914
www.
kokanduni.uz
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING O‘QISH VA SAVO
DXONLIK DARAJASINI
OSHIRISHDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINING AHAMIYATI
Muazzamxon Xodjayeva
Qo‘qon universiteti boshlang‘ich
ta’lim yo‘
nalishi 3-bosqich talabasi,
Odiljon Parpiyev
Ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada umumiy o
‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini shakllantirish va
rivojlantirishda xalqaro tadqiqot
materiallaridan foydalanishning afzalliklari, mamlakatimiz ilk marta ishtirok etgan PIRLS
xalqaro baholash tadqiqotining ahamiyati, mazkur ma
teriallardan o‘qish savodxonligi
darslarida foydalanish natijasida erishilgan natijalar tahlili bayon qilinadi. Shuningdek,
mazkur tadqiqotni o‘tkazishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar tilga olinadi.
Kalit so‘zlar:
funksional s
avodli shaxs, o‘q
ish savodxonligi, xalqaro baholash
tadqiqotlari, PIRLS xalqaro baholash dasturi,
boshlang‘ich ta’limda o‘qish savodxonligi,
matnni o‘qish va tushunish.
Bugungi zamonaviy maktabning eng muhim vazifalaridan biri funksional savodli shaxsni
shakllantirishdir.
"Funksional savodxonlik" tushunchasi o‘z ichiga oladigan jihatlarni ko‘rib
chiqaylik.
Funksional savodxonlik
–
bu shaxsning tashqi muhit bilan munosabatga kirishish, unga
imkon qadar tezroq moslashish qobiliyatidir. Funksional jihatdan barkamol shaxs
–
bu
o‘zi
mavjud bo‘lgan jamiyatning qadriya
tlari, qiziqishlari, umidlariga muvofiq erkin harakat
qiladigan shaxs. Funksional savodli shaxsning asosiy belgilari: mustaqil, bilimdon va odamlar
orasida qanday yashashni biladigan, ma’lum fazilatla
rga, asosiy shaxs
iy sifatlarga ega bo‘lgan
odam. Bugungi
kunda jamiyat zamonaviy o‘qituvchi oldigan aynan shu sifatlarga ega shaxsni
tarbiyalash vazifasini qo‘ymoqda.
Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha turli xalqaro va mahalliy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadi
ki,
aksar hollard
a, ta’lim tizimi jadal o‘zgarib borayot
gan jamiyat talablariga javob berishga
ulgurmayapti va o‘quvchilarda tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyati, jamoada ishlash hamda
kundalik hayotda va ishlab chiqarishda foydalaniladigan yangidan-yangi texnologiyalarga
moslashish kabi zarur ko‘nikmalarni sha
kllantira olmayapti. Bilimlarni baholash usullarini
isloh qilish ta’lim sohasidagi har qanday tizimli o‘zgarishlarni amalga oshirishda muhim
ahamiyatga ega. Chunki bu o‘zgarishlar maktab bitiruvchilar
ini munosib hayot uchun zarur
bo‘lgan malakalar bilan qu
rollantira oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini
baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” 2018
-yil 8-
dekabrdagi 997-
sonli qarori [1] bilan ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda
ishtirok etish vazifalari belgilandi.
O‘zbekistonning ta’lim sifatini baholovchi xalqaro miqyosdagi tadqiqotlarda ishtirok
etishi ta’lim sifatini baholashning m
illiy tizimini yaratishda katta ahamiyatga ega. Ushbu
ta
dqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlar mamlakatimizda ta’limning sifati va uning jahon
ta’lim tizimidagi nisbiy mavqeini baholashga imkon beradi.
Baholash tadqiqotida ishtirok
etuvchi turli mamlakat
larning o‘quv das
turlari, darsliklari va
o‘quvchilarning
o‘qishda
erishgan natijalariga qo‘yiladigan
talablariga oid boy tahliliy materiallar mazkur mamlakat
mutaxassislariga ta’lim mazmunini isloh qilish va ta’lim standartlarini yaratish borasida asosli
qarorlar qabul qil
ishga yo‘l ochadi.
|