng sinalgan usullardandir. Bu haqda TDPU professori F. 
Qodirova shunda
y deydi: “Olti
- yetti yoshda bolaning faol lug
ʻ
ati 3,5 mingacha oshadi. Bola 
yetti yoshida ona tilidagi barcha tovushlarni to
ʻ
g
ʻ
ri talaffuz eta boshlaydi, yetarli so
ʻ
z boyligiga 
ega bo
ʻ
ladi. Mazkur ishlar ma
ʼ
lum izchillikda olib borilsa, bolalar yangi bilim va tasavvurlarga 
ega bo
ʻ
lib, hodisalar, buyumlarning nomlarini, sifat va xususiyatlarini aniqlashga o
ʻ
rganib 
boradilar. Jumladan, buyumlarning nimadan yasalganini bildiruvchi so‘zlar 
- temir, yog
ʻ
och, 
loy, plastmassa, gazlama kabilarni o
ʻ
zlashtirib boradilar. So
ʻ
ng biz ularni o
ʻ
zga tilga o
ʻ
rgatib, 
so
ʻz boyligini oshirib boramiz”. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining eng asosiy vazifalaridan biri bu “maktabgacha 
ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida ona tilida nutq o‘stirish ishlarini yo‘lga qo‘yish”dir. 
L.R. Mirjalolova shunday deydi: “
Bola h
ayotining yettinchi yilida “undagi harakatlar 
ko‘lami kengayadi va aniqlashadi, uning jismida harakatlarning o‘zaro moslashuvi boshlanadi. 
6-
7 yoshli bolalar o‘zini idora qilish va o‘z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘la 
boshlaydi. Bu yoshd
agi o‘g‘il bolalarda mustaqil faoliyat ko‘rsatish, tashabbuskorlik 
rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi”.
Demak, bolalarni maktabga tayyorlashda soha olimlari, tadqiqotchi-pedagoglarning
ilmiy tadqiqot ishlari tarbiyachilarga yaqindan yordam beradi. 

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   961   962   963   964   965   966   967   968   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin