Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1000/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   996   997   998   999   1000   1001   1002   1003   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


914
www.
kokanduni.uz 
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING O‘QISH VA SAVO
DXONLIK DARAJASINI 
OSHIRISHDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINING AHAMIYATI 
 
Muazzamxon Xodjayeva 
Qo‘qon universiteti boshlang‘ich
 
ta’lim yo‘
nalishi 3-bosqich talabasi,
Odiljon Parpiyev 
Ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada umumiy o
‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini shakllantirish va
rivojlantirishda xalqaro tadqiqot 
materiallaridan foydalanishning afzalliklari, mamlakatimiz ilk marta ishtirok etgan PIRLS 
xalqaro baholash tadqiqotining ahamiyati, mazkur ma
teriallardan o‘qish savodxonligi 
darslarida foydalanish natijasida erishilgan natijalar tahlili bayon qilinadi. Shuningdek, 
mazkur tadqiqotni o‘tkazishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar tilga olinadi.
Kalit so‘zlar:
funksional s
avodli shaxs, o‘q
ish savodxonligi, xalqaro baholash 
tadqiqotlari, PIRLS xalqaro baholash dasturi, 
boshlang‘ich ta’limda o‘qish savodxonligi, 
matnni o‘qish va tushunish.
Bugungi zamonaviy maktabning eng muhim vazifalaridan biri funksional savodli shaxsni 
shakllantirishdir. 
"Funksional savodxonlik" tushunchasi o‘z ichiga oladigan jihatlarni ko‘rib 
chiqaylik. 
Funksional savodxonlik 

bu shaxsning tashqi muhit bilan munosabatga kirishish, unga 
imkon qadar tezroq moslashish qobiliyatidir. Funksional jihatdan barkamol shaxs 

bu 
o‘zi 
mavjud bo‘lgan jamiyatning qadriya
tlari, qiziqishlari, umidlariga muvofiq erkin harakat 
qiladigan shaxs. Funksional savodli shaxsning asosiy belgilari: mustaqil, bilimdon va odamlar 
orasida qanday yashashni biladigan, ma’lum fazilatla
rga, asosiy shaxs
iy sifatlarga ega bo‘lgan 
odam. Bugungi 
kunda jamiyat zamonaviy o‘qituvchi oldigan aynan shu sifatlarga ega shaxsni 
tarbiyalash vazifasini qo‘ymoqda. 
Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha turli xalqaro va mahalliy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadi
ki, 
aksar hollard
a, ta’lim tizimi jadal o‘zgarib borayot
gan jamiyat talablariga javob berishga 
ulgurmayapti va o‘quvchilarda tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyati, jamoada ishlash hamda 
kundalik hayotda va ishlab chiqarishda foydalaniladigan yangidan-yangi texnologiyalarga 
moslashish kabi zarur ko‘nikmalarni sha
kllantira olmayapti. Bilimlarni baholash usullarini 
isloh qilish ta’lim sohasidagi har qanday tizimli o‘zgarishlarni amalga oshirishda muhim 
ahamiyatga ega. Chunki bu o‘zgarishlar maktab bitiruvchilar
ini munosib hayot uchun zarur 
bo‘lgan malakalar bilan qu
rollantira oladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini 
baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” 2018
-yil 8-
dekabrdagi 997-
sonli qarori [1] bilan ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda 
ishtirok etish vazifalari belgilandi. 
O‘zbekistonning ta’lim sifatini baholovchi xalqaro miqyosdagi tadqiqotlarda ishtirok 
etishi ta’lim sifatini baholashning m
illiy tizimini yaratishda katta ahamiyatga ega. Ushbu 
ta
dqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlar mamlakatimizda ta’limning sifati va uning jahon 
ta’lim tizimidagi nisbiy mavqeini baholashga imkon beradi. 
Baholash tadqiqotida ishtirok 
etuvchi turli mamlakat
larning o‘quv das
turlari, darsliklari va 
o‘quvchilarning
o‘qishda 
erishgan natijalariga qo‘yiladigan
talablariga oid boy tahliliy materiallar mazkur mamlakat 
mutaxassislariga ta’lim mazmunini isloh qilish va ta’lim standartlarini yaratish borasida asosli 
qarorlar qabul qil
ishga yo‘l ochadi.


915

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   996   997   998   999   1000   1001   1002   1003   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin