www. kokanduni.uz Dunyoning yetakchi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan pedagogik baholash
texnologiyalaridan foydalanish O‘zbekistonda ta’lim sifatini jahon standartlari darajasida
baholashning milliy tizimini yaratish imkonini beradi.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 29.04.2019dagi PF-5712-son Farmoni bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030
- yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi”ning birinchi bandida [2] PISA xalqaro tadqiqotida O‘zbekistonnin
g ishtirokini
ta’
minlash va 2030-yilga borib kuchli 30 t
alikka kirishga erishish maqsadli yo‘nalish etib
belgilangan.
Umumiy ta’lim sifatini xalqaro monitoring qilish tizimida ishtirok etishning dolzarbligi
quyidagilar bilan belgilanadi:
-
o‘tkazilgan tadq
iqotlarning yuqor
i ilmiy va texnik sifati tufayli ta’lim
tizimini isloh
qilish uchun xalqaro tadqiqotlar natijalaridan foydalanish;
-
boshqa mamlakatlar bilan taqqoslash orqali ta’lim sifatini baholash imkoniyati;
-
ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlar sif
atini takomillashtirish;
-
ta’lim sifatini baholash soha
sida yangi metodika va texnologiyalarni ishlab chiqish.
O‘tkazilgan xalqaro tadqiqotlar natijalariga ko‘ra har bir mamlakat quyidagi
ma’lumotlarga ega bo‘ladi:
-
xalqaro miqyosda mamlakatning o‘rtacha
balli;
- alohida
guruhlar (gender farqlar, o‘quv fani bo‘limlari, o‘quv faoliyati turlari va b.)
bo‘yicha aniqlangan ko‘rsatkichlar;
-
o‘quvchilarning o‘qishda erishgan natijalari darajalari;
-
mamlakatda ta’limning o‘zgarish tendensiyalari.
Ta’lim sifatini baholash bo‘yi
cha asosiy xalqaro tadqiqotlar OECD Xalqaro iqtisodiy
hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (Organization for Economic Co-operation and
Development) va IEA Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro Assotsiatsiyasi (International
Association for the Evaluation of Educational Achievements) tomonidan olib boriladi.
Umumiy ta’lim sifati bo‘yicha uchta asosiy xalqaro qiyosiy tadqiqot –
PISA, TIMSS va
PIRLS bir-
birini to‘ldiradi. Ushbu uchta tadqiqotni bir vaqtning o‘zida o‘tkazish ta’lim tizimi
haqida t
o‘liqroq ma’lumot
beradi va uning turli tomonlarini baholaydi. PISA, TIMSS va PIRLS
tadqiqotlari natijalarini taqqoslash boshlang‘ich, va o‘rta umumta’lim maktablarida o‘qish,
matematika va tabiiy fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib bera
di va umumiy
ta’l
im sifatini xalqaro hamjamiyat tomonida
n ishlab chiqilgan ta’lim ustuvorliklari nuqtai
nazaridan baholaydi. Quyida boshlang‘ich sinflarda o‘qish savodxonligini baholovchi PIRLS
xalqaro dasturini o‘qish savodxonligi darslariga tatbiq etish usullarini ko‘rib
chiqamiz.
PIRLS
–
matnni o‘qish va tushunish sifatini o‘rganish (Progress in International Reading
Literacy Study) xalqaro loyihasi turli mamlakatlardagi boshlang‘ich 4
-
sinf o‘quvchilarining
matnni o‘qish va tushunish sifatini taqqoslash
imkonini beradi. Tadqiqotlar har besh yilda bir
marta o
‘tkaziladi, 2001
- yildan boshlab esa IEA shafeligida amalga oshirib kelinmoqda.
Xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish uchun barcha mas’uliyat Boston Chestnut Hill kollejiga
(Massachusets, AQSH) yuklatilgan. 2021- yilda
IEA tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot PIRL
S
dasturining beshinchi siklidir. 2001-
yildan beri PIRLS har besh yilda to‘rtinchi sinf
o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi. Innovatsion onlayn o‘qish ma’lumotlarini baholash ePIRLS
tizimi 2016- yilda joriy etilgan [3].
O‘qish savodxonligi akademik muvaffa
qiyatning asosidir va PIRLS yangi yoki qayta
ko‘rib chiqilgan strategiyalarning o‘zlashtirishga qay darajada ta’sir qilishini o‘rganish uchun
qimmatli vositadir. PIRLS baholash dasturi o‘qishning asos
iy maqsadlari
–
b
adiiy o‘qishda
tajriba orttirish, ma’lumotga ega bo‘lish va undan foydalanish hamda internetda ma’lumot
qidirishni o‘z ichiga olgan keng qamrovli tizimga asoslangan.
2021-yilning 5-14-aprel kunlari
mamlakatimizda 4-
sinf o‘quvchilarining matnni o‘
qib tushunish darajasini baholash