Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1003/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   999   1000   1001   1002   1003   1004   1005   1006   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
savollarga javob berishda doimiy ravishda matnga murojaat qilish, topshiriqlar qanday 
shakllanti
rilganiga e’tibor
qaratishni o‘rgatish juda muhim, chunki topshiriqlar deyarli har 
doim “Matnga tayanib...”, “ Matnga asoslanib...”, “Matnda nima deyilgan...” shaklida beriladi.
Agar savol batafsil javobni talab qilsa, 
o‘quvchilar (65% gacha) fikrlarni yoz
ma ravishda 
ifoda
lash jarayoni bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelishadi. O‘qilgan matnni yaxshi 
tushunadigan o‘quvchilar, ko‘p hollarda, o‘z fikrlarini ifoda etishda qiynalganining guvohi 
bo‘lishimiz mumkin. Ular topshiriqda qo‘yilgan savolga javobni 
shakllantirishda 
qiyinchiliklarga duch kelishadi, masalan: “Kichkina qiz –
ushbu hikoyadagi muhim timsol. 
Nima sababdan sodir bo‘lgan barcha voqealarda uning o‘rni juda muhimligini tushuntiring”, 
“Nega fermerning do‘sti
burgutni uchishga majburlash uchun t
og‘larga olib chi
qdi? Ikkita 
sababni ayting”, “Nima uchun shisha idishga tuproq va qumni navbatma
-navbat qatlam 
shaklida solish muhimligini tushuntiring”, “Nima uchun yomg‘ir chuvalchangi ustida 
o‘tkazilgan tajribada kartoshka va piyoz bo‘laklarini yerning
yuqori qatlamiga 
qo‘yish 
muhimligini tushuntiring”. 
Aynan qo‘yilgan savolga javob berish o‘quvchilarda qiyinchilik tug‘diradi. “Ushbu uchta 
tajribadan qaysi biri sizga juda qiziq tuyuldi? Javobingizni tushuntirish uchun matndan 
foydalaning”, “Matnning yog‘och bitlarini o‘rganishga bag‘ishlangan qismidagi rasmga qarang. 
Ushbu rasm sizga tajriba o‘tkazish uchun nima qilish kerakligini tushunishga qanday yordam 
beradi?”
Bolalar o‘zining javobini batafsil yozishga qiynalis
hining sabablaridan birini shunday 
izohlash mumkin, ya
’ni bolalar javobning aniqligi va javobni imlo qoidalariga muvofiq 
shakllantirish o‘rtasidagi muvozanatni saqlashda qiynaladilar, bunda javoblarni baholashda 
imlo xatolari hisobga olinmasligini yodda saqlash muhim. 
O‘quvchilar, shuningdek,
“savol ichidagi savollar”ni o‘z ichiga olgan ko‘p qismli javobni 
talab qiluvchi topshiriqlarni bajarishda qiyinchilikka duch kelishadi, masalan, “Hikoyaning 
boshida va oxirida loy bo‘lagi turlicha his
-
tuyg‘ularga ega 
edi. Ularni tasvirlab bering. Uning 
his-
tuyg‘ulari nima uchun o‘zgarganini tushuntiring”, “Anyaning harakatlaridan siz uning fe’l
-
atvorini bilib oldingiz. Anya xarakteriga xos bo‘lgan bitta xususiyatni yozing. Javobingizni 
asoslash uchun uning qilgan ishid
an ikkita misol yozing”. Bolalar tops
hiriqning barcha 
qismlarini bajarmaydilar, faqat topshiriqda berilgan savollarning bir qismiga javob beradilar. 
Yana bir muammo javoblardagi ba’zi rasmiyatchilik bilan bog‘liq: ba’zida bolalar savolni 
shunchaki ko‘chirib yozadilar, ba’zida ikkita misol kel
tirilishi kerak b
o‘lgan topshiriqlarda 
ular birinchi misolni ikkinchi qatorga ham ko‘chirib yozadilar, bunda ular vaqt yo‘qotadilar 
va, tabiiyki, takrorlangan javob uchun ball olmaydilar. 
Natijalarni tahlil qilishda qa
yd etilgan yana bir muammo o‘g‘il va 
qiz bolalar natijalarida 
farq borligi (qizlarning o‘rtacha ballari o‘g‘il bolalarning o‘rtacha ballaridan yuqori) bilan 
bog‘liq. Shu bilan birga, 4
-
sinf o‘quvchilari bilan taqqoslaganda, nisbatan kichik sinflar 
o‘rtasida bu bo‘shliq darajasi ortgan. Olingan natijalar o‘g‘il bolalarning o‘qishga bo‘lgan 
qiziqishini rivojlantirish, ularga turli xil o‘qish strategiyalarini o‘rgatish va hokazolar uchun 
maxsus harakatlar zarurligini ko‘rsatadi. 
Natijalarni tahlil qilishda bi
zni nafaqat o‘rtacha ball qiziqtirdi,
balki eng zaif va eng kuchli 
o‘quvchilar (yuqorida tavsiflanganlardan) o‘qilgan matnni idrok qilishning qaysi darajasiga 
erishishiga ham e’tibor qaratdik. Eng zaif o‘quvchilarning besh foizi (5
-
protsentil) o‘rtacha 
355 
va undan past ballni (ushbu ko‘rsatk
ich past darajaga 
to‘g‘ri keladi), eng kuchli 
o‘quvchilarning besh foizi (95
-
protsentil) o‘rtacha 522 va undan yuqori ballni (yuqori 
darajaga to‘g‘ri keladi) ko‘rsatdi. 
Ta’kidlash joizki, 2016
- yildagi yuqori natijalar Shimoliy Irlandiya (673 ball), Angliya 
(678 ball) va 
Singapur (687 ball)ning eng yaxshi o‘quvchilari tomonidan namoyish etilgan edi. 


918

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   999   1000   1001   1002   1003   1004   1005   1006   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin